1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə14/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

M.Ye. Massonning ta’rificha arxeologiya – Tarixning bir sohasi bo’lib, kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini xilma xil izlariga, aksariyat hollarda moddiy yodgorliklarga, imkoniyat bo’lgan joyda esa yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya, tuproqshunoslik, antropologiya, zoologiya, botanika va boshqa fanlar yutuqlariga tayanuvchi fandir.
Bizga ma’lumki, Tarix fani moddiy manbalarni o’z ichiga oladi.O’tmish Tarixni tiklashda qazish natijasida topilgan moddiy manbalar alohida o’rin tutadi. Moddiy manbalar madaniy qatlamlarda saqlanadi. Moddiy manbalar yozma manbalardan qadimiy bo’lib, Tarixning ulkan qismini moddiy manbalar, ya’ni arxeologik topilmalar orqaligina tiklash mumkin.
Moddiy manbalarning ko’pi yer qa’rida saqlanadi. Bular – tosh qurollari, har xil mehnat qurollari, suyaklar va hakozalar. Moddiy manbalar yordamida o’tmish Tarixiy jarayonlari – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqyealari o’rganiladi.
Arxeologik manbalarni shartli ravishda 2 turga bo’lish mumkin:
1. Tabiiy manbalar inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan zoologlar va botaniklar o’rganadi.
2. Sun’iy yoki inson tomonidan yaratilgan manbalar. Ular mehnat qurollari, yarog’-aslahalar, sopol idishlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozuv hamda uning manbalari va hakozolar.
Arxeologiya insoniyatning o’tmish Tarixini o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga suyanib ko’radi. Arxeologik ekspeditsiyalar deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala tadqiqot yo’li bilan o’rganish usuli tushuniladi.
Joylarda arxeologik ekspeditsiyalarni maxsus ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlarining arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar, shuningdek o’lkani o’rganish to’garaklari tashkil etadi.
Arxeologik ekspeditsiya va otryadlarning ish uslubi uch bosqichli bo’lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iboratdir, uning vazifasi yodgorliklarning paydo bo’lgan davri, qancha yashaganligi, inqirozga yuz tutishi va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joyda yodgorlikni to’liq qazib ochishdan va yodgorlik haqida xulosalar chiqarishdan iborat bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, arxeologik yodgorliklarning bir qismi yer ostida va boshqa xillari yer ustidadir. Arxeolog u yoki bu yodgorliklarni qazir ekan, shubhasiz madaniy qatlamlarga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda insoniyatning turmushi, xo’jaligi va g’oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Chunonchi, g’or-makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy qoldiqlarning jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq holda joylanishi madaniy qatlamni ifodalaydi. Bu qatlam yillar, asrlar va ming yillar osha asta-sekin vujudga keladi. Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o’n madaniy qatlamdan iborat bo’lib. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog’liq bo’ladi. Madaniy qatlam u yoki bu yodgorlikda shurf tashlash, keng ko’lamdagi qazish ishlari natijasida aniqlanadi. Shurf aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida qazimoq degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deyilganda yodgorlikdagi dastlabki qazish ishlari tushunilib, shurf tashlashdan asosiy maqsad madaniy qatlamni aniqlash va yodgorlik haqida dastlabki ma’lumat olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shaklllarida bo’lib, chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab har xil bo’lishi mumkin. Keng ko’lamdagi qazish natijasida madaniy qatlam to’la ochilib, insin faoliyatining izlari bo’lmagan yergacha kavlab tushiladi. Arxeologiyada u “materik” – bezovta qilinmagan yer deb ataladi.
Arxeologik yodgorliklarining bir qismi yer ostida yoki bir xillari yer ustida joylashgan bo’ladi. Demak, «arxeologik yodgorliklar», qadimgi insoniyat yashagan manzillar (qishloqlar, shaharlar) xarobalari, binolar, qoyatosh rasmlari, ibodatxonalar, sug’orish inshootlari va hakozolar bo’lib, O’rta Osiyoda asosiy qurilish materiallari qadim zamonlarda paxsa va xom g’isht bo’lganligidan makonlar, shahar va qishloqlar asrlar davomida turli hodisalarga uchrab tepaliklarga aylangan. Ularning nomlari geografik, Tarixiy va hokozo ma’nolarni bildiradi (Afrosiyob, Oqtepa, Dalvarzintepa, Yerqo’rg’on). Arxeologiyada mustahkamlangan turar joylar – «shahar xarobalari»; mustahkamlanmagan qadimiy turar joylar – «qishloq xarobalari» juda qadimgi xarobalar esa «makonlar» deb ataladi. «Makonlar» shaharlardan qadimiyroq bo’ladi.
Insoniyat Tarixini u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning rivojlanish bosqichlariga qarab, quyidagi davrlarga bo’lish mumkin:
1. Ibtidoiy davr.
2. Qadimgi dunyo.
3. O’rta asrlar.
4. Yangi davr.
Insoniyat taraqqiyotining birinchi davri ibtidoiy jamoa davri bo’lib, juda uzoq davom etgan. Bu davrda inson qiyofasi, faoliyati o’zgarib, mehnat qurollari va insonlar o’rtasidagi munosabatlar davrlar o’tishi natijasida takomillashib brogan. Ibtidoiy davr Tarixi ham o’z navbatida bir necha bosqichlarga bo’linadi. Arxeologlar tomonidan mehnat qurollarining rivojlanishiga qarab o’ziga xos bir davrlashtirish qilinganki, ularga tosh, bronza va temir davrini kiritish mumkin.
Har bir davrning davom etishi turlicha bo’lgan. Masalan, tosh davri bronza davriga nisbatan juda uzoq davom etgan. 800 ming – 1 mln. yil davom etgan. Tosh davrida uzluksiz ravishda inson faoliyati natijasida tosh qurollari va ularni yasalish uslubi takomillashib borgan. Tosh davri ham o’z navbatida bir necha davrga bo’linadi: paleolit (qadimgi tosh davri), mezolit (o’rta tosh davri), neolit (yangi tosh davri). Tosh va bronza davri o’rtasida o’tish davri bo’lgan-ki, misdan qilingan mehnat qurollari bilan birga tosh qurollaridan ham foydalanilgan. Bu davrni eneolit davri (mis-tosh davri) deb atalgan. Bronza olish usuli kashf qilingach, ya’ni mis va qalay qorishmasidan mehnat qurollari keng tarqalishi natijasida bronza davri boshlangan. Ayrim joylarda bu mil. avv. III ming yilliklarda, shimoliy, o’rmonli hududlarda biroz kechroq – mil. avv. II ming yillikdan boshlangan. Nihoyat, ko’plab miqdorda temir qazib olinishi va keng tarqalishi natijasida mil. avv. XIII-IX asrlarda insoniyat Tarixida temir davri boshlangan. Shu tariqa arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollari rivojlanishi va ularni yasalish texnologiyasiga qarab amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor Tarixiy taraqqiyot xususiyatiga qaratiladi. Shunga qaramay bu insoniyat taraqqiyoti qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumot bermaydi.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin