1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Ibtidoiy odamlar qanday muloqat qilishgan?



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə22/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

4.Ibtidoiy odamlar qanday muloqat qilishgan?
Tilning hukm surganligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar so’nggi paleolit davridan, ya’ni 40 ming yillardan ma’lum. Bu davrda g’orlarda va qoyalarda ibtidoiy san’at paydo bo’ladi. Bu holat ibtidoiy odamlarda kognativ funksiyalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Garchi, bu ham munozorali bo’lsada – ayrim olimlar tilni odam paydo bo’lishining ilk bosqichlarida ham paydo bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar.
Bu davrgacha Homo Sapiens lar, neandertallar va boshqa turdagi odamlar, aftidan, istalgan boshqa usullar yordamida muloqat qilishganlar: harakatlar, mimika va turli tabiiy vokalizasiyalar, baqirish. Masalan, tasavvur qiling do’stingiz bilan oshxonada o’tiribsiz, barmog’ingiz bilan choynakni ko’rsatasiz va qandaydir tovush chiqarasiz (mas. "u?"), do’stingiz sizga javoban - "ugu" deb javob berdi. Buning uchun sizga murakkab sintaksis va morfologiyali til kerak bo’lmaydi.
Obiraxmat paleoantropologik topilmasi.
2003 yilning yozida Obiraxmat g’orining (EPR va OSL sanalash usullariga ko’ra) taxminan 60-70 ming yillar bilan sanalangan 16-qatlamidan qazilma odam qoldiqlari topildi. Paleoantropologik topilmalar yaxshi saqlangan 6 ta alohida ketma-ket tishlar va bosh chanog’ining mayda bo’laklaridan iborat edi.
Obiraxmat g’orida olib borilgan yangi bosqichdagi tadqiqotlarning muhim jihatlaridan biri yodgorlik industriyasining "zamonaviy hayot tarzi kompleksi"ga, ya’ni uning Yevrosiyo o’tish davri yoki ilk so’nggi paleolit davri komplekslariga mos kelishi yoki mos kelmasligining haqqoniyligini aniqlashdan iborat bo’ldi. O’tkazilgan tadqiqotlar Obiraxmat g’ori industriyasining "zamonaviy hayot kompleksi" modeliga xos bo’lgan "yangi hayot tarzi paradigmasiga oid barcha belgilarning amalda mavjudligini ko’rsatdi"14. Shunday bo’lsa-da, so’nggi paleolitga oid turli xarakteristikalarning namoyon bo’lishi va yorqin ifodalanganligi anchayin farq qiladi va ular ko’pincha Obiraxmatda uchraydi, biroq "tipik" bo’lmagan ko’rinishga ega. Obiraxmatda abstrakt belgilar (simvollar) juda kam uchraydi va taqinchoqlar umuman uchramaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, Obiraxmat g’ori industriyasida "zamonaviy hayot tarzi kompleksi"ning faqatgina boshlang’ich bosqichini kuzatamiz deyish mumkin va bu yodgorlik sanasining anchayin yosh ekanligi bilan ham o’z tasdig’ini topadi15. "O’tish davri" termini masalasida esa, uning Obiraxmat madaniyatiga nisbatan qo’llanilishi aftidan, unchalik to’g’ri emas, ayniqsa, agar bu borada mintaqaal kontekst hisobga olinsa. Ta’kidlaganimizdek, hozirda O’rta Osiyoning o’rta paleolitga oid madaniyatlari orasida Obiraxmat g’ori kompleksining bevosita o’tmishdoshi aniqlanmagan. Bu holat Obiraxmat industriyasining hududga ilk zamonaviy odamlarning (mozaik madaniyat sohiblarining) bevosita juda erta migrasiya qilganliklari yoki hududga migrasiya qilgan va istiqomat qilgan turli populyasiyalarning o’zaro aloqalari tufayli madaniy diffuzisiyasi natijasi, deb qarash imkonini beradi. Bundan tashqari, "o’tish" tushunchasi o’zida hududdagi o’zidan avvalgi industriyalar bilan merosiylikning mavjudligini aks ettiradi.
Keyinchalik hududda rivojlangan so’nggi paleolit davri madaniyatlari qayd qilinadi va ularning ildizlari na Obiraxmat madaniyatida va na boshqa o’tmishdosh madaniyatlarda uchramaydi16. Obiraxmat g’oridan 2003 yilda topilgan antropologik material (6 ta ketma-ket tishlar va yosh paleoindivid bosh chanog’ining chap pariyetal qismi) juda qiziqarli bo’lib, u o’zida ham neandertal va ham zamonaviy tipdagi odamning mozaik xususiyatlarini berdi. Ehtimol, Obiraxmatda biz turli populyasiyalarning jismoniy yaqinlashuvi haqidagi noyob dalillarga duch keldik va bu g’ordagi hayot tarzining hamda industriyasidagi texnik-tipologik mozaikligini ham tushunish imkonini beradi.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin