1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1-Maruza (2)

Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi 
va quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi: 
— oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi; 
— talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi 
lozim boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan ­talablar; 
— modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), 
yaʼni maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, 
mustaqil taʼlimni baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar; 
— oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari
bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat. 
Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini 
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv 
faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari 
ball berish orqali baholanadi. 
Kredit (credit) — talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) 
boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻz­lashtirishi uchun sarflangan oʻquv 
yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. ­Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat 


bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda 
taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir 
fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli 
oʻtgandan soʻng beriladi. 
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha 
diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit 
talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha 
oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan 
kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi. 
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov 
fanlarini tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita 
ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-
oʻqituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash 
imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu oʻquv jarayonlarini baholashning 
oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi boʻlib ham hisoblanadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin