nazorat turlarini o‘tkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan
o‘quvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish.
28. I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz o‘quvchilar mazkur
Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati
mavjud bo‘lmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga murojaat qiladi.
Bunda, mazkur bandning
birinchi xatboshisida
nazarda tutilgan o‘quvchi
tegishli nazorat turini og‘zaki imtihon shaklida yuridik texnikum direktorining
buyrug‘i bilan tuziladigan yuridik texnikumning 5 nafar pedagog xodimlari
tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi.
Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya
uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli
hisoblanadi.
Komissiya
tomonidan
qo‘yilgan
ball
bayonnoma
bilan
rasmiylashtiriladi.
29. Nazorat turlarini o‘tkazish davomida o‘quvchilarning savollar mazmuni
bilan bog‘liq e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi.
30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z
nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya
kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan
tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan
chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda
O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: