1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə9/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari.
Ta’limda moddiy ba’za, standart, o`quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o`zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarni olib boruvchi o`qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga, pedagogik mahoratiga bog`lanib qolaveradi, o`quv-biluv markazida esa o`quvchi turmog`ini taqozo etadi.
Har qanday ta’lim o`quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog`i kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog`i talab etiladi.
Endi ta’limni individuallashtirish nima? Degan savolga javob beraylik:
- ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o`qitish usuliki, bunda har bir o`quvchi o`quv jarayonida faol ishtirok etib, o`quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo`shishi hisobga olinadi;
- ta’lim jarayonini tashkil eishda o`qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o`quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;
- o`quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o`quvchi shaxsi o`quv-biluv markazida bo`ladi.
• Individual yondashuv nima?
1. Guruhlarda ishlaganda, o`quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etganda har bir o`quvchi bilan yakkama-yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo o`qituvchi diqqat markazida turmog`i, hisobga olinmog`i kerak.
2. O`quvchi bilan muloqot olib borganda ham, uning o`ziga xosliklari diqqat e’tiborda tutilishi kerak.
3. Ta’lim jarayonida ham, uning qobiliyati, imkoniyatlari nazarda tutilishi kerak.
4. Pedagogik psixologik jarayonlarni olib borishda o`quvchining shaxsiy rivojlanish darajasini ko`zda tutish zarur.
Individuallashgan ta’lim prinsiplari:
- Individuallashtirish - O`quv jarayonining bosh strategiyasidir.
- O`quv jarayonini individuallashtirish orqali shaxsni rivojlantirish ta’minlanadi.
- Har bir o`quv predmetini o`qitshni individuallashtirish orqali amalga oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi.
O`qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi.
- Individuallashgan ta’lim o`quv jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlaydi.
- Individuallashgan ta’limda ko`nikma, malaka, bilim olish o`quvchining qiziqishi asosida kechadi.
- Mustaqil ishlay olish o`quvchining umumo`quv ko`nikmasini rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o`quvchining o`quv mazmunini o`zlashtirishga yo`naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`lik.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o`quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin.
• O`quvchi o`qitilmaydi, uni mustaqil o`qish, o`rganish ishlashga o`rgatiladi.
• Bunda o`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o`zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o`rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o`z pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi.
• O`quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. O`quvchini darsliklar bilan ishlash, o`qish, o`rganish, konspekt yozish, qo`shimcha adabiyot, spravochniklardan foydalanib mustaqil o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashga o`rgatiladi.
• Sinfdagi barcha o`quvchilarning o`z qobiliyatlari darajasida albatta o`zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o`quvchining o`zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko`nikma va malaka
lari bilan belgilanadi.
• Barcha o`qituvchi-o`quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o`rganib, uni o`z o`quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o`quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar.
• Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda:
1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari shakllanadi.
2. O`quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo`llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.
3. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o`zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
4. O`quvchi erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.
5. Eng muhimi o`quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o`quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O`quv-biluv jarayonida o`quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o`quvchini o`quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko`taradi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin