1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja
Tarbiyani tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta mas‘uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan
iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiya ishlari amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma‘naviy, ma‘rifiy, tashkiliy uslubiy,
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiya tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta‘minlaydi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olish muhimdir.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiya ishlarini tashkil etishga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti tomonidan 2008 yilni ―Yoshlar yili‖ va 2010 yilni ―Barkamol avlod yili‖ 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon qilinishi va ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoyishning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma‘nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta‘minlaydi. Tarbiya ishlari sog‘lom hayot, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom e‘tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo‘lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma‘naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiya ishlarida asosiy o‘rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma‘naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g‘urur, milliy tarbiya, milliy g‘oya, Vatan tuyg‘usi, Vatan qayg‘usi, Vatan sog‘inchi va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish
tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiya ishlari jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste‘dordga,
ilmga va mashqqa degan edi, ulug‘ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan
shug‘ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiya ishlari jarayonida va tarbiyada ulg‘ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, o‘smir va yoshlarning o‘ziga xosligini hurmat qilish;
- milliylikning o‘ziga xos an‘ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;
- o‘quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli,
to‘laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarga qatnashishini ta‘minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.
Tarbiya fanining predmeti va uning vazifalarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti va vazifalari
Predmeti
Predmeti- o‘quvchilarni yuksak darajada tarbiyalash san‘atining qirralari, shakllari va yo‘llari hamda
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi;
ta‘lim muassasalarida tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish.
O‘quvchilarni ma‘naviy, axloqiy
jihatdan intellectual salohiyatli etib tarbiyalash o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish;
tarbiya ishlarida zarur bo‘lgan metodlarni qo‘llay bilish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini rivojlantirib borish.