Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlari


Abu Ali ibn Sino (980–1037)



Yüklə 42,76 Kb.
səhifə3/6
tarix07.10.2023
ölçüsü42,76 Kb.
#152817
1   2   3   4   5   6
olimlar

Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borlig‘iga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fi kricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan (83-rasm). Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi oziqla nadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. O‘simliklar rivoj lanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi. Odam tanasining tuzilishini o‘rganish taqiqlangan o‘rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi bilan shug‘ullangan. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan. U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifi dir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Ibn Sinoning 82-rasm. Abu Rayhon Beruniy 83-rasm. Abu Ali ibn Sino 81-rasm. Abu Nasr Farobiy 160 161 «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700-yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir (84-rasm). Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechirish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.

Yüklə 42,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin