1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


-§. Nazorat turlarini o‘tkazish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
1-Maruza (2)

2-§. Nazorat turlarini o‘tkazish
19. Agar TDYU Kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
nazorat turlari o‘quv rejada belgilangan har bir modul bo‘yicha, uning xususiyatidan 
kelib chiqqan holda, semestrda kamida bir marotaba, auditoriyada yozma shaklda, 
auditoriya rahbari va kuzatuvchisi nazorati ostida o‘tkaziladi. 
20. Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi. 
Tegishli nazorat turining boshlanish va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi 
tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur. 
21. Nazorat turlarida ishtirok etadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilari 
tarkibi har bir nazorat turi o‘tkazilishidan uch ish kuni oldin fakultet dekani 
tavsiyasiga ko‘ra pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlar orasidan yuridik texnikum 
direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 
Fakultet dekani auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning ro‘yxatini 
tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida yuridik texnikum tarkibiy 
tuzilmalari e’tiboriga yetkazadi. 
Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati 
fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi. 
22. Nazorat turlarini olib borish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. 
23. O‘quvchilar nazorat turlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga faqat o‘quvchilik 
guvohnomasi yoki biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) ko‘rsatgan 
holda kiritiladi. 
24. Nazorat turlarini o‘tkazish vaqti boshlangandan so‘ng kelgan o‘quvchilar 
tegishli nazoratda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. 
Nazorat turlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning auditoriyadan chiqishi, 
bir-biri bilan gaplashishi, o‘zga o‘quvchining ishini ko‘chirishi, o‘zi bilan darsliklar, 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar, 
normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qog‘oz shakldagi 


shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), 
audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa axborot-kommunikatsiya 
vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar 
auditoriyadagi alohida stolga qo‘yilishi kerak. 
Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli modul bo‘yicha mas’ul pedagog 
tomonidan nazorat turini o‘tkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan 
istisnolar belgilanishi mumkin. 
Nazorat turlari bo‘yicha belgilangan vaqt tugagach o‘quvchi auditoriyani 
darhol tark etishi lozim. 
Mazkur bandning 
birinchi
va 
ikkinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan talablarni 
buzgan o‘quvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda 
o‘quvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qo‘yiladi. 
25. 
Nazorat 
o‘tkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va 
kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning (yuridik texnikum direktori, direktorning 
o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va 
fakultet dekani bundan mustasno) kirishi qat’iyan taqiqlanadi. 
26. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagi 
huquqlarga ega: 
nazorat turlari boshlanganidan keyin o‘quvchilarni auditoriyaga kiritmaslik; 
nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqtda o‘quvchilarning o‘rnini almashtirish. 
27. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda 
quyidagilarga majbur: 
o‘quvchilarni nazorat turlari boshlanishidan avval uni o‘tkazish tartibi va 
davom etish vaqti haqida xabardor qilish; 
o‘quvchilarga nazorat turlari boshlanishidan oldin foydalanish taqiqlangan 
barcha predmetlarni kuzatuvchilarga topshirishlari zarurligini tushuntirish; 
o‘quvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari uchun imkon 
bo‘lmaydigan holda joylashtirish; 
nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqt davomida o‘quvchilar tomonidan tartibga 
rioya qilinishini ta’minlash; 


nazorat turlarini o‘tkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan 
o‘quvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish. 
28. I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz o‘quvchilar mazkur 
Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati 
mavjud bo‘lmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin 
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga murojaat qiladi. 
Bunda, mazkur bandning 
birinchi xatboshisida
nazarda tutilgan o‘quvchi 
tegishli nazorat turini og‘zaki imtihon shaklida yuridik texnikum direktorining 
buyrug‘i bilan tuziladigan yuridik texnikumning 5 nafar pedagog xodimlari 
tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi. 
Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya 
uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli 
hisoblanadi. 
Komissiya 
tomonidan 
qo‘yilgan 
ball 
bayonnoma 
bilan 
rasmiylashtiriladi. 
29. Nazorat turlarini o‘tkazish davomida o‘quvchilarning savollar mazmuni 
bilan bog‘liq e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. 
30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z 
nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya 
kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan 
tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan 
chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda 
O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin