Jonlantirish uchun savollar: 1. Oliy ta’lim tizimida о‘qitilayotgan kasbiy fanlari mazmunini о‘qituvchilar tomonidan yetkazib berilishi sizni qoniqtiradimi?.
2. Sizningcha, dars jarayonida kimning faolligi kо‘proq kuchaytirish lozim: о‘qituvchinimi yoki talaba?
3. Mashg‘ulotlar jarayonida о‘qituvchining qanday faoliyati sizni qoniqtiradi?
4. Kelgusida siz о‘z kasbiy faoliyatingizda mashg‘ulotlarni qay tarzda olib borgan bо‘lardingiz?
Ta`lim oluvchi shaxs egallashi lozim bo’lgan bilim va malakalarning minimal miqdori belgilangan me`yoriy hujjat
Milliy model
Kadrlar tayyorlashning milliy tuzilmasi
Ta`lim mazmuni
DTS, reja, darslik, metodik qo’llanma
Ta`lim
Ilmiy bilish, ko’nikmalar, malakalar tizimi
Tarbiya
Avloddan-avlodga hayotiy tajribalarni etkazish.
Texnologiya
Lotincha “texnos”-san`at, “logos”-ta`limot degan ma`noni anglatadi.
Innovatsiya
Inglizcha “innovation”- yangilik, yangilik kiritish.
Rivojlanish
Miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish, o’sish.
Mahorat
Kasbiy individuallikning yorqin ko’rinishi.
6-ilova Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini qaror toptirish, milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg’otish, respublikaning jahondigi mavqei va obro’-e`tiborini mustahkamlanib borishigi erishish.
Uning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Vazifalari “Ta`lim to’g’risida”gi O’zRning Qonuniga muvofiq ta`lim tizimini isloh qilish; ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta`lim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash; ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarishdan iborat.