Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir
qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy
mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar)
majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video
hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat
qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni
bajaradi.
Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2
— 4 tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan
murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy
jihatdan bir-birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba
mutaxassis boʻlib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash,
amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: