1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə15/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Xronologiya arxeologiyaning asosiy qismi bo’lib, qadimdan boshlab, Tarixiy jarayon, eng asosiysi insoniyat Tarixini ilmiy asoslashda muhim ahamiyatga egadir. Arxeologlar xronologiyadan mutlaq to’g’ri va taxminlarga suyanib foydalanadilar. Nisbiy xronologiyada mazkur madaniyat qaysi qadimiy hududga xosligi, yodgorlikni o’rganish jarayonida qaysi biri qadimiyroq ekanligiga ahamiyat beradi. Mutlaq xronologiyada esa arxeologlar biror yilni aniqlash uchun albatta konkret manbalarga tayanadilar. Tosh davri yodgorliklarini davrlashtirishda geologik qatlam, paleontologiya va paleobotanika usullaridan keng foydalanadi. TabIIy fanlarda ishlab chiqilgan radiokarbon davrlashtirish usuli ham keng tarqalgan. O’simlik qoldiqlari yoki hayvon suyaklarini aniqlash uchun ularga 14 ta atom og’irligidagi uglerod (C 14) tomiziladi. Buhday usulda davrlashtirishda kamdan-kam hollarda xatolik bo’ladi.
Sopol, qadimiy metall eritish va paxsa pechlarini davrlashtirishda paleomagnit usulidan keng foydalaniladi. Shuningdek, ximiyaviy va ultratovush usulidan ham keng foydalaniladi.
Shunday qilib, arxeologiya fan sifatida yosh bo’lsada, atama ancha qadimiydir. Turli davrlarda uni turlicha ishlatilgan. Arxeologik qazishmalar ham juda qadim zamonlardan buyon o’tkazilib kelinmoqda va ko’plab yutuqlarga erishilmoqda.

Eng qadimgi odamlarning vujudga kelishi

Reja:


  1. Eng qadimgi odamlarning vujudga kelishi.

  2. Sharqiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi

  3. Homo Habilisning turmush tarzi va mehnat faoliyati

  4. Olduvay madaniyati

  5. Yevropa hududiga eng qadimgi odamlarning tarqalishi.

  6. Yevropadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi

  7. Homo Ergaster va Homo Erektuslarning turmush tarzi va mehnat faoliyati

  8. Geydelberg odami va Homo antecessor

  9. Osiyo hududiga eng qadimgi va qadimgi odamlarning tarqalishi.

1890-91 yillarda Yava orolidan topilgan topilmalarni (ya’ni pitekantroplarni koldiklarini) analizi shuni kursatdiki, bu suyaklar boshni tepa kismi bulib, ular shu jonzotni ikki oyoklab yuriganidan dalolat beradi.
Shuning uchun bu topilmani xam Pitecanthropus deb ataydilar. Bu pitekantroplarni suyak koldiklari juda katta munozaralarga sabab buldi. Chunki bu gurux olimlar bu suyaklar “Mikrosefalga” ya’ni xozirgi amon kichik odamning uzgargan shakli. (kasallik natijasida) degan fikrga xam keldi. Lekin keyingi yillada pitekantroplarga tegishli yigirmadan ortik suyak koldiklarini topilishi va ularni obdon urganilishi yukoridagi fikrni notugri ekanligini isbotlabgina kolmay, balki bu pitekantroplar inson evolyusiyasini kursatuvchi va xozirgi zamon odamlarini shakllanish jarayonini ma’lum bir boskichini kursatuvchi daliliy ashyo ekanligini namoyon kldi.
Lekin shuni aytish kerakki bu pitekantroplar xozirgi zamon odamlaridan uz miya xajmlari bilan kuprok ajralib tursalar xam tugri yurishlari, kul xarakatlari bilan xam fark kilar edilar. Demak, tugri yurish va kul xarakatlari pitekantroplar davrida kamolotga yetgan bulsada, miyaning usishi orkada kolgan. Ba’zi olimlar bunga sabab qilib mexnat kurollarini juda oddiy bulganligini ta’kidlashadi.
Pitekantroplarni miya xajmi 900 sm 3 bulib, cherepi (bosh kismi) kup xollarda maymunlarnikiga uxshashdir. Koshi burtib chikkan.
Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha tarakkiy etganini kuramiz. Anikrogi, pitekantroplarning boshini xajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5 barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. 3 ) shuni aloxida ta’kidlash keraki, pitekantroplarning suyak koldiklarini xammasi pereanlotennыye xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh kurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy katlam joyidan tabiat kuchlari ta’sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar kurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bulgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak koldiklari topilgan joylardan uzok bulmagan joylarda tosh kurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta’sirida xar xil joylarga joylashgan deb fikr yurituvchilar xam bor.
1954 yillarda yana bir ilk pleystosen davriga oid suyak topilma topilgan. Ammo juda oz mikdorda. Lekin buni kimmati shundaki, madaniy katlam Yava orolidan fark kilib shikastlanmagan (nepotrevotennыm). Yana muxim tosh kurollar bilan birga topilgan bu odam koldiklari pitekantroplarni tosh kurollari deb topilgan taxminlarni tugri deb topilganligiga guvox bula oladi. Chunki ular bir birlariga uxshash bulib, davrlari xam deyarli bir xil. Demak, morfologik atlantroplar pitekantroplar bilan tarakkiy etish jixatidan bir tekislik (uroven) dabulganlar. Kadimgi odamlarning morfologik turlarini evolyusiyasini tushunishda muxim axamiyatga ega bulgan topilma 1927 yilda Xitoyning shimolida Pekindan uncha uzok bulmagan Chjou- Kou goridan topilgan. Bu gor eng kadimgi ov gorlaridan bulib, bu yerlardan arxeologik materiallardan tashkari 40 ta erkagu ayol va bolalar suyak koldiklari topilgan. Bu suyak koldiklarining ilmiy analizi shuni kursatadiki, ularning tashki morfologik kurinishlari pitekantropga nisbatan ancha tarakkiy etgan bulib, xozirgi odamlar kiyofasiga ancha yakinlashgan. Demak, bular pitekantroplarga nisbatan ancha keyingi davrga oid bulib, ularni Sinentropus Pekinenis deb ataganlar. Bu turdagi odam suyaklarining topilishi, ya’ni tula tukis topilishi sinantroplarni skeletlarini tula tiklashga imkon berib, pitekantroplarni chala skeletlarini tiklashga va ular xakida tula tasavvur xosil kilishimizga yordam berdi. Sinantroplar xam pitekantroplar kabi urta buyli bulib, mukammal tana tuzilishiga ega bulganlar. Ularning miya xajmlari 900 sm 3 ga tugri kelgan.
Lekin shunga karamay, chereplarida xali primitiv belgilar mavjud edi. Mexnat kurollarini takomillashganligi, ya’ni ikki tomonlama ishlov (dvuxstoronnaya obrabotka) berishni vujudga kelishi ularni nutklari xam vujudga kelishidan dalolat beradi. Chunki mexnat kurollarini takomillashuvi shu kurollarni kupchilik tomonidan, ya’ni bir biridan urganib, kilishligidan kelib chikadi. Demak, uzaro munosabatlar vujudga kelgan. bu munosabatlar esa uz navbatida tubiiy ravishda nutkni keltirib chikargan.
Sinantroplar yirik xayvonlarga- bugu, oxu, yovvoyi otlar xatto nasoroglarni xam ov kilgan. Ularning joylari doimiy tarzda gorlarda bulgan. Olovdan foydalanishni bilganlar. Chjou-Koudagi kulning kalinligi bir necha metr bulgan. Olovdan foydalanishni axamiyati shundaki odamlarni imkoniyatlari kengaydi. Olov odamlarga issiklik berdi. Gushtni pishirib yeyishlari natijasda ovkat yaxshi xazm bula boshladi. Xayvonlarni kurkitib uzlari xoxlagan joylarga kuvlab olib borishlari mumkin buldi. Eng muximi yogoch kurollarni uchlarini kuydirib, utkirladilar.
Sun’iy olov paydo kilish garchi sinantroplarga ayon bulmagan bulsa xam uni paydo bulishida ikkita narsa muxim rolg’ uynagan. Birinchisi, toshni toshga urishda paydo bulgan bulsa, ikkinchisi yogochni yogochga ishkashga vujudga kelgan kuyish jarayoni bulgan.
1965 yilda Yevropaning Vengriya xududida Verteshselleshida kadimgi gominidlar suyagi topilib, ularning bosh xajmi 1400 sm. 3 edi. Bu topilmani olimlar eng kadimgi neandertales ki pitekantrop va sinantroplarni utish davridagi odamni suyagi degan fikrga keldilar. Nixoyat odam ajdodlarining koldiklari tashki kurinishlari jixatidan pitekantroplar va sinantroplarga uxshagan ilk plestosen va urta plestosen katlamlaidan Afrikada juda kuplab topildi. Bularning (bosh miya xajmi jixatidan) xammasi Yava maymun odamidan fark kiladi. Maymunlarga uxshagan , ya’ni miya xajmi xam uncha tarakkiy etmagan pitekantrop, sinantrop, atlantrp, geydelberg ordami va boshkalar nisbatan ilik joyda Afrikada, Yevropada va Osiyoning janubiy xududlarida yashagan.
Pitekantroplar geografik jixatdan juda katta to t Katta Zond arxipelagigacha bulgan xududlarda joylshib usha ibtidoiy sharoitda bir birlari bilan alokada bulmaganlar. Bundan xulos shuki, ayrim olimlarnin fikricha ular uzaro munosabatda bulmaganlar.
Pitekantrop uruglari bir necha turlardan iborat bulib, ular bir birlaridan xulki, tashki kurinishi, madaniyati jbilan fark kilgan. Bu fikrni pitekantroplar davriga mansub yodgorliklardan topilgan arxeologik materiallarni xar xilligi, xatto bitta materikdagi yodgorliklarning topilmalarini xar xilligi tasdiklaydi. Pitekantroplar uchun kuyi va urta plitosen tugri keladi.
Yer yuzidagi eng qadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharqiy Afrikada 3-2,5 mln yil ilgari yashagan «Gomo xabilis»-«ishbilarmon odam» ekan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidantopilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan qazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muhim aniqlik kiritdi.
Olduvay darasi tanzaniyaning shimolida bo’lib, Eyasi ko’lidan 36 km. shimoliy-sharqdadir. Daraning uzunligi 40 km, chuqurligi esa 100-130 mertdan iborat. Olduvay darasidan qazilma hayvonlarning qoldiqlari 1911 yildan boshlab topila boshlagan.
1931 yili keniyalik ingliz olimi Luis Liki darada qizg’in arxeologik va poleontologik qazish ishlari olib borar ekan, har xil davrga mansub tosh asri madaniy qatlamlarini topishga muyassar bo’ladi. Bu borada Luis Lekining xizmatlari juda kattadir. L. Liki vafot etgach (1972) uning ishlarini rafiqasi Meri Liki va o’g’li Richard Liki davom ettiradilar.
Keyingi 15-20 yil ichida Olduvay darasidan olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida odamsimon maymunlar, eng qadimgi maymunsimon odamlarning kalla va boshqa suyaklari, shuningdek eng qadimgi odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan buyumlar topilgan.
1959 yili Luis va Meri Likilar Olduvay darasidan avstralopiteklardan farq qilmaydigan maymunsimon mavjudodning kalla suyagini topishga muvaffaq bo’ldilar. Mazkur mavjudod miya qutisining hajmi 530 sm3 bo’lib, avstrolopiteklarnikidan katta bo’lmagan. Ammo kalla suyak yotgan qatlamda oddiy tosh qurollarning mavjudligi uni avstorlopitek maymuni emas, balki Yava pitekantropiga nisbatan ilgariroq yashagan maymunsimon odam deb aytishga imkon berdi. Tadqiqotchilar bu odamga «zinjantrop»,- deb nom ham berishdi. Ba’zi olimlar uni odam jesa, ayrimlari avstrolopitek maymuni deb xisoblaydilar. Lekin bir yil o’tgach ya’ni 1960 yil «zinjantantrop» topilgan joydan, faqatgina biroz chuqurroqda «zintrantrop»ga nisbatan ham tarqqiy etgan mavjudodning suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar unga «prezinjantrop» deb nom berishdi Xozirgacha mazkur joy va qatlamdan prezinjantropning 5 dan ortiq suyak qoldig’i va tosh qurollari va bir qator hayvonlarning maydalangan suyaklari topilgan. Bu mavjudod qurol yasay olgan ekan, unga «Gomo xabilis»-«ish bilarmon odam» degan nom berildi. U Yava pitekantropigacha yashagan eng qadimgi maymunsimon odam, deb xisoblanadi. Zinjantrop esa avstrolopitek maymuni bo’lib, boshqa havonlar qatori u «Gomo xabilis»ning ov o’ljasi bo’lgan.
Kaliy-orgon usuli bo’yicha va boshqa dalillarga asoslanib ishbilarmon kishi, 1,75-185 mln yil ilgari yashagan.
Gomo xabillis topilgan joyning yuqoriroq qatlamidan olduvay pitekantropining qodig’i va tosh qurollari hali topilgan. Prezinjantrop topilgan joyning o’zidan avstrolopiteklarning suyaklari ko’plab chiqdiki,. Bu xol mazkur mavjudodlar ish bilarmon kishilarning asosiy ov manbalaridan biri ekanligini bildiradi.
Gomo xabillisning bo’yi 122-140 sm bo’lib, ikki oyoqda yurgan, Tobayesning fikricha miya qutisining hajmi 675-680 sm3 ni tashkil etib, avstrolopiteknikidan kattaroq, pitekantroplarnikiga nisbatan kichkroq bo’lgan.
Yuqori va quyi jag’lari avstrolopitekoarnikidan kichikroq, pitekantrop va hozirgi zamon odamnikiga, ancha yaqin bo’lgan. Uning barmoq va bo’g’inlari odamnikiga juda o’xshab ketgan va tosh qurollar yasash qobiliyatiga ega bo’lganki, buni Olduvayning qatlamlaridan topilgan tosh qurollar tasdiqlaydi.
Shunday qilib, gomo xabillis avtsrolopitek maymunlari bilan pitekantrop oralig’idagi mavjudod bo’lib, eng qadimgi odam edi.
Gomo xabillis faqatgina Olduvay darajsidagina bo’lib qolmay, ancha keng tarqalgan edi.
1961 yili Chad Respublikasining Ndjamen degan joyidan 600 km shimoliy-sharqiy yerdan chadantrop kalla suyagining parchasi topilgan bo’lib 1 million yil qadimiylikka ega. Chadantropning jismoniy tuzilishida avstrolopitekning ham olduvay pitekantropining hali belgilari mavjud. Bu xol uni Gomo xabillisga qo’shish imkoniyatini beradi. Chadantrop suyagi bilan birga hyech qanday tosh qurol topilgan bo’lmasa ham, mazkur joydan qadimgi olduvay davriga oid tosh qurollar uchraydi. Olduvay darajasida ajoyib kashfiyotlar 60 yillarining oxiri va 70 yillarda Keniyada va Efiopiyada Turkona ko’li qirg’oqlarida ham arxeologik qidiruv va qazish ishlarini keng ko’lamda olib borish uchun turtki bo’ldi.
U yerga xalqaro ekspozisiya tashkil etilib, qazish ishlariga fransuz, amerika va keniya arxeologlari, antropologlari va poleantropologlari rahbarlik qilishdi.
Xalg’aro ekspedisiya tomonidanto’plangan boy materiallar odamning tarqalishi, ularning sanasi va madaniyati masalalarini xal etishda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1970 yili Keniyadagi Koobi-For degan joydan shunday madaniy qatlam topildaiki, undagi olduvay davriga mansub tosh qurollar kaliy-orgon usuli bilan hisoblangan. 3-3,5 million yil ilgari yasalganligi ma’lum bo’ldi. Bu inson yaratgan eng qadimgi va dastlabki tosh quroli edi.
Koobi-Fordaga mazkur topilmalar insoniyatning bundan 2,6 million yillar ilgari hayvonot olamidan ajralib chiqqanligi ko’rsatadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Koobi-Forda avstrolopitek maymunlarining qoldiqlari va boshqa ko’p suyaklar topilgankim, ehtimol ularni bir qismi Gomo xabillisga mansub bo’lishi ham mumkin.
Efiopiyaning Omo daryosi darasidan qadimgi olduvay davriga mansub qurollar topilib, sanasi 1,9-2,2 million yilga borib taqaladi.
Mazkur joydan har xil avstrolopitek maymunlarning suyaklari topilib, ularning sanasi 2-4 million yilni o’z ichiga oladi. Ularning ba’zilari «ishilarmon odam»ga mansub bo’lishi ham mumkin degan fikr olimlar orasida keng yoyilgan.
Demak sharqiy va markaziy Afrikadantopilgan odam suyaklari, mehnat qurollari insoniyat tarixining ilk bosqichini o’rganish uchun juda katta imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib Sharqiy Afrikadagi so’ngi kashfiyotlar yerda odamning paydo bo’lish davrini qarib 3-3,5 million yilga cho’zib yubordi.
Afrikadan topilgan eng dastlabki ilk qazilma odamlar odam evolyusiyasining birinchi bosqichini tashkil etadi.
Inson evolyusiyasining ikkinchi bosqichi arxantroplar bilan bog’liq bo’lib, ular eng dastlabki ilk odamlarga nisbatan yer yuzida ancha keng tarqalgan.
Pitekantrop (grekcha pithecos-«maymun» «odam» ya’ni maymun odam), sinatrop (lotincha sina-«Xitoy», ya’ni xitoy odam), atlantrop rabot odami, geydel berg,. Odamlarini arxantroplarga kiritish mumkin.
1937 yilda nemis poleontologi Ralffon Kyonigsvald Yavadan pitekantropning bosh miya qopqog’i suyagini topgan. Keyingi vaqtlargacha Yavadagi Mojokertidan to’rta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitekantropning bosh miya qopqog’i, oltita son suyagi, uchta jag’ suyagi topildai.
1961-1972 yillarda esa Indoneziya mutahassislari Yavadan yana pitekantropning to’rta bosh suyagi va ikkita pastki jag’ suyagini topiganlar. Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng qadimiy bo’lib, uni kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 1 million 500 ming-1 million 900 ming yil deb hisoblanadi. Qolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib taqaladi. Har holda ular Olduvay darasidagi homo habilis-«ishbilarmon odam»dan ancha keyin yashagan. Lekmn olduvay pitekantroplari bilan zamondosh bo’lishlari ham mumkin. Buni ularning jismoniy tuzilishi, «homo habilis» ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, pitekantroplar topilgan joylarning birontasidan tosh qurollar, ko’mir, gulxan o’rni, hayvonlarning sindirilgan suyaklari topilgan emas.
Pitekantroplarning jismoniy tuzilishiga qarab ular muntazam ravishda qurollar yasay olganlar, deb faraz qilish mumkin. Shuni aytish kerakki, Kenigsvald Janubiy Yavaning Patjitan qishlog’i atrofida qazish ishlari olib borib, to’rtlamchi geologik qatlamdan juda qo’pol ishlangan oddiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollarni pitekantroplar yoki ularning uncha uzoq bo’lmagan avlodlari tayyorlagan bo’lishi mumkin.
Pitekantroplar va ularning uncha uzoq bo’lmagan ajdod va avlodlari faqatgina Yava orolida yashabgina qolmay Janubiy, Sharqiy Osiyo, Yevropaning janubiy va Afrika qit’asida keng tarqalganlar.
Shunday qilib, mitekantrop qazilma odamning eng qadimgi vakillaridan biri hisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz keyinroq yashagan.
Sinantrop-Xitoy odami ham eng qadimgi qazilma odamlar vakili hisoblanadi.
1918-1923 yillarda Shved geologi G. Anderson Pekindan 45-50 km janubiy-g’arbdagi Chmoukautyan degan joyida kuzatish ishlari olib borayotib, avval tosh qurol, so’ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. Qazilma ishlariga kanada olimi D. Blek ham jalb qilinadi. 1927 yili Blekning assistenti Pen Ven-chjun mazkur joydagi Kosetong g’oridan eng qadimgi xitoy odamining kalla suyagini topishga muyassar bo’lidi. Qazish ishlari xitoy olimlari tomonidan davom ettirilib, natijada mazkur joydan yana 60 yaqin odam suyagi topilib, shundan 15 tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi.
Shu narsa muhimki g’ordan sinantrop qoldiqlari bilan bir qatlamda tosh qurollar, gulxan qolddiqlari yirik va mayda hayvonlarning sindirilgan hamda kuygan suyaklari topilgan. Bu hol sinatroplarning pitekantrop va olduvaydagi «ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko’rsaiadi.
Sinatroplarning bo’yi 144-156 sm bo’lib, peshonasi past qiya bo’lgan. Pitekantrop miya qutisining hajmi 850-950 sm3 bo’lsa, sinatropning esa 1050-1200sm3 ga teng. Demak sinantrop miyasining hajmi pitekantrop miyasining hajmidan katta, lekin hozirga zamon odami miya qutisini hajmidan esa kichikroqdir.
Shunday qilib sipontronlar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o’tgan bo’lib, mindel muzligi davrining ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi va u eng qadimgi qazilma odam vakili hisoblanadi. 1963-1964 yillarda xitoy arxeologlari Pekindan 900 km janubi-g’arbiydagi Lantyan degan joydan lantyan sinantropi, deb atalgan qazilma odam qoldig’ini topganlar.
Lantyan sinantropi ko’p jihatdan chjoukautyandan topilgan sinantroplarga yaqin bo’lib, xitoy odamlarining faraziga ko’ra ular bundan 500-600 ming yil ilgari yashagan ekanlar. Xitoyning janubiy va Markaziy Vyetnamning shimoliy qismida sinantrop singari ibtidoiy odamning suyaklari topilgan. Shunday qilib Xitoy Osiyodagi eng qadimgi odamlar paydo bo’lgan mamlakatlardan biri ekan.
Yevropa arxantroplari. Qazilma odamlar va ularning ajdodlarining faqatgina Osiyo va Afrikada yashabgina qolmay Yevrorpaning ba’zi joylarida ham tarqalganligi aniqlangan.
Yevropa turli tabiiy sharoitga ega bo’lgan Yevrosiyo quruqligining g’arbiy qismini tashkil etadi.
Janubiy va Markaziy Yevropa har turli hayvonat olami va odamzodning yashashi uchun ancha qulayliklarga egadir. Lekin shunga qaramay Yevropa ilk odamlar paydo joy emas ekan. Ko’pchilik olimlarning fikrlariga ko’ra qit’aga eng qadimgi odamlar ilk tosh asrida - bundan 1800 ming yillar ilgari Afrikadan kirib kelgan ekan.
Yevropada qadimgi odamlar yashayboshlaganiga 2 million yil bo’lgan bo’lsa, shuning 3 ming yili yozma manbalar asosida yoritilgan xolos Yozma tarixgacha bo’lgan uzoq va murakkab tarixiy davrni g’arb olimlari tarixgacha bo’lgan deb ataydilar. Bu davr yozma manbalr tarixigacha nisbatan 600 marta uzoqlikka qadimiylikka ega ekan. Yevropa insoniyat paydo bo’lgan beshlikka kirmas ekan. Olimlardan ba’zilarining fikricha ilk odamlar paydo bo’lgan markazlardan biri Hindiston bo’lib, ilk odamzod Yevropagacha Hindiston tomondan kirib kelgan ekan. Ammo olimlarning katta bir guruhi insoniyatning ilk vatani Afrika deb hisoblaydilar. Ularning ta’kidlashicha ilk odamlar-arxantroplar Yevropaga Hindistondan emas Afrikadan kirib kelganlar,- degan fikrni ilgari suradilar.
Keyingi vaqtda Fransiyadagi San Vals degan joydan qadimiyligi 2,3-2,5 million yilliklarga mansub makon va tosh qurollari topilgan.
Fransiyaning Li Rosh Lamber degan joyidan esa 1,5 million yil qadimilik maydalangan hayvon suyaklari, kvars va chaqmoq tosh parchalari topilgan. Yana Fransiyaning Shiyyak1 degan joyidan daryoning qarog’ toshlaridan yasalgan g’urol va hayvon suyaklari topilgan. Shiyyak 1 ning sanasi bundan 1 million 800 ming yil qadimiylikka ega ekan.
Yugoslaviyaning Shandalya 1degan g’or makonidan 1 million 600 ming yil qadimiylikka mansub qayroq toshdan yasalgan ikkita oddiy qurol, eng qadimgi odamning tishi, sut emizuvchi hayvonlarning, ko’proq miqdorda yovvoyi ot-Stenon, karkidon, to’ng’iz va boshqa hayvonlarning suyaklari topilgan bo’lib, suyaklar o’tda kuygan.
G’ordan yog’och ko’mirlari ham topilgan. Olimlarning fikricha g’orda olov bilan tanish va undan foydalangan eng qadimgi odamlar-arxentroplar istiqomot qilganlar. Hayvon suyaklaresa g’orda yashagan eng qadimgi odam o’ljasi ov mahsulotlarining chiqindisi bo’lsa kerak.
Yevropada quyi pleystonsentning ikkinchi yarmida 1,5 million bilan 700 ming yil ilgari yashagan eng qadimgi odam yashaganligi haqida ma’lumot beruvchi ashyolar topilgan. Xususan Fransiyaning Sindel degan joyidan villafrank darvriga mansub hayvon suyaklari topilgan. Sinzeldan topilgan buyumlar 1 million yillik qadimiylikka ega ekan. Fransiyaning Le Vallon g’oridan ham 700 ming yillik qadimiylikka ega bo’lgan tosh qurollar va so’ngi villafrank davriga mansub hayvon qolidiqlari topilgan. Xuddi shu yoki undan ham qadimiyroq davrga mansub buyumlar ChexoslavakiyaningPrjezletisa degan joyidan ham topilgan. Pallomagnit usuli bilan aniqlanishiga uning sanasi 890-750- ming yilliklar roasidagi davrga mansub ekan. Prjezletisa tosh asri yodgorligi qadimgi ko’l qatlami bo’lib, qatlamlardan eng qadimgi odam makoni bo’lgan ekan. Undan mehnat qurollari, tosh, qadimgi o’choqdan ega ko’mir va hayvonlarning kuygan suyaklari topilgan. Hayvon suyaklari orasida mamont, ot, eshak, bizon va asl bug’ularni ko’pchiligi tashkil etadi.
Madaniy qatlamlardan chopper, sindirilgan suyakdan qiligan pichoq va boshqa mehnat qurollari topilgan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, arxantroplarga mansub eng qadimgi odamlarning makonlari Italiya, Ispaniya, Germaniya, Vengriya va boshqa mamlakatlardan ham topilgan bo’lib, ular 600-150 minglar bilan belgilanadi.
Yevropada pitekantrop sinantrop va lentyan sinantropiga yaqin bo’lgan arxantroplar eng qadimgi odamlar qoldig’i 1907 yilda GFR ning uchta doyidan Geydelberg shahri va Mouer qishog’idan topilgan.
Bular orasida geydelberglik odam jag’ suyaklari alohida qimmaga egadir. Bu suyak 24 metr chuqurlikdan topilgan.
Geydelberg odami ko’p jahatdan pitekantrop va sinantropga yaqin turadi. Ba’zi olimlar uni gyuns-mindel davrida ya’ni 600-900 ming yil ilgari yashagan deb faraz qilmoqdalar. Lekin Geydelberg odami topilgan joydan hyech qanday madaniy qatlam boriligi aniqlagan emas. Garchi geydelberg odamining jag’ suyagi chiqqan joydan sun’iy tarzda tayyorlangan mehnat qurollari topilmagan bo’lsa ham, u shubhasiz eng qadimgi odamning tipik vakili edi, chunki geydelberg odamida odamga xos xususiyatlar ko’p bo’lib,. U qurol yasash qobiliyatiga ega bo’lgan.
1958 yili Fransiyaning janubiy-sharqiy Vallon g’oridan 1 million yillik qadimiylikka mansub bo’lgan ko’pgina hayvon qolidiqlari tosh buyumlar, odamning mehnat faoliyati natijasida vujudga kelgan uchirindi (otidek)lar topib o’rganilgan.
Bu jihatdan Vengriyaning poytaxti Budapesht shahridan 50 km g’arbda joylashgan Verteshsyollesh manzilgohidan L. Vertesh tomonidan 1963-1965 yillarda arxantrop bosh miyasining bo’lakchasi qadimgi odamlar tomonidan yoyilgan hayvon suyaklari, hilma-xil tosh qurollari va gulxan qoldiqlarining topilishi diqqatga sazovardir.
Verteshsellosh manzilgoxidan topilgan odam bosh miya qopqog’ining bo’lakchasi ko’p jixatdan sinantropga yaqin turadi, uning sanasi esa 500 ming yil bilan belgilangan.
Geydelberg va Verteshselleshberg bilan zamondosh bo’lgan arxantropning tishi qazilma hayvonlar qolidig’i va oddiy tosh qurollar Chexoslavakiyaning poytaxti Praga shahri yaqinidagi Prjezlyatisadan ham topilgan.
Shuni ham qayd qilib o’tish kerakki, qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari Shimoliy Sharqiy Afrika territoriyalaridan ham ko’plab topilgan.
Jazoirdagi Ternifin, Marakash yaqinidagi Kasablankadagi topilgan ashyolar shular jumlasidandir.



Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin