O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va ruxiy rivojlanishida nuxsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy ximoyasi Reja



Yüklə 55,5 Kb.
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü55,5 Kb.
#149673
  1   2
O‘zbekiston Respublikasida


O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va ruxiy rivojlanishida nuxsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy ximoyasi
Reja:

  1. Jismoniy va ruxiy rivojlanishda nuxsonlar

  2. Bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy ximoyasi

Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni bor bolaning tug’ilishi oilaning istiqbolini tubdan o’zgartiradi. Farzand tarbiyasida ota-ona oldida ko’plab mas’uliyatli vazifalar ko’ndalang turadi, nuqsoni bor bolani tarbiyalashda esa ular bir necha muammolarga duch keladilar. Bunday oilalarni aniqlash, alohida yordamga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish va maktabga tayyorlashda ularning ota-onalariga bu borada korreksion-pedagogik yordamni berish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Davlatimizning ustivor siyosati yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog’lom va aqlan barkamol qilib voyaga etkazishdir. Bu o’rinda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar tarbiyasi alohida e’tiborda bo’lib kelgan. Bola tarbiyasi dastlab oilada o’z ota-onasining bag’rida jismonan, aqlan va ma’nan shakllanib boradi. Farzandlar tarbiyasi ko’p jihatdan oiladagi muhitga, atrofdagi kattalarning bolani tarbiyalashga bo’lgan munosabatiga bog’liqligi, ota-onaning jamiyat oldida mas’ul ekanligi, davlatimizning qator qonun va qarorlarida qayd etilgan. Nogiron bolalarni ma’naviy va jismonan barkamol inson bo’lib etishishi uchun pedagogik omilni, ya’ni tarbiyaning maktabgacha ta’lim jarayoniga alohida e’tibor berishini talab qiladi.
Ota-ona bolani maktabga tayyorlashda undagi mavjud bo’lgan nuqsonlarni bartaraf etishga oid korreksion-pedagogik usullarni to’g’ri qo’llay bilish va bunda maktabgacha ta’lim muassasa murabbiylari maxsus mutaxassis pedagoglar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi adabiyotlarda ta’kidlangan. O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan har bir maxsus o’quv muassasasi borki, undagi bolalar masalalariga oid ishlarning barchasi ota-onalar roziligi asosida amalga oshadi. Inklyuziv ta’lim deb nom olgan tizim esa bolalarning ta’lim olishida o’ziga xos huquqiy asosni yaratadi.
Bunday ta’lim tizimi shunday falsafaga asoslanganki, hamma bolalar nogironligining og’irligiga qaramasdan, ular ta’lim tizimining jonli hamda ajralmas vakillari sanaladi. Ammo, alohida yordamga muhtoj bolalarning maxsus ta’lim dasturi talablariga qanchalik layoqatli ekanini aniqlash ham muhim vazifalardan biri ekanligini unutmaslik kerak. Ayni kunda ta’lim tizimi muammolari sirasiga oila muammolaridan sanalgan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar bilan bog’liq masalalar o’zining dolzarblik xususiyatini yo’qotmagan. Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va ota-onalar klubiga tegishli ma’lumotlarga qaraganda, poytaxtda bunday oilalar soni 2000 dan ortiq ekanligi ma’lum bo’ldi. Bolalarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish haqida gap ketganda, albatta to’g’ridan-to’g’ri oilasidan oladigan yordam tasavvur etiladi.
Agarda bunday oila iqtisodiy tanglik holatida bo’lsa, ijtimoiy mehnat va ta’lim olishda to’sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o’zini ruhan ojiz sezadi. Natijada, ota-ona farzandlarining har tomonlama o’sishi hamda rivojlanishi yo’lida unga madad bo’lish o’rniga, undan samara kutishdan ancha yiroqda bo’ladi. Faqatgina nogiron farzandi bor bo’lgan oilalarning muammolari o’z yechimini topgan taqdirdagina, ularni to’liq reabilitatsiya va integratsiya bilan ta’minlashi mumkin. Ma’lumki, rivojlanishida nuqson va buzulishlarning barchasi ham chaqaloqlik davrida yuzaga kelavermaydi. Bunday o’zgarishlarning aksariyati kattaroq yoshda aniqlanishi mumkin. Ular ko’pincha asab sistemasining, eshitish va ko’rish a’zolari hamda nutqdagi nuqsonliklar misolida namoyon bo’ladi. Chet el adabiyotlarida rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga go’daklik davridanoq erta yordam ko’rsatishning turli modellari yozilgan bo’lib, bunda Shvetsiyadagi markazlar, AQSHdagi erta dahl qilish dasturi kiradi.
Sankt-Peterburg shaxridagi “Integratsiya tarbiya markazi” yuqoridagi markazlarning modeli asosini hisobga olgan holda Erta yordam ko’rsatish xizmatini (Slujba ranney pomoshi - SPR) tashkil etgan bo’lib va hozirgi davrgacha ish olib bormoqda. Erta yordam ko’rsatish xizmatining faoliyati rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning go’daklik davridanoq ( 0 dan 3 yoshgacha) va ular oilalariga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan. Tajribalar shuni ko’rsatganki, bola hayotining birinchi yilida rivojlanishida uncha ko’zga tashlanmaydigan o’zgarishlarni payqamay, kerakli davolash va o’qitish chora-tadbirlari olib borilmasa, kelajakda ta’lim olishda qiyinchilik va muammolarga duch kelish muqarrar. Boshqa tomondan rivojlanishida og’ir o’zgarishlar bo’lgan bola bilan har tomonlama tegishli mashg’ulotlar olib borilsa, yuqori natijalarni qo’lga kiritishga imkon beradi.
Shuning uchun ham, mashg’ulotlar qanchalik erta boshlansa, ko’tilgan samaraga erishish shunchalik oson kechadi. Bolaga ta’lim-tarbiya berishni uy sharoitida olib borish – bu juda mashaqqatli va sinchiklab ishlashni talab qiladigan mehnatdir. Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, endigina ish boshlagan pedagoglar uzoq muddat olib borilgan mashg’ulotlaridan ko’rinarli natija bo’lmaganidan umidsizlikka tushib qolishadi. Lekin bunday bolalar ustida ishlash kisidan ayniqsa katta diqqat va sabr-matonatni talab etadi. Bolada harakatga, mehnatga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, hattoki, ta’kidlash unchalik lozim bo’lmagan narsalarga to’xtalish, uni qayta-qayta rag’batlabtirish va uni maqtab turish, uning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish, shuningdek bolada hamma isni risoladagidek bajaraman degan ishonchni rivojlantirhs eng muhim jihatlar sanaladi. Bolaning topshiriqqa bo’lgan ijobiy qarashini nazardan chetda qoldirish yaramaydi, uning erishayotgan oddiygina, sezilar-sezilmas muvaffaqiyatlarini ajratib ko’rsatish hamda baholab borish kerak.
Pedagog faoliyatining bosh g’oyasi asosida tarbiyalanuvci qalbida hayotga nisbatan ishonch hamda umid hislarini uyg’otgan holda quvonch, shodlik, muvaffaqiyatga erishish, omad tuyg’ularini mazasini totib ko’rishga undash yotadi. Hattoki, bir martalik yutuqni qo’lga kiritishning o’zi bola hayoti va turmush tarzini o’zgartirib yuborishi mumkin. Bolaga ta’lim berishni uy sharoitida yo’lga qo’yish – bu bir necha jihatga daxldor bo’lgan jarayon bo’lib, pedagog bilan hamkorlikda ishlash istagida bo’lgan, qolaversa psixologik muhitni tashkil eta bilgan oila uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Bir necha yillar davomida tadqiqotchilar tomonidan uyda ta’lim olinayotgan bolaning oilasidagi ma’naviy-ruhiy muhiti bilan birga, onaning bolasidagi xatti-harakatlarga nisbatan munosabati, farzandining ta’lim-tarbiya olish jarayonidagi ishtiroki, o’quvchi hamda ota-onalarning pedagog bilan qanchalik darajada aloqa o’rnatganligi o’rganilgan.
Uyda ta’lim oluvchi bolalarning aksariyatida (75%) o’qituvchi bilan muloqot natijasida hissiy munosabatlar shakllana borar ekan. Bolalarning 25% qismida esa bunday aloqalar mehnat orqali vujudga kelar ekan. O‘qituvchi va ota-onalardagi mo’tadil aloqalar ko‘p (77%) oilalarda vujudga keladi. 11% hollarda mehnat orqali paydo bo’ladi, 11% hollarda umuman shakllanmaydi. Tadqiqotchilarning kuzatuviga ko’ra, “o’quvchi – ota-ona – o’qituvchi” tizimida hissiy bog’lanib, o’zaro bir-birini tushunish – ruiy-korreksion faoliyatda muvaffaqiyat garovidir. Ota-ona va oila a’zolari bilan aloqa o’rnatib olish birinchi vazifa bo’lib, u muhim rol o’ynaydi. Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash oson emas. Bunday hollarda M.Eggning maslahatlariga quloq tutishni tavsiya etgan bo’lardik. U o’zining “Mening farzandim boshqalardek emas” Deb nomlangan kitobida shunday deydi: “Bolangizni tarbiyalashdek olijanob vazifa zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka yetaklay olasiz, uning kelajagi faqatgina sizga bog’liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam berishingiz uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo’lda sizdagi sabr hamda mehr-muhabbat va maqsad sari intilishingizning o’zi kifoya.”. Shunday bo’lsa-da, alohida yordamga muhtoj ta’limga layoqatli bolalarni ta’lim olishlari uchun pedagoglarning sa’yi-harakatlari ota-ona tomonidan qo’llab-quvvatlanmayotganligi tufayli ozmuncha qiyinchilikka uchraydilar. Buning eng asosiy sabablaridan biri ota-onaning bola tarbiyalashga kerakli ravishda tayyor emasliklaridir.
Shuning uchun ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lgan ota-onalarda korreksion-pedagogik savodxonlikni oshirish har jihatdan zimmamizdagi ulkan vazifa hisoblanadi. Yuqoridagi talablar asosida olib borilgan karreksion ishlar o’qituvchi ishining samaradorligi, uning ijobiy natijasini ta’minlaydi. Bunday darslarda ishtirok etib, bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollangan o’quvchilarning shaxsii barkamollikka erishishlari, ijtimoiy hayotda munosib tarzda o’z o’rinlarini topishlari, kelajagi buyuk mamlakatimizning mohir bunyodkorlari bo’lib etishishlari shubhasizdir
Bolalaming rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik-pedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologopedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalaming kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta’minlaydi.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu bolalami psixik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoitlardan aw alo har bir bolaning xususiyatlari e’tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi.
Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, keraqli maxsus texnik vositalami, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda keraqli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta’lim muassasalarini texnik va ilmiy- metodik jihatdan ta’minlashni o'z ichiga oladi.
Hozirgi kunda turli hil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo'ljalangan va O'zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturiarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivoj lantirish markazlari, aralash guruhlar vah.q.lar ochilgan.
Shuningdek, umuta’lim maktabgacha ta’lim muassasalari da, umumta’lim
maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin. Ushbu nuqsonlaming ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idroq tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniyrivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e ’tiborsiz qoladi. Rivoj lanishdagi nuqsonlami tashxis qilish uch bosqichni o 'z ichiga oladi.
Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik -jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin ulaming xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.
Ikkinchi bosqich - rivoj lanishdagi nuqsonlami differensial tashxis qilish.
Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ulaming ta’lim olishlari uchun ta’lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogic yo'llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi. Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual xususiyatlari, ya’ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib u bilan ishlash bo'yicha korreksionrivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir. Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan psixologo-pedagogik diagnostikani samarali amalga oshirish uchun “Rivojlanishdagi nuqson” tushunchasiga alohida e’tibor qaratish zarur.



Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin