1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
1-Maruza (2)

GPA 
 
K
1
* U
1
+ K
2
* U
2
+ K
3
* U
3
... 
+ K
n
* U
n

bunda: 
K
1
+ K
2
+ K
3
... + K
n
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; 
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan ball. 
Bunda, o‘quvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu 
fan/modul bo‘yicha kredit beriladi. 
2. Yuridik texnikum o‘quvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning 
maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob 
bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim 
olishini ta’minlash, shuningdek modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil 
bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 
3. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 
o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va 
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish
o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini 
baholashning asosiy tamoyillari bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, 
xolislik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni 
ta’minlash; 
o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan 
muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish


o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fikrlarni 
yozma va og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon etish, axborot resurslari 
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; 
o‘quvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz 
tayyorgarligini ta’minlash. 
4. O‘quv dasturini o‘zlashtirish o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli 
birligi (kredit)ni qo‘llagan holda belgilanadi. 
Bir kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar miqdori, shuningdek har bir 
kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun o‘quvchi tomonidan to‘planishi 
lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdori Toshkent davlat yuridik universiteti 
(bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi. 
5. O‘quvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirgan (GPA ko‘rsatkichini to‘play olgan) 
taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur miqdorini to‘plagan deb 
hisoblanadi. 
6. Kafedra mudiri har bir modul bo‘yicha alohida modul rahbarini, ya’ni 
modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek barcha 
turdagi nazorat savollarini tuzish, o‘quvchilar bilimining belgilangan mezonlar 
asosida baholanishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi. 
7. O‘quvchilar o‘quv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik texnikumning 
fakultet dekani tomonidan mazkur Nizom talablari bilan to‘liq tanishtirilishi shart. 
8. Yuridik texnikum tomonidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash 
boshqa mahalliy yoki xorijiy o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar 
tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari 
doirasida hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
9. Kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l-
transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi) 
oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarida (bundan buyon matnda nazorat turi deb 
yuritiladi) belgilangan muddatda ishtirok etmagan o‘quvchiga fakultet dekani 
tomonidan ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda va asoslantiruvchi hujjatlar 


mavjud bo‘lganda yuridik texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi 
o‘rinbosari (bundan buyon matnda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi 
o‘rinbosari deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida nazorat turlari 
qayta o‘tkaziladi. 
10. Nazorat turini o‘tish reyting ballini ko‘tarish maqsadida qayta topshirishga 
ruxsat berilmaydi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin