1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Insonning axloqiy fazilatlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə36/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Insonning axloqiy fazilatlari. Axloq va axloq bilan chambarchas bog’liq va bu fazilatlar bir-biridan kelib chiqadi. Madaniy insonning xushmuomalalik, xushmuomalalik, ularning merosi va tabiatiga ehtiyotkor munosabati jamiyatda farovonlikning asosi hisoblanadi. Ahloqiy fazilatlarni aniqlash va quyidagilar aniqlanishi mumkin:

  • insonlarga xayrixohlik, zaif va noqulay ahvolga yordam berish;

- boshqalarga hurmat - har bir odamning farqli ekanini tushunish va har bir insonning hurmatga sazovor joyi borligini anglash;
- sadoqat - bu o’z-o’ziga (o’z printsiplariga sodiq bo’lish) va yanada global tushunchani - Vatanga sodiqlik bilan bog’liq bo’lgan sifat;
- o’zboshimchalik qilmaslik - o’z manfaatini ko’zlamasdan, harakatlarning yaxshi niyatlardan voz kechishi;
- ma’naviyat insonning ruhini yuksaltiruvchi barcha axloqiy jihatlari va dindorlikni o’z ichiga olgan sifatdir.
Intizomli kishining sifati jamiyatning mavjudligi uchun muhimdir. Jamiyatning me’yorlari va qadriyatlari odamlar uchun o’zlarining farzandlariga yo’nalish berish va ularni o’tkazish uchun bir xil umumiy asos yoki asosdir. Odam o’zini yurish-turishi va xulq-atvori bilan ifodalaydi - bu aql, his-tuyg’ular va iroda orqali paydo bo’lgan axloqiy fazilatlardir. Shubhasiz, insonning axloqiy fazilatlarini uchta toifaga bo’lish mumkin: “zarur”, “mumkin”, “mumkin emas”.
“Kerakli” toifadagi axloqiy fazilatlar - umumiy manfaatlar uchun harakat qilish qobiliyati: 1) qarzlar; 2) javobgarlik;
“Imkoniyat” toifasidagi sifat - bu ichki e’tiqod va tamoyillarga zid bo’lmagan shaxsning namoyon bo’lishi: 1) sharaf; 2) qadr-qimmati; 3) vijdon; 4) adolat tuyg’usi.
“Imkoni yo’q” toifasining axloqiy sifati - jamiyat tomonidan ayblangan va odamlar orasida yoqmaslikka olib keladi: 1) hasad qilish; 2) sharmandalik; 3) ayyorlik; 4) yolg’on gapirish.
Insonning ijtimoiy xislatlari. Odamlar jamiyatdan tashqarida yashay olmaydilar, har bir shaxs sifatida, odamlar jamiyatda bir-biri bilan o’zaro muloqotda. Inson jamiyatga ta’sir qiladi va jamiyat insonga ta’sir qiladi - bu jarayon har doim ikki tomonlama. Har bir inson bir qancha ijtimoiy rollarni ijro etadi va har bir rol uchun uni ochib beradigan bir qator fazilatlar mavjud. Insonning ijobiy fazilatlari unga jamiyatda eng yaxshi tomonlarni ochib berishga yordam beradi. Insonlarning ijtimoiy xislatlari:
- o’z-o’zini anglash - bu insonning ijtimoiy tizimda o’zini tan olishiga imkon beruvchi muhim qobiliyatdir;
- ijtimoiy identifikatsiya qilish - shaxsni ongli yoki hissiy jihatdan boshqa shaxslar bilan tanishtirish qobiliyati;
- o’z-o’ziga hurmat - o’zingizni o’zingizning qadr-qimmatingizni kamroq yoki kam qilmaydigan darajada baholash qobiliyati o’z-o’zini anglashning muhim tarkibiy qismidir;
- ijtimoiy faoliyat - jamiyatni rivojlantirish uchun ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni ishlab chiqarish uchun ko’nikma va qobiliyat;
- dunyoqarash - insonning jamiyatga va dunyoga nisbatan munosabatini belgilovchi fikr, qadriyatlar, normalar va munosabatlar majmuasi.
2. Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutishiga, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlariga zinhor-bazinhor yo’l qo’ymaganlar. Bu kabilarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar. Ammo, ming taassufki, yaqin tariximizda sharqona tarbiya, axloq-odobning ming yillik tajribalaridan “eskilik sarqiti” deb voz kechdik, o’zligimizni unutayozdik.
Sharqona odob ming yillar maboynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Jumladan, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayhissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining hikmatomuz kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go’daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko’cha-ko’yda, kattalar oldida o’zini qanday tutish lozimligigacha barcha jihatlarni o’z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalashni shart qilib qo’ygan. Masalan, Rasululloh hadislarida: “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar!”, “Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros bera olmaydi”, deyilgan. Demak, o’tmishda tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi deb qaralgan.
Komil inson fazilatlarini o’zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning ko’pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, to’g’rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bo’lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o’tilgan. Bular qatoriga ulug’ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o’z kasbidan topib kun o’tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o’zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo’pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo’lish – yaxshi, muloyim tilli bo’lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bo’lish, rozi-rizolik bilan kun o’tkazish, riyozat chekishdan qo’rqmaslik va boshqalar.
Shu tariqa o’tmishda komil insonning o’ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo’lib, bu sifatlarga ega bo’lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g’oyalar katta ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega.
Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog’imiz lozim. Mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
Muxtasar qilib aytganda, sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga katta e’tibor berilganligining asosiy sabablaridan biri inson va uning hayoti eng oliy qadriyat ekanligidadir. Sharq ma’naviyatida dunyodagi barcha ne’matlar insonning faqatgina yaxshi yashashi uchungina xizmat qilmog’i shart ekanligi e’tirof etiladi. Chunki, bu ne’matlarning barchasi insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin, halos. Shuning uchun bu birlamchi masala emas. Masalaning avvali, insonning ulug’ligi hamda yuksak kamolatga yetishish orqali Komil inson martabasiga erishish yo’lidir. Moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi eng to’g’ri yo’l ekanligi va bu bilan avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan ma’naviy merosning ahamiyati juda katta ekanligi asoslangan. Holbuki, o’sib kelayotgan avlod, komil inson bo’lish, halollik, to’g’rilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi ko’pdan-ko’p olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga doimo amal qilib yashash-odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi, deb ko’ rsatib o’ tiladi. Demak, davlat tomonidan uning ta’lim xizmatlari iste’molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo’ lishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. O’ z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo’ lgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’ rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy yetuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo’ yadi
Shunga ko’ra, dastavval “shaxs”, “inson”, “barkamol shaxs” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish taqozo etiladi.
Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya fanlarining o’ rganish ob’ektidir. Falsafa shaxsni uning ijtimoiy ahvoli, faoliyati, bilish, ijod sub’ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya shaxsni psixik holatlar, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik munosabatlar, shaxsning temperamenti, fe’l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning uyg’ unligi asosida o’ rganadi.
Sotsial yondashuv esa shaxsning ijtimoiy o’ ziga xosligini belgilab beradi. Faylasuflarning fikrlariga ko’ ra shaxs keng ma’noda – inson individ, kishi; tor ma’noda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyat a’zosi. “Inson” tushunchasi barcha kishilarga xos bo’ lgan sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun qo’ llaniladi va hayot, faoliyat usuli bilan farqlanadigan odam, inson sifatida sub’ektlarning tarixiy birligini ifodalaydi. Inson tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlari va barcha zamonlarda o’ ziga xos mavjudot sifatida muayyan antologik maqomni saqlab keladi. Insonning o’ ziga xosligini ifodalaydigan xislatlar va fazilatlar uning individualligini belgilaydi. Individ esa insoniyat vakili bo’ lib, ijtimoiy va psixologik belgilar (jumladan, aql-idrok, iroda, ehtiyojlar, qiziqish, mayllar va hokazolar)ni o’ zida ifodalaydi. “Individ” tushunchasi “alohida inson” sifatida tushuniladi. Masala bunday qo’ yilganda turli biologik omillar (yosh xususiyatlari, jinsi, temperamenti)ga muvofiq inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy xususiyatlari belgilanadi. Insonning individual, shuningdek, tarixiy rivojlanishining turli bosqichlaridagi xususiyatlarini aks ettirish uchun “individ” tushunchasi bilan birga “shaxs” tushunchasi ham qo’ llaniladi. Bu o’ rinda “individ” shaxs sifatida shakllanishga yo’ naltirilgan inson sifatida qaraladi. Shaxs – individ rivojlanishining yakuni, barcha insoniy fazilatlarning to’la namoyon bo’ lishidir.
Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir nuqtai nazaridan tarbiya doimo maqsadga yo’ naltirilgan bo’ lib, birinchi navbatda, aniq maqsadga qaratilgan jamiyatning faoliyatidir. Bunda jamiyat o’ zida mavjud bo’ lgan barcha imkoniyat hamda vositalardan foydalanadi. Tarbiya insonni muayyan ijtimoiy zaruriy bilimlar majmui, ko’ nikma va malakalar bilan qurollantirish, uni hayotga va mehnatga, xulq-atvor me’yorlari va qadriyatlariga rioya qilishga, kishilar bilan muomala qilishga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur holatlarning barchasi, tabiiy ravishda shaxsning individual belgi va fazilatlarini shakllantirishni istisno etmaydi. Tarbiya ijtimoiy muhitning insonga ta’sirining tarkibiy qismi sifatida ham baholanadi. Tarbiya – inson shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi muhim omil bo’ lsa-da, biroq bu jarayonda yana qator omillar, jumladan, muhit ta’siri va irsiyat ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson, ijtimoiy mavjudod sifatida turli ijtimoiy guruhlar bilan o’zaro harakatda bo’ ladi, jamiyat hayotida birga ishtirok etadi.
O’rta Osiyo arablar tomonidan istilo qiliganidan bir asr keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnashi IX-XII asrlarga to’g’ri keldi. Uning barcha sohalarida dastlab arab islom madaniyatining kuchli ta’siri, shuningdek arab va mahalliy an’analarning o’zaro ta’siri ham sezilarli edi. Mafkura sifatida faqat islom, ilm va ilohiyot tili hukmron bo’ldi.
Butun Sharqda bo’lgani kabi Movaraunnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjimlar, matematika, fizika, tibiiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar etishib chiqdilar. Ular o’z ilmiy ishlarida axloq-odob masalalariga ham katta e’tibor berdilar. Bular ilgari surgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamol topishida pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Demak, Markaziy Osiyo-SHarqning bksak ma’naviyat va yirik ilmiy tafakkur markaziga aylandi. Ana shu IX-XII asr SHarq Renessansi davrining buyuk allomalari jahon madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo’shdilar. Jumladan:
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (785-850): Xorazmda tug’ilgan, shu erda o’sgan. Umrining ayni gullagan davrida (20-25 yosh) vatanni tashlab chiqib ketadi. U Iroq va Shomga borib, etuk olim va shoirlar bilan tanishadi va ulardan ta’lim oladi. Nishopur, Sheroz shaharlarida bo’ladi. U IX asr boshlarida mashhur olim sifatida taniladi. Bag’doddagi “Bayt-ul hikma” ilm markaziga chaqiriladi. Al-Xorazmiyning ilmiy asrlari: 1) “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» (“Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala”) asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni echish yo’llarini bayon etadi. Risola 3 qismdan iborat: a) algebraik qism, bo’lim keltiriladi, b) geometrik qism algebraik usul qo’llab o’lchashlar haqida, v) vasiyatlar haqida bo’lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb ataydi. Asar o’zining bir xususiyati bilan xarakterliki, unda ma’naviyat riyoziyot nuqtai nazaridan axloqiy-odob tamoyillari hisob-kitob qonunlari bilan singdiriladi. “Aljabr va muqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi, qo’llash usullarini aytdi. 2) «Hind hisobi bo’yicha kitob», 3) «Astronomik zij», 4) «Er surati haqida kitob» kabi asarlari bor. Umuman al-Xorazmiy «Al-jabr val-muqobala» asari tufayli «Al-Xorazmiy» nomi (XII asr boshlarida), keyinroq elgebra, lotincha «algoritm» shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushuncha algoritm algorifmga aylandi.
2. Ahmad al-Farg’oniy (787-861): g’arbda Alfraganus nomi bilan, SHarqda esa Hosib-hisobchi nomi bilan mashhurdir. Uning asarlari (XII-XIII asr) Evropada tarjima qilinishi tufayli u «Birinchi arab astronomi» nomini oldi. Uning «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «astronomiya negizlari» asari bor. Umuman Ahmad al-Farg’oniy Sharqda «Hisob» (matematik)-hisobchi, «munajjim ar-Rais» nomi bilan shuhrat qozondi. U Farg’onaning Quvasida tug’ilib, Msirda vafot etgan. Qadimgi Kubo shahristoni atrofida Ahmad Farg’oniy xiyoboni yaratilmoqda. Misrda Dafn etilgan marhumning hoki 1999 yili keltiriliyu, Quva maqbarasiga quyildi. YUNESKO Bosh konferensiyasining 29-sessiyasi va O’zbekiston Hukumati 1998 yilda Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligini nishonlashga oid qaror qabul qildi va 1998 yil 24 oktyabrda bu sana katta tantanalar bilan nishonlandi. Al-Farg’oniyning nomi Dante, SHiller, Erkin Vohidov asarlarida ulug’landi. Dante «Ilohiy kamediyasi»da Dune tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni uning asarlaridan oldi. «Astronomiya negizlari» (asoslari) asarining to’liq nomi «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», uni qisqacha «Astrornomiya asoslari» deb yuritishadi. Bu asardan hanuzgacha darslik sifatida foydalanib kelinadi. VIII asrda Farg’ona o’lkasi arab istilochilari tomonidan zabt etildi. 919-920 yillarda arab xalifasi Ma’mun Farg’onani markazi Buxoroda bo’lgan davlat tarkibiga o’tkazdi.
Arab istilosidan keyin ilm va ma’rifat arab xalifatining markaziy shaharlariga ko’chgach, Ahmad al-Farg’oniy ham ilmiy ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Xalifa al-Ma’mun saroyiga chaqirtirilib, undan xalifa bilan Bag’dodga keldi. Bag’dodda jam bo’lgan olimlar bilan birga «Hikmatlar uyi» deb atalmish fanlar akademiyasini tashkil etdi va ko’p yillar unga rahbarlik qildi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida arab xalifaligini Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o’g’li Ma’mun (813-833) boshqargan vaqtlarda Bag’dodda kuchli ilmiy markaz dargohi tashkil topgan edi. Uni «Baytul hikma» («Hikmatlar uyi») deb ataganlar. Bag’dod ilk o’rta asrlar davrida ilm-fan taraqqiyo qilgan markaz edi. Bu erda «Bilimlar uyida» Markaziy Osiyo, Eron va boshqa yurtlardan kelgan turli xalq va millat olimlari to’plangan edi. U ham shu uyda ishladi. «Bilimlar uyi» kutubxonasida 400 mingdan ziyod qo’lyozma kitob bor edi. Kutubxonaga Xorazmiy boshchilik rahbarlik qilgan.
Ko’p tillarni yaxshi bilgan olim ilm uchun qulay sharoitga ega bo’lgach, qadimga dunyo fani asarlarini o’rganadi, ularni hind, yunon, suriya, sanskrit, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qiladi. Ahmad Farg’oniy Bag’dodda madrasada astronomiyadan dars beradi, yosh tolibi ilmlarda ilmga havas va muhabbat tuyg’ularini tarbiyaladi. 833 yilda taxtga xalifa Mu’tasim chiqadi. U Bag’dod yaqinida Shammasiya va Damashq yonidagi Kassiyun tog’ida 2 rasadxona qurishni Ahmad Farg’oniyga topshiradi va ular qurib ishga tushiriladi. Ahmad Farg’oniy «Astronomiya asoslari» asarida o’sha davrda astronomiyaga zid bilimlarni bir qolipga soldi, o’z YAngi natijalari kashfiyotlari bilan boyitdi, astronomik asboblar, Quyosh soatlari bayonini berdi. Mamlakatni 7 iqlimga bo’lib o’rgandi. Joylarning geografik koordinatlarini Sharqdan g’arbga yo’nalishda berdi. Kopernikkacha astronomidan asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qildi.
3. Abu Nasr Forobiy (873-950): - «ikkinchi ustoz» («muallimi soniy»). Aristoteldan keyin jahon ilmida ikkinchi ustoz deb tan olingan. U o’z davri jahon ilmi yutuqlariga tayanib, birinchi va mukammal ilmdar turlanishini yaratadi va bu haqda ko’plab asarlar yozadi. 160 ga yaqin asari bor. «Sharq Aristoteli» asarlarini ikki guruhga ajratish mumkin: a) qadimgi grek faylasuflari va tabiatshunos olimlarining (Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalar) ilmiy meroslarini sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan; b) O’rta asr fanining tabiiy va ijtimoiy-falsafiy fikri sohalariga, uning turli dolzarb masalalarini ishlab chiqishga, tabiatshunoslik, musiqashunoslik, filologiya, jamiyatshunoslikning muhim sohalariga bag’ishlangan risolalar. Forobiy ilmiy merosining bir qismini uning sharxlari tashkil etib, ular boshqa muallimlarning asarlarga shunchaki tushuntirish va izoh­lar bo’lib qolmasdan, balki teran va qiziqarli fikrlar bilan yo’g’rilgan, shuning uchun ham ularni mustaqil asarlar sifatida o’rganmoq lozim. Olimning «Ideal jamiyat haqida», «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» kabi asarlari ma’naviy-falsafiy muammolarni hal etishga bag’ishlangan. Olimning insonparvarlik, vatanparvarlik, inson shaxsini tarbiyalash kabi fikrlari ijtimoiy masalalarni hal etish haqidagi nazariy saboqlari bilan singishib ketgan. Umuman Forobiyning asarlarini mazmuniga qb quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) falsafaning umumiy masalalariga, ya’ni bilimning umumiy xususiyatlari, qonunlari va turli kategoriyalariga bag’ishlangan asarlar («Masalalar manbai»);
2) inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bag’ishlangan, ya’ni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar. («YOshlarning aqli haqida kitob»);
3) falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni, mavzui haqidagi asarlar («Falsafaga izoh­» va boshqalar);
4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o’rganishga bag’ishlangan («Musiqa haqidagi so’z»);
5) moddaning xossa va turlari, noorganik tabiat, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini o’rganuvchi («Inson a’zolari haqida risola»);
6) tilshunos, she’riyat, notiqlik, san’ati, hattotlikka oid asarlar («Ritorika haqida kitob»);
7) ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bag’ishlangan, ya’ni huquqshunoslik, etika-pedagogikaga oid asarlar («Baxt-saodatga erishuv», «Shaharni boshqarish», «Uru shva tinch turmush haqida kitob», «Fazilatli xulq­» va boshqalar).
4. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) g’arbda-Fransiyada Alibaron nomi bilan mashhur. Uning «Hindiston», «Geodeziya», «Minprologiya», «YOdgorliklar» kabi asarlari bor. Beruniy Xorazmda «Ma’mun akademiyasi» ga rahbarlik qilgan. Beruniy bilish nazariyasi bo’yicha juda katta ishlar qilgan. Biroq, hozirgi kunda bilish va ta’lim nazariyasi (didaktika) bo’yicha zamonaviy asarlar yaratilmagan. Olim o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik» asarida: «Ma’lumki, har bir murakkab narsaning sodda bo’laklari bor, murakkablik shular yig’indisidan kelib chiqadi», «Sezgilar beshta bo’lib, ular quloq bilan eshitish, ko’z bilan ko’rish, burun bilan hidlash, til bilan tati va teri bilan tegib bilishdan iboratdir...Ilm va ma’rifat faqatgina o’shalar orqali hosil bo’ladi», deydi.
Beruniy ta’limotiga ko’ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib tafakkurga ko’tariladi, ma’lum narsalardan noma’lum narslar va hodisalarni bilishgv tomonrivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy bilish-sezgi, idrok, xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Beruniy 1080 yilda g’aznada yozib tugatgan «At-Tafhim li-avoil sinoati at-Tanjim» («YUlduzshunoslik ilmining asoalarini tushuntiruvchi kitob») asarida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan fanlar haqida fikr yuritadi: 1. Matematika (arifmetika va algebra). 2. Astronomiya. 3. Geografiya. 4. Xronologiya (tarix). 5. Astronomiya. 6. Geometriya.
5. Abu Ali ibn Sino (980-1087):-jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan qomuschi olim. Avitsenna tufayli Fransiya g’arb Aristotel asarlarini o’rgandi. 450 dan ortiq asar qoldirgan. «Tib qonunlari» o’sha davrda tezda lotin tiliga tarjima qilinib, Evropa, qator SHarq mamlakakatlarida darslik bo’lib xizmat qilib kelmoqda. «Najot kitobi», «Donishmandlik kitobi», «Ishorat va tanbeh» asarlari muhim ahamiyatga ega.
Ibn Sino «Ma’mun akademiyasi» da ilmiy faoliyat ko’rsatgan va Beruniy bilan ilmiy suhbatlar olib borgan. Tabobat ilmini ruhiy-pedagogik ta’sirsiz tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki eng asosiy shifo ta’sir orqali amalga oshadi. Bunday kuchli ta’sir faqatgina ma’naviy boy kishi tomonidan o’tkazilishi mumkin, xolos. Ibn Sino yozadi: «Ma’rifatchi (orif) botir odam bo’ladi, shunday bo’lmay ham bo’larmidi! U o’limdan ham qurqmaydigan sahovat egasi bo’ladi. SHunday ham bo’lmay bo’larmidi! U barcha behad narsalarga xirs quyishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir. SHunday ham bo’lmay bo’larmidi! U o’z nafsoniyati bilan ulug’vor bo’ladi. SHunday ham bo’lmay bo’larmidi!» Darhaqiqat ma’rifatli va ma’naviy yuksak inson o’ta qat’iyatli bo’lib, umumbashariy, insonparvarlik ruhidagi g’oyalarni amalga oshirish yo’lida hech narsadan qaytmaydigan fidoyi bo’ladi.
Ibn Sino o’z asarlari bilan Markaziy osiyo xalqlari madaniyatini Dune xalqlari madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. SHuning uchun ham uning «SHayxur-rais»-«Olimlar boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. Ibn Sino kitoblaridan bir nechtasi 20 jildli, 18 jildli bo’lsa, 5 kitobdan iborat. «Tib qonunlari» esa 125 bosma tabaqdan iborat. «Donishmandnoma» degan nom bilan mashhur bo’lgan falsafiy kitob 5 xil ilmni mantiq, tabiat, ilmi hay’at (atsronomiya), musiqa, ilohiyotni o’z ichiga oladi. Ibn Sino xudoni e’tirof etadi, uni borliqning birinchi sababchisi va manbai deb tushunadi.
Ibn Sino jismlar 4 unsurdan tashkil topgan, deydi. Bu: havo, suv, olov, tuproq-o’zaro bog’liq, bir-biriga ta’sir etadi. Shundan u yoki bu narsa paydo bo’ladi yoki yo’qoladi. Lekin ularning asosi 4 unsur o’zgarmaydi, yo’qolib ketmaydi. 4 unsurning 2 tasi og’ir va ikkitasi engil deydi. Engillari olov va havodan iborat, og’irlari esa suv va er-tuproqdir.
Ibn Sino tarbiya mazmuni haqida quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan:
1) Aqliy tarbiyaga ahamiyat berish lozim.
2) Inson axloqining tarbiyasi.
3) Estetik (nafosat) tarbiyasi.
4) Jismoniy sog’lomlashtirishga xizmat qiladigan tibiiy tarbiya.
5) Bolani mehnatsevarlik ruhida, baror kasb-hunarga o’rgatish tarbiyasi.
Falsafa fanini Ibn Sino 2 katta bo’limga ajratadi:
1) nazariy falsafa-metofizika (oliy fan), matematika (o’rta fan), hamda tabiat haqidagi fan-tabiatshunoslik (lastki fan) dan iboratdir.
2) amaliy falsafa-siyosat, huquq, uy ishlarini o’rganish-iqtisod va axloqshunoslik ya’ni etikadan tashkil topadi.
Demak, amaliy falsafa o’z navbatida predmetiga ko’ra 3 qismga bo’linadi:
- axloqshunoslik-etika-bu inson shaxsiyatining fazilatlari, axloqiy tushunchalar, qoidalarni o’rganadi;
- iqtisodiyot-oilani boshqarish, uning talablarini, vazifa va faoliyatini ta’minlab turish uchun zarur bo’lgan masalalarni o’rganadi;
- siyosat-bu davlatni idora etishva boshqarish, hukumat va fuqarolar hamda davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlash masalalalrini o’rganadi.
Yusuf Xos Hojib (XI asr): turk dunyosidagi milliy uyg’onish davrining eng mutafakkirlaridan biri. U Qoraxoniylar davrida yashab ijod qildi. Uning «Qutadg’u bilig» («Baxt-saodatga erishtiruvchi bilim») asari turkiy xalqlarning qadimgi ta’lim va tarbiya usullarihaqida ilk ma’lumotlarni saqlagan. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobilyati bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib uquv va bilimni farqlaydi: uquv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi birlashsa, insonning qadri ortadi.
XI asrda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari turkiy halqlarning milliy istiqlol bilan aloqador. U mustaqil qoraxoniylar davlatining tashkil topishi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. Undagi asosiy g’oya el-yurtning birligidir. Faqat shundagina milliy mustaqillik saqlanishi, taraqqiy qilishi mumkin deb hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida o’zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha toifalari, tabaqalari o’rtasidagi axloqiy munosabatlani amalyotga tayangan holda yoritadi. Bu xulq-odob qoidalari, talab va vazifalari butun asr davomida qahramonlarning o’zaro munosabatlari, munozaralari asosida ifodalanadi. Asar qahramonlariga xos fazilatlar: shirinso’zlik, tavoze, hurmat va ehtirom, aql, zakovat kabi fazilatlar o’zaro munosabatlar vositasida zohir bo’ladi. Olim barcha ezguliklarning bosh tili uning odobida deb ko’rsatib, uning foyda va zararlarini badiiy uqtiradi. Kishi 2 narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo’lsa, ikkinchisi yaxshi so’z, deydi alloma. Kumush va oltin tugaydi, ammo so’z muomalaga kritilsa, oltin va kumushdan ham qimmatliroq bo’lib qoladi. «Oz so’zlash, lekin ko’p tinglash kerak». «Hech kim so’zlab olim yoki donno bo’lmagan» «Qizil til qor boshning yovi», «Avval o’ylab keyin so’zlash kerak» kabi o’gitlar hech qachon o’z qadrini yo’qotmaydi. Bu o’gitlarga amal qiluvchi kishilar kamolot yo’ligi kirishi aniq. Zero, zehn ko’rki - so’z deb bejiz aytmaganlar.
Yusuf Xos Hojib davlatni boshqarishda amaldorlar o’z ishining ustasi ilm-fanni chuqir egallagan, uning turli sohalari bo’yicha ish yurita oladigan so’zga chechan, zehnli, fahm-farosatli, himmatli, ko’zi to’q, ochiq qo’l, sahiy tadbirli, sadoqatli o’z so’zi ustidan chiqa oladigan, andishali bo’lishi, turli tillarni va yozuvlarni chuqur bilishi uning el-xalq bilan ish yuritishda, ya’ni muomalada munosabatida ezgu oqibatlarga olib kelishini ta’kidlaydi. Aksincha, ishratparastlikka berilish, kek, gina, adovat saqlash, nizo, xusumat kabi illatlar qashshoqlikka olib borishini ifodalab, undan qutilishni maslahat beradi.
Yusuf Xos Hojib insoniy munosabatlarda oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham e’tibor qaratadi. Inson turli marosimlar, yig’inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o’zini tuta bilishi kerak deydi.
Umuman, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga etaklovchi bilim») asari uning ma’naviy qiyofasi va tarjimai holidir. U insonni ma’naviy, axloqiy jihatdan kamolot sari etaklovchi, ta’lim-tarbiya sir-asroridan, yo’l-yo’riqlaridan, uslubiyat va usullaridan saboq bera oladigan darslikdir. Olim bu asariga o’zining ijtimoiy-didaktik, falsafiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, axloq-odobga doir fikr va mulohazalarini, nekbin qarashlarini badiiy-pedagogik til vositasida singdirgan. SHuning uchun ham bu asar asrlar davomida juda ko’p islomiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiya sohasi bo’yicha darslik sifatida qo’llanilgan.
7. Ahmad Yugnakiy (XII asr ikkinchi yarmi–XIII asr boshlari): - Taxminan samarqand viloyati tumanlaridan birida tug’ilgan. Dunyoga mashhur dastoni, asari «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni») Qoraxoniylar hukmronligi davrida turkiy tilda yozilgan. Doston 254 bayt va 14 bobdan iborat (1480 yilda ko’chirilgan nusxasida 235 bayt va 11 bobdan iborat deyilgan). Dastlabki 4 bobi muqaddima, 5-bobdan asosiy qism boshlangan. Asar o’sha davr ko’zga ko’ringan ulug’ amir Dod sipohsolarga bag’ishlangan. Doston - asar boblari quydagi mavzularga bag’ishlangan:
1-bobi Xudoga (1-10 baytlar)
2-bobi payg’ambar va 4 xalifaga (11-19 baytlar)
3-bobi Dod sipohlarga (20-30 baytlar) – uni fuqaroparvar, sahovatli va adolatli bir ulug’ kishi hisoblab, uni dengizga o’zini esa bu dengizga tomchilar hadya qiluvchi bulutga o’xshatadi.
4-bobi asarni yozilish sabablariga (34-3 baytlar)
5-bobi (asosiy qism): bilim maqtovi va johillikning zarariga (40-62 baytlar)
6-bobi dunyoning foniyligiga (87-110 baytlar)
7-bobi sahiylik va baxillikka
8-bobi sahiylik va baxillikka
9-10 boblari turli xil masalalarga (176-226 baytlar)6
11-14-boblar kitobning xotimasidir (227-235 baytlari).
«Hibatul haqoyiq» asarida markaziy o’rinda inson, uni har tomonlama etuk qilib tarbiyalash masalasi turadi («Qutadg’u bilig»dagi kabi).
Yetuklikning birinchi belgisi bilim, ilm manfaati, ilmsizlikning, jaholatning zarari haqida fikr yuritadi. Bilim bilan olam ko’tariladi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtiradi.
Demak, Ahmad YUgnakiy avvalo:
1) bilim, ilm manfaatlarini yuksakka ko’tarib ilmsizlikni
2) insonning barkamol etishning ikkinchi belgisi bu uning xushxulqligidir;
3) ahloqlilikning muhim belgisi til odobi deydi.
4) sir saqlash haqida;
5) sahovat va baxillik;
6) kamtarlik, muloyimlik insonning husnidir;
7) yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon ilatlardan saqlanish;
8) sabr-toqat, qanoat, tinch totuvlikka undaydi.
9) kishi gunoh qilsa kechirish, g’azab o’tini iloji boricha o’chirish zarur;
10) amaldorlar martabaga erishgach kamtar, samimiy bo’lishni, mavqeini suiste’mol qilmaslikka chaqiradi. Ulug’likka etishsang, yanglishma, agar atlas kiysang, bo’z kiyganingni unutma...
11) ulug’ligingga yarasha yaxshiroq bo’l;
12) adib do’st-dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do’st tutishni maslahat beradi. Ming do’sting bo’lsa ko’p ko’rma, birgina dushmaning bo’lsa, uni oz dema. do’st tanlashda xato qilmaslikka chaqiradi.
Umuman Ahmad Yugnakiyning axloqiy-falsafiy ta’limotida insonparvarlik, odam-odam bilan do’stona hayot kechirishi, do’stlarga sadoqat, vafodorlik kabi g’oyalar ham katta o’rin tutadi. Do’stlarni ehtiyot qilish, avaylab-asrash, dushman orttirmaslik zarurligi haqida uqtiradi.
Asarda insonning kamoloti uchun muhim bo’lgan aqiliy va ahloqiy qoidalar, talablar bayon etilgan. Insonni kamolga etkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri: insonning bilimga ega bo’lishi, unga aqiliy tarbiya berish deb biladi. So’ng axloqiy-ma’naviy kamolotga etkazuvchi so’z odobi, insondagi halollik, rostgo’ylik, saxiylik, kamtarlik, samimiylik, chinakam do’st bo’lishni eng muhim insoniy xislat deb biladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin