1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1-Maruza (2)

Tarix va sabab 
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan 
boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik 
yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. 
1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi 
Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 
1870 — 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit 
tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini 
mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim 
texnologiyalarini ­takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. 
Kredit toʻplash oʻlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir 
qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishishi 
uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni 
chogʻda, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib 
keldi. 


Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan 
mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat 
qiladi: 
 birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim 
muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki 
ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi; 
 ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha 
barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab 
boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan ­dasturi boʻyicha nimani qancha 
oʻzlashtirganligini namoyon etadi. 
Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar 
Bugungi kunda taʼlim tizimiga daxldor boʻlgan kishilar tomonidan Bolonya 
tizimi, uning ahamiyati boʻyicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz. 
Xoʻsh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud? 
Mavzuning mantiqiy davomi sifatida fikrlarimizni davom ettiramiz. 
Ushbu tizimni yaratish uchun oʻtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha 
oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona 
standartini yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish, 
diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan 
ballarni unifikatsiya qilish bilan bogʻliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan 
saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi. 
Mazkur harakatlarning samarasi oʻlaroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya 
shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi. 
Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. 
Ularning orasida MDh mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, 
Armaniston, Gruziya, qozogʻiston va Belarus Respublikasi ham bor. 
Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda 
amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam boʻlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 
1-2 yillik magistratura bosqichi. 


Koʻpgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli, 
iqtidori yuqori boʻlgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini 
qadrlash boʻyicha AqSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy taʼlim 
muassasalarining imkoniyatlari cheklanganligi, koʻplab “aql sohiblari”ning koʻhna 
qitʼani tark etib, Amerikaga koʻchib ketish tendensiyasiga qarshi koʻrilgan chora 
asosiy sababboʻlganini eʼtirof etadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin