Sharq uyg’onish davri allomalarining (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi) ilmiy merosi.
Insoniy fazilatlar va go’zal xulqlardan biri qanoatdir. Ulamolar uni shunday taʼriflaydilar: qanoat – o’zidagi neʼmatga shukr qilish, boshiga tushgan musibat, qashshoqlik va qiyinchiliklarga sabr-bardoshli bo’lish. Qanoat Alloh taoloning taqdiroti va taqsimotiga rozilikdan paydo bo’luvchi ko’ngil boyligi bo’lib, u hasad, tama, ochko’zlik, adovat, baxillik kabi illatlarning shifosidir. Abdulla Avloniy aytadi: “Janobi Haqning amriga itoat qanday saodat esa, taqdiriga qanoat ziyoda baxtiyorlikdur”. Demak, qanoat komil mo’minlikning belgilaridan ekan.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Sizlar qanoatni o’zingizga lozim tuting. Chunki, qanoat tuganmas boylikdir”, dedilar.
Boshqa muborak hadisda esa bunday deyilgan: “Boylik mol-dunyoning ko’pligida emas, balki, (haqiqiy) boylik ko’ngil boyligidir”. Muhammad Husayn aytadi: “Qanoat aqlli odamlarning fazilatidir. Ammo qanoat rizq qidirish va kasb bilan shug’ullanishdan tiyilish degani emas. Balki, kasb tufayli topgan narsasiga shukr qilish va ortiqchasiga intilmaslikdir”. Buning boisini anglash uchun ulug’ sahobiy Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)ning ushbu so’zlariga quloq tutishimiz lozim:
“Biror kun yo’qki, bir farishta: “Ey Odam bolasi, senga kifoya qiladigan oz narsa seni tug’yonga ketkazadigan ko’p narsadan yaxshiroqdir”,
deya nido qilmasa”.
Qanoatli inson umri mobaynida doimo baxtiyorlikni his etib yashaydi. Shu bilan birga, boshqalarga ham yaxshi muomalada bo’ladi, ularni ham o’zi kabi shodlik sari yetaklaydi. Shuning uchun qanoatli kishini barcha hurmat qiladi.
Hakimlardan biri aytdi: “Odamlar ichida eng uzoq g’am-anduh chekuvchi kimsa hasadchi ekanini, hayoti eng baxtiyor kechuvchi kishi esa qanoatli inson ekanini ko’rdim”.
Muhammad Zehniy shunday yozadi: “Qanoat nima?” deb so’radilar. Javob berib aytildi: “Birovlarning qo’lidagi narsani ko’rib, mayus bo’lmaslik va tamagirlikdan qochish. Chunki, tamagirlik, albatta, kambag’allik sari yetaklaydi” .
Xulosa o’rnida shuni taʼkidlash lozimki, yurtimiz tinch, hayotimiz osuda va farovon bo’lishiga qaramasdan, bugungi kunda jamiyatimizda turli huquqbuzarliklarning sodir bo’lishi, yoshlar orasida jinoyatchilikning ortib borishi, shuningdek, oilaviy kelishmovchiliklar va ajrimlarning ko’payishi, aksar hollarda, qanoatsizlikdan kelib chiqayotgani bor haqiqat. Demak, ana shunday noxushliklarning muolajasi va oldini olish chorasini qanoat deb atalmish ko’ngil boyligini hosil qilishdan izlashimiz zarur.
Inson fazilatlari - bu shaxsni barqaror aqliy shakllanishi, jamiyatga ta’sir qiladi, faol ish olib boradi, boshqa odamlar bilan muloqot qiladi. Insonni inson sifatida tavsiflash uchun, u o’zini xulq-atvorini namoyon qilishi kerak, chunki u o’zini boshqalar bilan harakat va harakatlar orqali ochib beradi.
Shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishda genetik nosozlik muhim rol o’ynaydi, lekin inson rivojlanadigan muhitni istisno qila olmaydi. Boshqa odamlarning atrofida bola turli xulq-atvorni o’ziga oladi, u yoki boshqa harakatlarga his-tuyg’ularni va munosabatlarni o’qishni o’rganadi va jamiyatda qanday fazilatlarni qondirish mumkinligini tushunmaydi. Insonning shaxsiyati butun umri davomida rivojlanadi va odamning tez-tez o’zini yaxshi yoki yomon tomondan isbotlash uchun tanlash bor.