1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Ibtidoiy odamlar muloqoti



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə25/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Ibtidoiy odamlar muloqoti
Tilning hukm surganligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar so’nggi paleolit davridan, ya’ni 40 ming yillardan ma’lum. Bu davrda g’orlarda va qoyalarda ibtidoiy san’at paydo bo’ladi. Bu holat ibtidoiy odamlarda kognativ funksiyalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Garchi, bu ham munozorali bo’lsada – ayrim olimlar tilni odam paydo bo’lishining ilk bosqichlarida ham paydo bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar.
Bu davrgacha Homo Sapiens lar, neandertallar va boshqa turdagi odamlar, aftidan, istalgan boshqa usullar yordamida muloqat qilishganlar: harakatlar, mimika va turli tabiiy vokalizasiyalar, baqirish. Masalan, tasavvur qiling do’stingiz bilan oshxonada o’tiribsiz, barmog’ingiz bilan choynakni ko’rsatasiz va qandaydir tovush chiqarasiz (mas. "u?"), do’stingiz sizga javoban - "ugu" deb javob berdi. Buning uchun sizga murakkab sintaksis va morfologiyali til kerak bo’lmaydi.
Umuman, qadimgi tillar haqida Svetlana Burlakning- «Proisxojdeniye yazika: Fakti, issledovaniya, gipotezы» nomli kitobi mavjud.


Mavzu:Samarqand makoni antropologik topilmasi
Samarqand makoni aholisi o’z ajdodlarining an’analariga ehtiyotkorlik bilan yondashganlar va toshlarni chaqmoqlash texnologiyalarini hamda tosh qurollar yasash sirlarini, bu borada arxaik elementlarni saqlab qolganlar va yuqori paleolitga xos texnologik innovasion elementlarni yangilab borganlar. Ishlab chiqarishning to’rt turi — hayvonlar go’shtini maydalash, teriga va yog’ochga ishlov berish, toshlarni chaqmoqlash va o’zlarini zarur qurollar bilan ta’minlash aholi faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi tayanch ishlab chiqarishlari bo’lgan. Bu haqda ushbu ishlab chiqarishlarda band bo’lgan qurollar nisbatining yuqori foizi hamda ular tarkibining differensiyalashganligi guvohlik berib, bu Samarqandlik ustalarda murakkab texnologik jarayonlarning hukm surganligini ko’rsatadi. Qurollarning faol yemirilganligidan kelib chiqib, Samarqand makonini ovchilarning asosiy (bazoviy) lageri deb, uning aholisini esa yarim cho’l va dasht sharoitida yashagan va yovvoyi otga, pleystosen davri eshagiga va ibtidoiy turga ov qilgan ovchilar deb hisoblash mumkin. Bir so’z bilan aytganda, mahalliy aholining samarali faoliyati butunicha ovchilikka va ovchilik mahsulotlariga ishlov berishga hamda o’zlarini bu joyda uzoq muddat yashashlari uchun barcha zarur vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lgan. Bu o’z davri uchun differensasiyalashgan buyumlar bilan qurollangan progressiv va samarali texnologiyalarni ta’minlagan barqaror rivojlanayotgan sohalar edi.
Yuqori qatlam materiallarining tipologik tahlili yuqori qatlamdagi qurollarni tayyorlashda uchirindilar keng qo’llanilganligini ko’rsatdi va bu uchirindilar toshlarni chaqmoqlash texnologiyalarining belgilovchi tipidir. Ular orasida makonda mavjud o’zaklardan tosh ushatg’ich yordamida chaqmoqlangan plastinasimon uchirindilar ko’plab uchraydi. Chaqmoqlashning yo’nalish ko’proq vertikal, ba’zan qarama-qarshi, ko’pincha bir taraflama yo’nalishlarga ega. Bu haqda to’plamdagi bir zarb maydonli va bir taraflama ishlangan bir zarb maydonli tosh o’zaklarning ko’pligi guvohlik beradi. Ikkinchi o’rinni bir taraflama ishlangan ikki zarb maydonli o’zaklar egallaydi va ulardan qarama-qarshi ravishda chaqmoqlash amalga oshirilgan. Uchinchi o’rinni yonlama nukleuslar egallaydi va ular bir taraflama bir yuzadan chaqmoqlangan. Bu yerda qayta shakllantirilmagan nukleuslarning ko’p bo’lishiga qaramasdan, kam sonli siyqasi chiqqan o’zaklarning mavjudligi kishini xayron qoldiradi. O’zaklarning katta qismi ish yuzasida mavjud bo’lgan bo’rtiklar, yoriqlar va tabiiy kamchiliklar tufayli istalmagan holda tashlab yuborilgan va bunday o’zaklardagi noqulayliklarni sindirib yo’qotish yoki ish yuzasi yo’nalishini o’zgartirish o’rniga tashlab yuborilgan hamda yangilarini chaqmoqlashni amalga oshirganlar.
Samarqand makoni ustalari tomonidan zarb berish texnikasi mukammal o’zlashtirilgan va ular parallel, yelpig’ichsimon, radial va ortogonal chaqmoqlash texnikalarini osongina bajarganlar. Chaqmoqlash xarakterining qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar, Samarqand makoni nukleuslarining yuqori qismida sindirib olingan tanovorlar zarb maydonchalarining yirikligidan dalolat beruvchi chuqur tepaliklar izlari saqlanib qolgan. Shuningdek, kompleksda yo’nilg’i negativlarining pastki uchini yupqalashtirishga bo’lgan xarakat ham kuzatiladi. Shuning bilan birga, Samarqandlik ustalar ezma texnikadan ham xabardor bo’lganlar va bu haqda haddan tashqari ishlov berilgan, yuzalarida yupqa parallel negativlarga ega mikronukleuslar to’plamlarining mavjudligi va ularni zarb maydonlarining qirralarida nuqtasimon ezma-kichik chuqurchalarning saqlanib qolganligi guvohlik beradi. Bunday nukleuslardan olingan plastinkalar va mikroplastinkalar ko’ndalang kesmada alohida yupqalikka ega bo’lgan, qirralari parallel, zarb maydonchalari bilinar-bilinmas va karnizlari sinchiklab tekislangan bo’lgan. Bunday tanovorlar yoki vositachi yordamida (biroq vositachi qurol qoldiqlari topilmagan) yoki ishchi uchi yupqa va konussimon ezg’ich yordamida qo’lga kiritilishi mumkin.
Shunday qilib, Samarqand makoni chaqmoqlash texnologiyasida zarb berish texnikasi ustunlik qilgan va bu mahalliy ustalarning texnologik maqsadlarini belgilab bergan va u alohida uchirindi tanovorlar olishga qaratilgan bo’lgan. Bu uchirindilar qirralarining yupqaligi va zarb maydonchalarining massivligi bilan ajralib turgan.
Ushbu texnikaning genetik aloqalari Samarqand makoniga qo’shni bo’lgan ancha qadimgi davrlar yodgorliklari materiallarida yaxshi kuzatiladi. Gap N.X. Toshkenboyev tomonidan o’rganilgan va R.H. Sulaymonov tomonidan statistik jihatdan tadqiq qilingan so’nggi mustye davriga oid Qo’tirbuloq va Zirabuloq xususida bormoqda17. Tilga olingan yodgorliklar yuqori qatlamlari materiallari tahlilining ko’rsatishicha, ular Samarqand makoni qadimgi materiallari bilan favqulotda o’xshashdir.
Tadqiqotchilarning fikricha, Qo’tirbuloq va Zirabuloq Samarqand madaniyatining shakllanishida boshlang’ich maydon vazifasiini o’tagan va ularning negizida o’z paytida D.N. Lev tomonidan ajratilgan Samarqand so’nggi paleolit madaniyati shakllangan.18M.D. Djo’raqulov va Ye.N. Amarsevalar tomonidan amalga oshirilgan keyingi ishlarda ushbu xulosaning naqadar to’g’riligi yanada ishonchliroq qilib isbotlandi. Hozirda Samarqand botig’i hududida Samarqand makonidan tashqari Xo’jamazgil va Siyobcha topilmajoylari ham mavjud bo’lib, ular N.X. Toshkenboyev tomonidan o’rganilgan19 "Ularda ham daryo galkalaridan foydalanilgan, boshlang’ich tanovorlar sifatida plastinasimon va oddiy uchirindilardan va kam hollarda plastinalardan foydalanilgan va bu tanovorlar gardishsimon va qo’pol prizmatik o’zaklardan chaqmoqlab olingan. O’xshash qurollar turlarining mavjudligi – yo’nilg’i uchlarida shakllantirilgan qirg’ichchalar va nukleussimon shakllarning, qirg’ichlar, kesgichlar, kertik va galkali qurollarning mavjudligi ularni Samarqand makoni bilan yaqinlashtiradi. Qo’tirbuloqning yuqori qatlamlarida parallel yelkali yo’nilg’ilar nisbatining barqaror o’sib borishi va zarb maydonchalarning kamdan-kam tekislanishi yodgorlikni Samarqand makoni bilan yaqinlashtiradi20.
Qo’tirbuloq bilan o’xshashliklar foydalanilgan xomashyo hamda toshlarni chaqmoqlash texnikasi, ikkilamchi ishlov berish va qurollar tarkibida ham seziladi. Ammo undan farqli ravishda, Qo’tirbuloqda ikkilamchi ishlov berilgan qurollar xarakterli xususiyat bo’lsa, Samarqand makonida qurollar kam sonli ko’rsatgichlarga ega. Bundan tashqari, atayin kesilgan plastina va uchirindilar soni juda kam va mavjudlari ham maxsus kesilgan na’munalar emas (ularda atayin kesilganlik belgilari yo’q), balki differensasiyalashgan mehnat qurollarining qismlaridir. Shunday bo’lsa-da, Qo’tirbuloqda mustye davrida asos solingan an’analar Samarqand makonida, Xo’jamazgil va Siyobchada davom ettiriladi. Har ikkala komplekslarda ham gardishsimon va bir ikki zarb maydonli nukleuslar, levallua o’zaklarining kichik seriyalari, plastina va uchirindilar, ko’plab kertik qurollar, qalin tipli qirg’ichchalarning turli xil shakllari va iskanasimon qurollar uchraydi. Qo’tirbuloqda bo’lgani kabi Samarqand makonida ham galkali qurollarning nisbati katta emas. Har ikkala yodgorlikda ham turli tipdagi retushlash, kesgich yo’nilg’isi yordamida ishlov berish va yo’nilg’i uchlarining past qismi yo’nilgan buyumlar uchraydi.
Ammo Samarqand makoni buyumlarining umumiy ko’rinishi Qo’tirbuloqning yuqori qatlamlari buyumlariga ko’ra rivojlangan ko’rinishga ega. Tipologik xususiyatlarning o’xshashligiga qaramasdan ishlov berishning nozikligi va qurollar hajmining nisbatan kichikligi Samarqand makonida yorqin ko’zga tashlanadi. Shu ma’noda Samarqand makoni bilan Zirabuloqning industriyasi ancha yaqinroq ko’rinadi. Zirabuloqda prizmatik nukleuslar, to’g’ri yelkali plastina va plastinkalar, kertik qurollar, qirg’ichlar, qalin tipli qirg’ichchalar va tosh nayzalar uchraydi21.
Bir vaqtning o’zida yodgorliklarning Qo’tirbuloq guruhi Samarqand makonidan haddan tashqari ishlov berilgan nukleuslarning mavjudligi, plastinasimon tanovorlarning uzunligi, ikkilamchi ishlov berish tiplarning turli-tumanligi (asosan, tishsimon retushli) va qurollar tiplari bilan farq qiladi. Ammo ushbu tafovutlar madaniy-genetik emas, balki xronologik sabablarga kiradi. Zirabuloq va Samarqand makonlarida ko’proq yirik, biroq tekislangan zarb maydonchaga ega va ko’proq uchburchaksimon shaklli uchirindi tanovorlar katta o’rin tutadi. Biroq gardishsimon nukleuslarning ko’pligi Zirabuloqning anchayin qadimgi sanasidan dalolat beradi, vaholangki, Samarqand makonida bunday turdagi o’zaklar kamchilikni tashkil qiladi, ya’ni bu sof xronologik tafovutlar hisoblanadi. Shunday bo’lsa-da, madaniy-genetik jihatdan Zirabuloq va Samarqand makonining tipologik xarakteristikasi juda yaqin.
Samarqand makoni komplekslarining yagonaligi va uning bir vaqtda hukm surganligi masalasi murakkab hisoblanadi. Yodgorlikning sanasi borasida 33 ming yilliklardan 20 ming yilliklargacha bo’lgan turlicha talqinlar ehtimol, Samarqand makoni hududi yuqori paleolit davrining turli bosqichlarida o’zlashtirilganligi bilan bog’liq. Ushbu farazni isbotlashga M.D. Djo’raqulov tomonidan o’rganilgan yuqori terassaning quyi qatlami materiallari xizmat qilishi mumkin22. O’sha paytlardayoq geolog S. A. Nesmeyanov23 tomonidan bu yerda yalangdasht davriga oid ikkita turli xronologik bosqichlarga oid terassalarning mavjudligi xulosa qilingan edi.
Go’yoki ushbu fikrni palinologik tadqiqotlar natijalari24 ham tasdiqladi. Ushbu farazni M.D. Djo’raqulov ham inkor etmagan25, ammo yuqori terassadan yig’ilgan materiallarning kam sonliligi tufayli quyi gorizontning ancha qadimiylashgan yoshi masalasi ochiq qoldirilgan. Shunday bo’lsa-da, quyi qatlam materiallari ustidan qisman o’tkazilgan tahlillar ularning quyi terassa materiallaridan yuqori terassa materiallari ancha rivojlangan ko’rinishga ega ekanligi aniqlandi. Gap qurollar tayyorlashda mutlaqo boshqa-boshqa xomashyolardan — kulrang va to’q-kulrangli mayda qumli qayroqtoshdan foydalanganligida emas, balki boshqacha chaqmoqlash texnikasi va qurollar tarkibida. Ushbu materiallarning qo’shimcha dalillari Samarqand makoni hududida ikkita turli davrlarga oid makonning mavjud bo’lganligini yoki turli davrlarda hukm surgan yagona kompleksning mavjudligini ko’rsatmoqda. S.A. Nesmeyanovning fikricha,26 makonni o’zlashtirish yuqori terassadan boshlangan.
Hozirgi kunda yuqori terassa materiallari haqida tipologik, texnologik va trassologik nuqtai-nazardan to’liq ma’lumotlar olingunga qadar yuqori va quyi terassalar o’rtasida aniq tafovutlar sezilarli. Biroq buning uchun yuqori terassaning barcha materiallarini tadqiq qilish talab qilinadi.
Samarqand makonining O’rta Osiyo va Sibirning sinxron yodgorliklari o’rtasidagi aloqadorlik masalalarini ham chetlab o’tib bo’lmaydi. Samarqand makonining Malta, Buret, Kokerova va Afontovsk yodgorliklari bilan genetik va madaniy bog’liqligi haqidagi A. P. Okladniko­v davridan boshlangan tortishuvlar hanuz davom etmoqda27. Bu masalani yechish uchun qiyoslanayotgan barcha komplekslar materiallarini sinchkov tex­nik-tipologik tahlillardan o’tkazish talab qilinadi (trassologik tahlillar to’g’risida gapirmasdan).
Hozirda Samarqand makoni industriyasining xususiyatlari aniqlangan va bu aniq qiyosiy xususiyatlar tahlillarini amalga oshirish imkonini beradi. Birinchi faraz tarafdorlari Samarqand makoni industryasini Malta va Buret yodgorliklari komplekslari bilan o’xshashligini gardishsimon, galkali qurollar, yupqa uchirindi va plastinalar va ayrim uchirindilardan ishlangan yirik qirg’ichchalarning mavjudligida deb qaraganlar28.
3. A. Abramovaning fikricha, Malta-Buret madaniyati uchun prizmatik, konussimon va ko’ndalangiga chaqmoqlangan va siyqasi chiqqan kubsimon nukleuslarning ko’pincha haddan tashqari ishlanganlari xarakterlidir. Shu jumladan, tipik qoziqsimon o’zaklar va kam sonli gardishsimon nukleuslar xosdir.29 Qurollar uchun xarakterli tanovorlar sifatida noto’g’ri prizmatik shakldagi o’rta hajmli kremniy plastinkalardan foydalanilgan. Qurollar tarkibida plastinalardan ishlangan tig’lar, bigizlar, kichik hajmli pichoqlar, kam sonli kesgichlar, plastina va uchirindilar uchlarida shakllantirilgan qirg’ichchalar, yumaloq qirg’ichchalar, jumladan, qalin tipli qirg’ichchalar ham uchraydi. Shuningdek, plastina va uchirindilardan ishlangan ayrim kertik qurollar, uchlari tagyo’nishli iskanasimon qurollar, galkali qurollar va qirg’ichlar ham mavjud. Suyak qurollar va san’at asarlari ko’plab uchraydi30.
Aytilganlarni tahlil qilib va keltirilgan ma’lumotlarni Samarqand makoni kompleksi bilan qiyoslasak, A.P. Okladnikovning "qiyoslanayotgan komplekslardagi o’xshashliklar umumiy xarakterga ega", degan fikrlarini keltirish mumkin. Tilga olingan qurollarning Malta va Buret makonlarida mavjudligi va ularga o’xshash buyumlarning Samarqand makonida uchrashini hududiy va davriy xarakterdagi o’xshash hodisalar deb tushuntirilishi mumkin31.
Umuman, Samarqand makoni kompleksi Malta-Buret komplekslaridan keskin farq qiladi va bu farq avvalombor, chaqmoqlash texnikasi hamda qurollarning turlicha nisbati bilan izoxlanadi. Ta’kidlangan birinchi yodgorlik uchun bir zarb maydonli va bir taraflama ikki zarb maydonli ishlanishning boshlang’ich bosqichlaridagi nukleuslar, kam sonli gardishsimon, konussimon va yanada kamroq qoziqsimon o’zaklarga ega. Samarqandlik ustalarning texnologik maqsadi kam sonli plastinalar va asosan, ko’plab uchirindi tanovorlar olishga qaratilgan bo’lgan. Shundan tushunarliki, qurollar yasashda asosiy tanovorlar sifatida uchirindilar alohida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan bo’lsa, Malta va Buret komplekslarida bu vazifani plastinalar bajargan.
Samarqand makoni industriyasi tarkibida bosh rolni qirg’ichchalar, jumladan, ularning turli shakldagi qalin tiplari, uchirindilardan va plastinalardan ishlangan kertik qurollar, uchlari tagyo’nishli iskanasimon qurollar, pichoqlar va shu jumladan, qadama pichoqlar bajargan. Turli tiplardagi kesgichlar, uchirindilardan ishlangan turli shakllardagi qirg’ichlar (barchasi bir taraflama ishlov berilgan) katta rol o’ynagan. Son jihatdan kam bo’lishiga qaramasdan Samarqand makoni kesgichlari, iskanalari, kertikli plastinalari va uchirindilari, qirg’ichlari hamda galkali qurollari Malta va Buretdagi bunday qurollarga umuman o’xshamaydi va tilga olingan yodgorliklar industriyalarida plastinalardan ishlangan buyumlar ustunlik qiladi.
Samarqand makoniga analogiya sifatida Malta va Buret komplekslari qatori so’nggi paleolit davriga oid Achinsk makoni ham taklif qilingan32. Achinsk makoni industriyasi konussimon shaklli haddan tashqari ishlov berilgan bir zar maydonli nukleuslari, yonlama o’zaklari, noto’g’ri yelkali plastinalari va ularning ayrimlari retushlangan turlari borligi bilan xarakterlanadi. Makon uchun kertikli plastinalar va uchirindilar, qarama-qarshi tarafdan retushlangan yo’nilg’ilar, nukleus siniqlaridan shakllantirilgan qalin tipli qirg’ichchalar xosdir33. Shuningdek, unda gardishsimon qurollar, tosh bigizlar ham uchraydi. Bundan tashqari, kichik qayroqtoshdan ishlangan qirralari keng va bo’rtib chiqqan qirg’ichlar diqqatga sazovor. Qayroqtoshli qurollardan uzunchoq ishlangan chopper mavjud. Shuningdek , mamont shoxlaridan ishlangan buyumlar ham uchraydi.
Agar Samarqand va Achinsk makonlari chaqmoqlash texnologiyalari strategiyalarini qiyoslasak, ularda o’xshashliklardan ko’ra tafovutlar ko’proq. Kesgichlar, iskanalar, qirg’ichlar, galkali chopperlar va choppinglar kabi Samarqand makoni uchun xarakterli qurollar Achinskda kam sonli yoki epizodik xarakterga ega. Achinskda qirg’ichlarning tanovorlari ham Samarqand makonidagidan keskin farq qiladi. Nukleussimon qirg’ichchalar o’zaro o’xshash, biroq bu narsa ham genetik qarindoshlik yoki diffuziya belgisi emas, balki davrning in’omidir. Yana shuni ham hisobga olish lozimki, har ikkala yodgorlik ham yagona Osiyo-Sibir madaniyatlari doirasiga kiritilgan va o’zlarining o’ziga xos taraqqiyot yo’nalishiga ega.
Shunday qilib, qiyoslanayotgan komplekslarning xarakterli jixatlarini belgilovchi xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Bu holat Samarqand makonining Sibir so’nggi paleolit davri madaniyatlari bilan go’yoki genetik yoki madaniy aloqadorligi haqida gapirishga imkon qoldirmaydi. Shunday manzara Samarqand makoni bilan Shugnou o’rtasida ham kuzatiladi, ular o’rtasida o’xshashliklardan ko’ra tafovutlar ko’proq va bu farq barcha parametrlar bo’yicha kuzatiladi. Bu haqda V. A. Ranov34 va Yu. P. Xolyushkinlar bir necha marta ta’kidlaganlar.
V. A. Ranovning fikricha35, Shugnouning 5-qatlami 25-28 ming yilliklar oralig’i bilan sanalanadi. Biroq bu anchayin pasaytirilgan sanalash bo’lib, V.A. Ranov tomonidan unga to’g’rilashlar kiritildi va 20— 25 ming yilliklar bilan qayta sanalandi36. Ushbu kompleksni Samarqand makoni bilan qiyoslanganda Shugnouda qayroqtoshli qurollar, kesgichlar, qirg’ichlar va nukleussimon qirg’ichchalarning umuman uchramasligi ko’zga tashlanadi. Shugnouda tosh qurollarning tanovorlari va chaqmoqlash texnikasi mutlaqo boshqacha. Yanada ko’proq tafovutlar Shugnouning 1 gorizonti bilan qiyoslanganda namoyon bo’ladi, negaki, uning chaqmoqlash texnikasi asosida kamdan-kam hollarda qirralari retushlangan egik profilli noto’g’ri uchburchaksimon plastinka olish yotadi. Nukleuslari prizmatik va konussimon, ba’zan ko’p zarb maydonli o’zaklar ham uchraydi. Muallif tomonidan nukleus-qirg’ichchalar, deb tan olingan qurollari "karnizi bo’rtib chiqqan" va yuqori paleolit davri uchun tipik bo’lgan konussimon o’zaklardir (konusovidniye s «pereborom karniza»)37. Bu yerda nukleussimon qirg’ichchalar, tumshuqli qalin tipli qirrg’ichchalar ham mavjud. Yo’nilg’ilar uchlarida shakllantirilgan qirg’ichchalar tor plastinkalar va uchirindilardan ishlangan. Ayrim kesgichlar, tishsimon qurollar, yirik uchirindilardan yoki bo’laklardan ishlangan qirg’ichlar va tig’lar mavjud. Tafovutlar nukleuslarning tiplarida, asosiy tanovorlarda, ikkilamchi ishlov berishda va qurollar turkumida ham seziladi.
Shugnou makonida galkali qurollarning umuman uchramasligini, kesgichlarning amalda yo’qligini eslash kifoya. Samarqand makonini esa tadqiqotchilar tomonidan qiyoslanadigan komplekslar Sibir-Osiyo madaniyatlari doirasiga kiritilganini qayd qilishgan.



Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin