Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlari



Yüklə 42,76 Kb.
səhifə1/6
tarix07.10.2023
ölçüsü42,76 Kb.
#152817
  1   2   3   4   5   6
olimlar


Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlari. Tabiatning tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo‘lgan. Xususan, qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekib o‘stirilgan. Bir о‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar, oqqush turlari xonakilashtirilgan. Qadimgi hindistonliklar olam 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efi r) dan iborat deb hisoblaganlar. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, yerlarni o‘g‘itlash joriy etilgan. Markaziy Osiyoda yashagan odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, atrofdagi o‘lik va tirik tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari «Avesto» kitobida o‘z ifodasini topgan. Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va voqea-hodisalar, odamlarning hayot kechirish tarzi tasvirlangan. Avestoning tibbiyotga doir bo‘limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e’tibor berish, toza suvni ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo‘lish lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproq, yer muqaddas sanalgan, dunyo va hayotning yaratilishi, tibbiyotga oid ma’lumotlardan tashqari, ekin yerlarini ko‘paytirish, shudgor qilish, ularga sara urug‘ ekish tavsiya etilgan, uy hayvonlarini ko‘paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan. Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qadimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi Yunonistonda tabiat - shunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384–322-yillar) hayvonlar klassifi katsiyasining asosini tuzgan, solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fi krlarni bayon etgan hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fi kricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan rivojlanadi. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasniflash da ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga – «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinfl ariga to‘g‘ri keladi. Olimning uqtirishicha meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o‘simliklarga o‘xshash. Shuning uchun ularni Aristotel «zoofi tlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi» asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofi tlar, keyin umuman hayvonlar, so‘ng o‘z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo‘ladi. Olim fi kricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan. Arestotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400dan ortiq turini o‘rgangan. Ularning tuzilishini, fi ziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvir lab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fi krni quvvatlagan. Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan. Klavdiy Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan.
Markaziy Osiyoda evolutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi. Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa 158 159 sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi kitoblar juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Chunonchi,

Yüklə 42,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin