Kredit-modul oʻqitish tizimiga oʻtish oliy oʻquv yurti professor-
oʻqituvchilariga boʻlgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida taʼkidlab
oʻtilganidek, modulli oʻqitish tizimi bilan oʻqituvchi nafaqat axborot beruvchi va
nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik
vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda oʻqituvchining
yetakchilik roli
saqlab qolinadi.
Yana bir gap. Taʼlimning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki
bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit
yoʻqotmasdan bir universitetdan boshqasiga oʻtishi mumkin. Aynan ushbu tizim
oʻzbekistonlik talabalarning ilgʻor xorijiy universitetlarda oʻqishini davom
ettirishiga hamda murakkab byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga imkoniyat
yaratadi.
Ammo
shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani koʻr-
koʻrona, oʻz qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq etish,
uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda
amalga oshirilmas ekan, kelajakda maʼlum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini
ham unutmaslik kerak.
Yaʼni ushbu tizim
bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni
voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga toʻla-toʻkis mos keladi, degani ham
emas. Shu sababli, oʻquv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-
oʻqituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini oʻzgartirishimiz,
mazkur
tizim talablarini ularga singdirishimiz, oʻziga xos madaniyatni shakllantirishimiz
darkor.
Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda
oʻz oʻrnimizni, mavqeimizni yoʻqotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim.
Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yoʻl ham, tanlov ham yoʻq.
Nega deganda,
barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari ushbu yoʻldan yurib,
yuqori natijalarni qoʻlga kiritmoqda.
Anʼanaviy oliy taʼlim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilgʻor
standart va tizimlarni oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday
ekan, yangilikka intilish, oliy taʼlim tizimini tubdan qayta isloh qilish boʻyicha
boshlangan harakatlarni davom ettirish har tomonlama toʻgʻri qarordir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
Dostları ilə paylaş: