1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-MAVZU: TARBIYANING GLOBALLASHUV JARAYONLARIDAGI VAZIFASI



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə14/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

6-MAVZU: TARBIYANING GLOBALLASHUV JARAYONLARIDAGI VAZIFASI
Reja:

  1. Tarbiyaning globallashuvi jarayonlaridagi vazifasi.

  2. Globallashuvning shaxs hayoti va faoliyatidagi o’rni.

Jamiyatda (jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko’zbo’yamachilik, yolg’onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko’r-ko’rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik) salbiy illatlar va ularni bartaraf etishdagi asosiy vazifalar.
Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag’iz bor. Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko’pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg’otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko’p tomondan masalaning mohiyatini to’g’ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi de-maqdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi payt-da uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mum-kin. Ayniqsa, davlatlar va xalqyaar o’rtasidagiintegratsiya va hamkorlik aloqalarining kucha-yishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va to-varlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unla-shuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining orti-shi — tabiiyki, bularning barchasiga globalla-shuv tufayli erishilmoqda.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadi-ki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo’lida foydala-nish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko’zdan kechiradigan bo’lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta’-limotlar bilan yovuz va zararli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mavjud bo’lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko’ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tez-korki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyot-dan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va mar-kazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Bu haqda gapirganda, men ilgari bildirgan ba’zi fikrlarni takrorlash o’rinli, deb o’y-layman.
Ta’bir joiz bo’lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlari-dan ham ko’proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo’lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo’lsa, buni sezish, qo’rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibat-larini tezda ilg’ab etish nihoyatda qiyin.
Mana shunday vaziyatda odam o’z mustaqil fik-riga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog’lom negizda shakllangan dunyo-qarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har tur-li ma’naviy taxdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh be-rishi amrimahol. Buni kundalik hayotda uchrab tu-radigan ko’plab voqealar misolida yaqqol kuza-tish mumkin va ularning qanday og’ir oqibat-larga olib kelishini uzoq tushuntirib o’tirish-ning hojati yo’q, deb o’ylayman. O’tgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro’y bergan, biz bevosita o’z boshimizdan kechirgan voqealar, mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosa-ning to’g’ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quydar-gohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ja-hon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atro-fini temir devor bilan o’rab olish, hech shubha-siz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maq-sad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokra-tik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o’z qobig’imizga o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chu-qur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz is-tiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar taj-ribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqa-ruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkin-liklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayoti-mizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechi-rish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish taraf-dorimiz. Biz uchun shunday yo’l ma’qul, uning boshqa muqobili yo’q.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tar-zi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xa-bar ham axborot olamidagi globallashuv shidda-tidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin.
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi dav-latning chegaralarini daxlsiz saklashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodi-miz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib bo-rishimiz kerak, degan savol butun barchamizni o’ylantirishi tabiiy.
Men, hayotda ko’p bora o’z tasdig’ini topgan ha-qiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shun-day degan bo’lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashashimiz zarur. Bunday taxdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o’ylangan, puxta il-miy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluk-siz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qaerdaki be-parvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylana-di. Va aksincha — qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda tur-li siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokra-tiyani olg’a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mo-hiyati va maqsadlarini o’z vaqtida sezish, ang-lash katta ahamiyat kasb etadi.
Shu borada ayrim qudratli davlatlar tomo-nidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, er osti, er usti boyliklariga ega bo’lgan hududlar-ga nisbatan olib borilayotgan ana shunday g’araz-li siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga ay-nan o’sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog’liq misollarda ko’rish qiyin emas.
Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olami-ni bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o’ta mu-rakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo’-layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib bo-rish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo’lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo’lmaydi.
Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor be-rishimiz lozim. YA’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so’ng jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib ki-rib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuklik va zo’ravonlik, indi-vidualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak. bo’lsa, shuning hisobidan boylik ortti-rish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’-ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’na-viy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmokda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xuruj-larga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug’ aj-dodlarimiz o’z davrida komil inson haqida bu-tun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamona-viy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o’rinli, deb bi-laman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, say-qal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg’u va tu-shunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmu-nini tashkil etadi, desak, o’ylaymanki, xato qilmagan bo’lamiz.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, uyat — o’lim-dan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida o’z-o’zidan paydo bo’lmagan, aksincha, bunday ibo-ralar el-yurtimizga mansub ezgu va go’zal ax-loqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.
Darhaqiqat, uyat va or-nomusini yo’qotgan odam, Ahmad YAssaviy bobomiz aytganidek, xud-diki hayvon jinsiga aylanib qoladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning:
Oldig’a qo’yganni emak - hayvon ishi, Og’ziga kelganni demak - nodon ishi, - degan chuqur ma’noli so’zlari ham bu fikrni tas-diqlab beradi.
O’z-o’zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko’z bilan, real va hushyor qarashni, jahon-da va yon-atrofimizda mavjud bo’lgan, toborakuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlar-ni to’g’ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. SHu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shaf-qatsiz o’yinlari to’g’risida biryoqlama va soxta tasavvur bo’lmasligi kerak.
Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya
Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning geo-politik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kom-munikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qar-shi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzand-larimizni ona Vatanga muhabbat, boy tarixi-mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafku-raviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib etish-sin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ular-ga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug’laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayot-gan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychi-lik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyati-mizni butunlay xalos etish to’g’risida o’ylashimiz lozim. Men bu o’ta muhim vazifa keng jamoatchiligimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adiblarimiz, san’at va madaniyat ahli, o’zini ma’-naviyat sohasiga bag’ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo’lishini istardim.
Bu o’rinda ana shunday salbiy xususiyatlarning eng xunuk ko’rinishi bo’lmish hasad to’g’risida to’xtalib o’tish joiz deb o’ylayman. Odamzot va jamiyat hayotida og’ir asoratlar qoldiradigan hasad tuyg’usi avvalambor boshqalarni ko’rolmaslik, ularning yutug’idan quvonish o’rniga, qandaydir kuyinish, ichiqoralik oqibatida paydo bo’ladi.
Shuning uchun ham muqaddas kitoblarimizda hasad insoniylikka mutlaqo zid bo’lgan jir-kanch odat sifatida qattiq qoralanadi. Jumladan, muborak hadislarda «Birovga hasad qilish-dan saqlaning, chunki olov o’tinni qanday kuydirib tugatsa, hasad ham qilgan savob ishla-ringizni xuddi shunday kuydirib tugatadi», deb aytilgani bejiz emas.
Azal-azaldan ochiqko’ngil, samimiy va mehnatkash, yaxshilikni yuksak qadrlaydigan xalqimiz bunday illatlardan doimo hazar qilib keladi. Lekin, ming afsuski, umr yo’llarida hasad balosiga ko’p duch kelamiz. Olis va yaqin tariximiz-da ne-ne buyuk zotlar hasad va baxillik, ko’rolmaslik tufayli qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirgani, sog’lig’i, hatto hayotidan judo bo’lganini achchiq misollarda ko’rish mumkin.
O’zbek nomini, o’zbek ilm-fani va madaniyatini, bir so’z bilan aytganda, xalqimizning yuksak salohiyatini, uning qanday buyuk ishlarga qodir ekanini dunyoga namoyish qilishda yurtimiz zaminidan etishib chiqqan yuzlab ulug’ zotlar fidoiylik namunalarini ko’rsatib kelgan. Bunday insonlar diyorimizda hozir ham ko’plab topiladi va bundan keyin ham ularning saflari kengayib boraveradi. Hamma gap ana shunday insonlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, ularni qo’llab-quvvatlashda. Agar biz mamlakatimizning qaysi shahar yoki qishlog’ida bo’lmasin, yilt etgan iste’dod uchqunini ko’rganda, hammamiz uni o’z vaqtida payqab, ardoklab, parvona bo’lib, unga yo’l ochib bersak, barcha sa’y-harakat va intilishlarimizni ana shunday olijanob maqsadga qaratsak, muxtasar aytganda, hasad qilib emas, havas qilib yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirsak, hech shubhasiz, biz milliy taraqqiyot bobida yanada yuksak marralar-ni egallashga erisha olamiz.
Bu haqda gapirar ekanmiz, ma’naviy hayoti-mizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat ha-qida to’xtalib o’tmoqchiman. SHaxsan o’zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odam-ni ko’rarga ko’zim yo’q. Bu - sotqinliqdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinliqdan ko’raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo’lmagan, ularga ishonmagan odam qo’rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo’lgan odam rahbarlik kursi-siga o’tirib qolsa bormi, u erda osoyishtalik yo’qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o’rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo’lishimiz, ularga yonimizda o’rin bo’lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimiz-dagi birorta kishida shunday alomatlar sezila-yotgan bo’lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to’g’ri yo’lga boshlashimiz kerak.
Shu munosabat bilan tarixda ko’p marta o’z tas-dig’ini topgan, men ham o’z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo’lsak, el-yurt manfaati yo’lida bir tanu bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbek xalqini hech kim hech qachon enga olmaydi.
Shu ma’noda, insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Iroda - bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o’ziga ishonadi va har qanday murakkab va-zifani ham o’z zimmasiga olishdan qo’rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo’lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo’lidan kelgancha yordam berish-ga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda engishga harakat qiladi.
Lekin birovning hayotiga, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo’lib yashaydigan odamdan qo’rqish kerak. Ulardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Chunki ularda na iymon, na iroda bo’ladi. Ular hatto o’z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qaraydi. Azaldan ma’lumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. Chunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo’ladi. Biroq loqayd va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib bo’lmaydi. Shuning uchun u ichingizda yurib, sizga qarshi tish qayraydigan dush-manlar uchun imkoniyat yaratib beradi.
Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur taxlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo’rqma - nari borsa, ular seni o’ldirishi mumkin. Do’stlardan qo’rqma - nari borsa, ular sen-ga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo’rq - ular seni o’ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli er yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi».
Har bir inson hayotida g’oyat muxim ahamiyatga ega bo’lgan ana shunday fikrlarni unib-o’sib ke-layotgan yoshlarning ongiga singdirish, ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifa-tidagi, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir.
Bu boradagi eng dolzarb vazifamiz — yuqorida zikr etilgan barcha jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi qirralarini mukammal ochib berish, o’quvchilarimiz, talaba-larimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo’nda qilib tushuntirib borish va ularni bugungi za-mon talablariga javob beradigan jamiyat quri-lishining faol bunyodkorlariga aylantirishdan iborat.
Buning uchun avvalambor taraqqiyotimizning har bir yo’nalishi- jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus adabiyotlar yaratish tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Albatta, bu masala bo’yicha ijtimoiy fan-lar sohasida ma’lum ishlar qilinmoqda, ammo xolisona aytadigan bo’lsak, bu borada chop etil-gan ko’pchilik darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ommabop adabiyotlarning ham, aksariyat soha mu-taxassislarining ham saviyasi talab darajasida emasligini qayd etishga majburmiz. Bunday noxush holatlarga barham berish vaqti keldi.
Hech shubhasiz, yurtimizda erkin, adolatli va farovon hayot qurish jarayonida ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va ta-fakkuri ham o’ziga xos, shu bilan birga, mut-laqo yangicha ma’no kasb etib bormoqda. Xusu-san, shaxs va davlat, inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar yangicha mazmun va shakl topib, yangi xususiyatlar, yangi tamoyillar asosida takomillashib borayotganini sezish, anglash qiyin emas.
Binobarin, bularning barchasi yangicha qad-riyatlar va demokratik prinsiplar mohiyatiga, o’z turmush va tafakkur tarzimizga mos, biz barpo etishga intilayotgan erkin fuqarolik jami-yati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy fanlarning asosiy tadqiqot mavzulariga aylanishi darkor.
Bu boradagi eng muhim vazifa shundan ibo-ratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson ja-miyat taraqqiyoti va uni yangilashga, ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish masalasiga bo’lgan o’z burchi va mas’uliya-tini aynan ana shu asosda aniklab olishi zarur.
Bu masala haqida chuqurroq o’ylab ko’radigan bo’lsak, shu tamoyillarga tayangan jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy shakl-shamoyili, uning qiyofasi, rivojlanish yo’llari, ustuvor xususi-yatlari to’g’risidagi aniq tasavvur turli fikr, bahs-munozaralar orqaligina ayon bo’lishini e’tirof etishimiz va buni o’zimizga mezon qilib olishimiz zarur.
Bunday keng ko’lamli va o’ta muhim masalalarni hal qilishda davlatimiz va jamiyatimiz ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari, turli ijtimoiy markazlar, avvalambor, Ma’naviyat targ’ibot markazi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan har tomonlama asoslangan chuqur taklif va tav-siyalarni kutishga to’la haklidir.
Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’-sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va maf-kuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo’llanmalarni tayyorlash bugungi kunda muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev’yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo’llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan[3][1]. Mazkur ta’rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e’tibor berilgan. O’z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma’nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma’noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma’nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo’jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv - butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo’lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.[4] Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo’lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o’tish lozim.
Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta’kidlashicha, “...eng umumiy ma’noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”. V.I.Danilov-Danil’yan esa “Globallashuv ko’proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so’zdir. Globallashuv jihatlarining o’zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”, - deb yozgan edi. Yuqoridagi ta’riflardan ko’rinadiki, globallashuv jarayoni o’zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo’lish xususiyatlari turlicha bo’lib dunyoning o’zgarishiga o’tkazayotgan ta’sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo’lmoqda”. 1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K. Ome ta’riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi.
Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta’minlash jarayoni, omili sifatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo’lib kelmoqda. Jum-ladan, rus olimi I.Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umumlashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko’rsatadi:
Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’-lumligi.
Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o’zgarishlar;
iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o’zgarishlar;
mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o’zgarishlar;
demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo’lib, insondagi barcha asosiy o’zgarshdlarni o’ziga qamrab oluvchi o’zgarishlardir.
Shuningdek, muallif ularning har birining o’ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr yuritgan.
Yana bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».7U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o’zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog’liq bo’ladi».
Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globallashuv ko’p o’lchamli jarayon, u o’z ta’sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o’ziga xos qukmronlik ta’siri bugun jahon hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lmoqda».
2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o’tkazayotgan ta’sirini aniqlashga bag’ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensiklopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerikalik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim». Keltirilgan fikrdan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o’zining ta’sirini o’tkazmoqda. Shuning bilan birga uni o’z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug’dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o’tkazayotgan ta’siri keng qamrovli ekanligi ko’rsatib berilgan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o’tkazayotgan ta’siriga asosiy e’tibor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor bo’lmagan insonning o’zi yo’q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. Shuning uchun qam iqtiso-diyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o’z ifodasini topadi. Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikr-lardan ko’rinib turibdiki, globallashuvning milliy ma’naviyatga o’tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu ja-rayonda iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashu-vida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat muallif-lar e’tiboridan chetda qolganligini ko’rish mumkin. Shuning bilan birga T. Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlaridan biri bo’lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish mumkin. Respublikamizda qam tadqiqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag’ishlangan fundamental tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo’lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo’lgan maqolalar e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari», «Ada-biyotida globallashuv jarayoni», «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi» va boshqa maqolalarda uning ba’zi bir jiqatlariga to’la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko’rish mumkin.
Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – ta’lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma’naviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog’liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi omillar aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog’liq. Shu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta’lim sohasida jahonda munosib o’rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o’rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o’zaro bog’liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o’ziga xos siyosiy munosabatlar ko’lamiga ko’ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subyektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an’anaviy subyekti - milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta’sir etyapti. Bu esa davlatlarning o’z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma’lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo’lib qolmoqda.
Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o’laroq, o’zining an’anaviy ahamiyatini yo’qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib bormoqda.
To’rtinchidan, butun dunyo bo’ylab bir qator g’arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o’ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta’sir o’tkazilyapti. Ya’ni, bu jarayondan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinayotgan globalizm g’oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o’z qo’llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a’zo bir qator davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli bo’lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik printsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo’ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma’noda A.V.Buzgalin “Globallashuv siyosatga ta’siri kuchli bo’lib, havfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o’zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”, - deb yozadi.
XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo’ldi. XX asr so’ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o’zgardi. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “XX asr oxirida dunyoda jo’g’rofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o’ylab ko’rishni, balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. Sovuq urush davrida xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi - o’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo’ymoqda”.
Insoniyat – XXI asrga qadam qo’ydi. Mantiqan insoniyat o’tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo’lib o’tdi. Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo’lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo’qolmaganini, balki o’zining shakl-u shamoyilini o’zgartirganini tushunib yetamiz.
“Tarbiya” fani orqali o’quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko’nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;
o’quv fanlari doirasidagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo’llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar);
muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaxs ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlanishi;
bolaning o’z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;
o’zining va atrofdagilarning xulqi, xatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka o’rgatish;
kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo bo’lishi;
bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma’naviy-axloqiy ko’nikma va malakalarning rivojlanishi;
o’z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo’lishi;
ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish;
xavfsiz hayot ko’nikmalarini mustahkamlash;
kasblar to’g’risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;
vijdonan mehnat qilish ko’nikmalarini o’rgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko’rsatish;
muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;
o’zini-o’zi baholashga o’rgatish;
faoliyatda o’zini ko’rsatishga intilishni rag’batlantirish;
tengdoshlari bilan ma’naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish.
Umumta’lim maktablarining o’rta va yuqori sinflari o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar:
o’smirlik yoshiga xos ichki pozitsiyaning paydo bo’lishi;
irodaviy sifatlarning namoyon bo’lishi;
ijtimoiy faollik, bilishga intilish va o’zini namoyon qilish motivlarining rivojlanishi;
faoliyat va muloqot mazmunini belgilovchi shaxsiy qadriyatlar tizimining shakllanishi;
shaxslararo munosabatlarning differensiallashuvi, referent guruhlarning paydo bo’lishi;
fuqarolik pozitsiyasi, o’zi va atrofdagilarga hamda jamiyatga munosabat asoslarining shakllanishi;
milliy qadriyatlar, an’analarga hurmatning namoyon bo’lishi;
o’zini-o’zi tarbiyalash va shaxsiy sifatlarning rivojlanishi;
o’z muammolarini o’zi mustaqil hal qilishga intilish;
xavfsiz hayot madaniyati bo’yicha bilim va ko’nikmalarning namoyon bo’lishi;
axloqiy, siyosiy dunyoqarash va diniy e’tiqodning shakllanishi;
pozitiv ijtimoiy mo’ljallarning oydinlashuvi va ularga erishish yo’lidagi intilishlar;
ma’naviy-axloqiy prinsiplarning qat’iylashuvi;
ichki his-tuyg’ularga e’tiborning oshishi, emotsional munosabatlarning tanlov asosida namoyon bo’lishi;
mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy kompetensiya va fazilatlarning odatlarga aylanishi.
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va o’smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik qo’llanmalar majmuasini yaratish;
davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va rejalari asosida o’quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilat, kompetensiyalarni shakllantirish.
I - XI sinflar uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to’garaklar faoliyatini “Besh muhim tashabbus” asosida rivojlantirish.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining “Tarbiya” fani o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.
O’qituvchilar, ota-onalar, mahalla mutaxassislari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullari bilan boyitilgan “Fazilatli avlod” va boshqa metodik qo’llanmalarni ishlab chiqish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida buyuk ma’rifatparvar siymolar merosini targ’ib etishga qaratilgan “O’n ikki oy - o’n ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini tashkil etish.
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. a’lumki, O’zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o’zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda o’zining huquqiy ifodasini topgan.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag’rikenglikning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O’zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo’lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o’tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o’z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro’y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g’oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.
Bugungi kunda dinga bo’lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o’ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o’z-o’zini anglashga bo’lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo’lib, geosiyosiy maqsadlarga bo’ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko’payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko’plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
So’nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko’ra, turli to’qnashuvlar natijasida arab mamlakatlari iqtisodiyoti 2011-2014 yillar oralig’ida 800 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar ko’rgan. Qonli fojealar tufayli ushbu davlatlar yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari keskin pasaygan, ishsizlik darajasi deyarli ommaviy tus olgan.
Eng dahshatlisi, hozirgi kunda Iroq va suriya davlatlari hududida qariyb 8,5 million kishi terrorchi guruhlar to’liq nazorat o’rnatgan hududda, har qanday fuqaroviy huquq va erkinliklardan marhum bo’lgan holda kun kechirishga majbur bo’lmoqda. Terrorchilar ushbu mamlakatlarda ommaviy qatl, garovdagilarni qiynab o’ldirish, xotin-qizlarni ayollarni zo’rlash yoki ularni qul qilib sotish kabi jirkanch va qabih ishlarga qul urib, o’zlarini e’tiqodi puch, imonsiz kimsalar ekanliklarini namoyon etmoqda. Yuzlab ziyoratgohlar, shia musulmonlarining masjidlari, xristianlarning cherkov va monastirlari, maktab va kutubxonalar vayron qilindi.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “IShID (Iroq va Shom islom davlati)”, “Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya), “al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfir va-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf” (Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat” (Jazoir), “Boko haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “O’zbekiston islomiy harakati” Tolbion (Afg’oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o’tkazishga harakat qilmoqda. So’nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
So’nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ’ibot o’tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo’shnilarini o’z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko’rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko’rinishlarini o’zida tashuvchi g’oyalar targ’iboti bilan shug’ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g’oyalar singdirlib, ular turli to’qnashuv va nizo o’choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog’orasiga o’ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o’tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko’pchilikka ayon haqiqatdir.
Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o’z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ’ibotchilari ko’p vaqtini internetda o’tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o’z saflariga qo’shish maqsadida ular bilan go’yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar.
So’ngra islom olamidagi “muammolar” sanab o’tilib, aybdorlar sifatida dunyoviy davlat va jamiyat ko’rsatiladi. Bundan keyin esa barcha muammolarning “yechimi” sifatida “kofirlarga” qarshi “jihod” qilish taklif etiladi. Buning uchun esa avvalambor “hijrat” qilish lozimligi uqtiriladi. Bilimsiz, o’z mustaqil fikri va atrofdagi hodisalarni tahlil etish malakasiga ega bo’lmagan yoshlar bunday da’vatlarga uchib, aqidaparast oqimlarga moyil bo’la boshlaydilar. Qisqa qilib aytganda “ijtimoiy tarmoqlar” “ekstremistik qarmoqlar” vazifasini o’tamoqda.
Aslida esa, yoshlarni o’z safiga chorlayotgan, o’zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo’rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o’ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo’lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig’inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo’lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Uy-joylar, maktab va kutubxonalar, qishlog’u-shaharlarni buzib, mo’ysafid otaxon, mushipar onalar, norasida go’daklarni ko’chalarda sargardon qilmoqda.
Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar ota-onasini qon yig’latib Suriya, Iroq kabi fitna o’choqlariga ketib qolmoqdalar. U yerlarda diydasi qotgan jallodlarga aylangan bu johillar yurtiga qurol o’qtalib o’z xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dag’dag’a qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar.
Aqidaparastlik jamiyatimizdagi fuqarolarni “haqiqiy” va “soxta” dindorlarga ajratishi bilan ham tahdid solmoqda. Bunday harakatlarning oddiy misollari sifatida go’yoki islomiy libos deb ilgari surilayotgan “hijob” masalasiga haddan tashqari urg’u berish, dunyoviy hayot kechiruvchi fuqarolarni go’yoki “imoni sust” sifatida ko’rishni qayd etish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday fitna chiqarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi Afg’oniston, Pokiston va Jazoirda sodir bo’lgan hamda hozirda Iroq va Suriya davlatlarida yuz berayotgan voqealardan bizga ma’lum. Barcha buyumlarni “halol” va “harom”ga ajratishda g’uluvga ketish oqibatida ba’zi qo’shni mamlakatlarimizda hattoki “halol taksi” chiqqanini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, islom dini o’rtalik, mo’’tadillikka chaqiradi.
Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o’ylangan strategiyaning bir qismidir. Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazlari, ta’bir joiz bo’lsa, “g’oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim.
Birinchi guruh qatoriga “Tablig’chilar” jamoasi tashkilotini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhlar qatoriga “Nurchilar”, “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga esa barcha jihodiy, soxta “salafiy” jamoalar kiradi.
Ayni vaqtda, bunday materiallar bilan huquqni muxofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan qo’lgan olinganlar ichida endi voyaga yetgan o’smirlar mavjud ekani bizdan alohida e’tibor talab qiladi.
Shu nuqtai-nazardan, mustaqil hayotni boshlayotgan yoshlarimizni turmushda ularni og’ir sinovlar kutib turayotgani, xususan, bizning yurtimiz, xalqimizga do’st bo’lmagan, soxta g’oyalar bilan hali hayotiy tajribaga ega bo’lmagan o’smirlarimizni oilasi va Vatanidan ayirib olib, o’z manfaatlari yo’lida qurbon qilishdek g’araz maqsadlar ega kuchlar borligidan ogohlantirishimiz biz kattalarning, ayniqsa, diniy soha vakillarining burchimiz hisoblanadi.
Diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to’qnashuvlar ro’y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek, mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir etish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar hushyorlikni qo’ldan boy bermaslik, hamisha ogoh bo’lib yashash zaruratini yana bir marta ko’rsatmoqda. Bu esa o’z navbatida, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro maydonda ko’p va ikki yoqlama hamkorlikni kuchaytirish, BMT, Shanhay hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning faoliyatini samaradorligini oshirish masalasini qat’iy qilib kun tartibiga qo’ymoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
Hozirda O’zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik qo’mitasi tomonidan O’zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida o’rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston AQSh, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari kabi qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
O’z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.
Hozirgi kunda respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo’lga qo’yilgan. Davlat amaldagi qonunlarimizga zid ravishda konstitutsion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo’yadi.
Ta’kidlash joizki, DEO a’zolari diniy e’tiqodi yoki dunyoqarashi uchun emas, balki O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi yoki Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi va boshqa qonunlarimizda aniq belgilangan jinoiy ishlarni sodir etgani va qonunbuzarligi uchun jazoga tortiladi. Aldanib oqimga kirib qolgan shaxs o’z vaqtida xatosini anglab yetib, pushaymon bo’lsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, Jinoyat Kodeksining 244-2 moddasiga ko’ra javobgarlikdan ozod etiladi.
Jamiyat OAV, ma’naviyat yo’nalishda faoliyat yuritadigan tuzilmalar, jamoat va diniy tashkilotlar orqali fuqarolarni aqidaparast g’oyalarning ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
Hossatan, Din ishlari bo’yicha qo’mita, Toshkent islom universiteti, O’zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ’iboti markazi davlat idoralari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo’nalishida dastur asosida tizimli faoliyat yuritmoqdalar. Targ’ibot va tushuntirish ishlari OAV, Internet, tele- va radiodasturlardagi chiqishlar, o’quv muassasalari, mahalla fuqaro yig’inlari, turli tashkilot va korxonalarda ma’rifiy tadbirlar o’tkazish shakllarida amalga oshirilmoqda.
Olimlar va ulamolarimiz, soha mutaxassislari tomonidan aqidaparastlikning turli ko’rinishlarini fosh etuvchi qo’llanmalar nashr etilib, aholining keng qatlamlari ichida tarqatilmoqda.
Ulamolarimiz juma ma’ruzalarida, chegara hududlarda davriy ravishda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda mutaassib da’vatchilarning soxta da’volarini dalillar bilan fosh etib, aholini, ayniqsa, yoshlarni aldovlarga uchmaslikka chaqirmoqdalar.
Jumladan, joriy yilning o’tgan davri ichida Din ishlari bo’yicha qo’mita O’MI, TIU, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va o’quv muassasalari bilan hamkorlikda 200 dan ziyod ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi. DIQ, TIU, O’MI internet saytlariga mavzuga oid yuzdan ziyod maqolalar joylashtirildi.
Shu bilan birga, diniy-ekstremistik guruhlar, jihodiy jamoa va ularning da’vatchilari tomonidan olib borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlarining tobora kengayib borayotgani respublikamizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining aksiltarg’ibot ishlarini faollashtirishi, ularni yangi, ta’sirchan va ommabop usul va shakllarni amalga oshirishni taqazo etmoqda.
So’nggi vaqtda qo’ni Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, Tolibon harakati va mazkur mamlakatdagi boshqa terrorchi guruhlarning Markaziy Osiyo respublikalariga chegaradosh hududlarda to’planayotgani haqidagi ma’lumotlar bizni yanada hushyor bo’lishimiz lozim ekanidan dalolat bermoqda.
Davlatimiz Rahbari tomonidan jamiyatimizning ma’naviyatini yuksaltirish, aholini yot va soxta diniy g’oyalar ta’siridan saqlash, hushyorlik va ogohlikni da’vat etishda diniy soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanganiga barchamiz guvohmiz. Mazkur e’tirof diniy soxa xodimlarini jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni avaylab-asrash yo’lida yanada fidokorona faoliyat yuritishlariga undaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g’oyalarga qo’shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:
- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog’liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo’lib yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo’yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
- o’quv muassassalari, mahalla yig’inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra suhbati va seminar-mashg’ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan foydalanish;
- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o’tkazish;
- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g’oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g’oyalari zamirida g’arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko’paytirish;
- Toshkent islom universiteti, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro markazi, O’MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom ta’limotlarini yoritishga bag’ishlangan hamda turli norasmiy, g’arazli oqimlar tomonidan da’vo qilinayotgan g’oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;
- mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok etish, mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan suhbatlarda ishtirok etish;
- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg’armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo’qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;
- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o’tagan, hozirda tuzalish yo’liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o’tkazishga urg’u berish.
Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g’urur, iftixor, tuyg’usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g’oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O’zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o’zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo’lib qoladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin