1-Mavzu: “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta‟lim standarti, O„quv dasturlari (2-qism) Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix04.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#72310
  1   2   3   4   5
9SsBe2CmozKH37pH72DnGM4yhdkRSLtjM9jsA8r1



1-Mavzu: “TARBIYA” FANI KONSEPSIYASI, DAVLAT TA‟LIM 
STANDARTI, O„QUV DASTURLARI (2-qism) 
 
Reja: 
1. “Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti. 
2. Tarbiya fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartida belgilangan 
umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari.
 
1. “Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy va o„rta mahsus 
ta‟lim muassasalarida ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan bir 
qator me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar 
ta‟limining davlat ta‟lim standartlarini tasdiqlash to„g„risida”gi 187- sonli qarori 
qabul qilindi. O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta‟lim fanlarini 
o„qitishning uzluksizligi va izchilligini ta‟minlash, zamonaviy metodologiyasini 
yaratish, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi davlat ta‟lim 
standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o„quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
Umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti;
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standarti; Umumiy o„rta va 
o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining umumta‟lim fanlari bo„yicha malaka talablari
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari; Umumiy 
o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari uchun umumta‟lim fanlaridan 
o„quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo„yiladigan umumiy 
talablar zarur me‟yoriy hujjatlar bilan tasdiqlandi. O„zbekiston Respublikasi Xalq 
ta‟limi vazirligi hamda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining O„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi markazi zimmasiga umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar 
ta‟limining davlat ta‟lim standartlari talablari asosida o„quv dasturlarini yangidan 
ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlab, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb- 
hunar ta‟limi muassasalariga etkazib berish vazifasi berildi. Yaratilayotgan o„quv-
metodik majmualar o„quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy
zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishiga e‟tibor 
qaratilishi ahamiyatlidir.
2017-2018 o„quv yilidan boshlab umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar 
ta‟limining davlat ta‟lim standartlari va o„quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy 
etish yuzasidan tegishli mutaxassislar uchun maqsadli o„quvlar tashkil etilishi, hamda 
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari 


dasturlari va o„quv modullarining qayta ko„rib chiqilishi belgilandi. Umumiy o„rta 
ta‟limning davlat ta‟lim standartining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
maqsad — umumiy o„rta ta‟lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg„or tajribalari 
hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan 
holda tashkil etish, ma‟naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni 
tarbiyalashdan iborat.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin