- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
TOPSHIRIQ № 1
- Tarbiya haqida ma’lumot bering.
- Tarbiya jarayoniga berilgan ta’rifni tahlil qiling.
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada.
-Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin.
- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti qonunlarini o’zlashtirgan psixologiya fanlari bn uzviy bog’liq hisoblanadi. Bundan tashqari anatomiya, fiziologiyadan ham foydalaniladi chunki o’quvchilarning organizmi haqidagi bilimlarni tarbiya jarayonida qo’llash tarbiya sifatini oshirishga hizmat qiladi.