Tarbiya fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalari, metodologiyasi, tadqiqot usullari.
Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Tarbiya fanining jamiyat va olamni rivojlantirshidagi o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalar.
Hozirgi davrda mamlakatimizda Tarbiya ishlarining mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, ahloqiy, ma‘naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning
mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma‘rifiy hayotida faol ishtirokini ta‘minlashga qaratilgan barcha ta‘sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo‘libgina qolmay, uning yetakchi g‘oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o‘z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta‘limga nisbatan kengroq bo‘lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta‘lim olish bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ta‘lim – tarbiya orqali shaxsda ezgu ma‘naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Albatta, ta‘lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.. har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim ... 1 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma‘naviy – tarixiy jarayonida samarali foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak ma‘naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda Tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya ishlarini tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o‘qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta‘minlash muhimdir.
Tarbiya ishlarini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko‘p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog‘liq. Ular quyidagi omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi:
- Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulqatvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
- Tarbiya ishlarining maqsadi, aniqligi va ta‘sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo‘lishlari, ruhiy
shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash,
estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
- O‘quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchi yoshlarning faolligi ko‘p jihatdan
ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog‘liq;
- Tarbiya ishlari ta‘lim jarayonida olgan bilimlariga uyg‘un bo‘lishi. Tarbiya ishlarini rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiya ishlari metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g‘oyani singdirishda har tamonlama ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, o‘z qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta‘kidlanadi. Ta‘lim to‘g‘risida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi. O‘quvchilarga tarbiya berish, ularga ta‘lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O‘qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta‘lim muassasalari oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiya ishlari bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.
Har bir fanning predmeti, o‘rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo‘lganidek, Tarbiya fanining ham predmeti, o‘rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari bor. Tarbiya fanining predmeti sinfda va maktabda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyani to‘g‘ri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo‘nalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.