jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi oʻquv rejalarning oʻxshashligi
hamda yagonaligini taʼminlaydi. Shuningdek, mutaxassislik
darajasining tan
olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va joʻnatuvchi oliy oʻquv
yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi.
Talabaning taʼlim olishi bilan bogʻliq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi
hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida oʻquv
kurslari va barcha
taʼlim jarayoni kreditlarda, Oʻzbekiston hamda MDhning
boshqa mamlakatlarida
esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi.
ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir
modul boʻyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish davrini
tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy
miqdorini mustaqil belgilaydi.
Amaldagi oʻqitish tartibidan farqli oʻlaroq, kredit tizimida majburiy fanlardan
tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar
oʻqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan
belgilangan kreditlarni toʻplay olmasa, faqat oʻsha fanning oʻzidan qayta imtihon
topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom
esa belgilangan kreditlar
toʻplagandan soʻng beriladi.
ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan kredit
miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb olsak,
talaba har semestrda 30 kredit toʻplab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik
boʻlsa, talaba bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2
yillik magistratura
dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʻplashi
majburiyat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: