oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda.
Xususan:
-baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash.
Sinf jurnallarini
yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon
bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi,
plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
- raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi.
Bu usul instruktiv
ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul
dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab
etadi;
- o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun
qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga
asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q.
Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy
mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim
olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-
sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil
– aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.
Dostları ilə paylaş: