1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


SHAMANIZM Shamanizm din shakli sifatida



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə33/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

SHAMANIZM
Shamanizm din shakli sifatida. Dinning ilk shakllari orasida shamanizm alohida o’rin egallaydi. Shamanizm, ibtidoiy urug’doshlik dinlaridan farqli o’laroq, qabila uyushmalari birlashayotgan davrda shakllanib, ijtimoiy ongning urug’-qabila shakllari bilan bog’lanadi. Xususan, “varvarchilik” deb atalmish ijtimoiy-urug’chilik davrining oxirida qabila yahlit, jipslashgan guruhga aylanib, qabilalar orasidagi aloqalar mustahkamlanadi, umumqabila hokimiyat organlari: qabila kengashi, qabila sardorlari, harbiy sarkorlar shakllanadi. Ijtimoiy hayotning bunday shakliga ma’naviy nuqtai nazardan dinning ilk shakllarining besh turi to’g’ri kelgan. Bular – shamanizm, nagualizm, mahfiy birlashmalar, sardorlarga sig’inish va qabila xudolariga sig’inish. Bu yerda tilga olingan diniy ongning barcha shakllari bevosita qabilaga xos munosabatda bo’lib, qabila tuzumining in’ikosidir. Yoki, aksincha, qabila tuzumi o’z mavjudligini ma’naviy asoslash maqsadida ularni o’ziga muvofiqlashtiradi.
Bunda shamanizm qabila tuzumi bilan bog’liqligi darajasining ortishiga muvofiq ravishda, qabila tuzumi to’liq hukmronlik qilgan davrning dini sifatida asosiy o’rin egallaydi. Qabila tuzumining asta-sekin yemirilishi, qabilalar orasidagi aloqalarning susayishi va jamiyatning yangi hududiy va hududlar aro ijtimoiy munosabatlarga o’tishi munosabati bilan, shamanizm ichki o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Bu bosqich shamanizmning umumjahon miq’yosida ijtimoiy ong shakliga aylanishiga ko’maklashadi, chunki barcha xalqlar urug’chilik, urug’chilik-qabila, qabila jamiyati bosqichlarini bosib o’tgan. Shu sababli shamanizm va uning elementlari dunyoning barcha xalqlari ma’naviy hayoti va kundalik an’analarida kuzatiladi.
Shamanizm nima? Bu savol qup yillardan beri dunyo olimlarini qiziqtirib keladi. “Shamanizm” atamasining o’zi ilmiy atama sifatida XVIII asrda qo’llanila boshladi. Biroq, shamanizm to’g’risida o’rta asr yozma manbalarida ko’p ma’lumotlar bor. Ayrim mutaxassislarning fikricha, shamanizm to’g’risida beshta nuqtai nazar mavjud. Shamanistik harakatlarning ilk guvohlari bu xarakatlarni iblisning ishi, shamanlar esa uning xizmatkorlari, xudosizlar deb hisoblaganlar. Shamanizmga bunday qarash xristian missionerlari va ayrim etnograflar asarlarida XIX asrgacha davom etgan.
Shamanizmga qarashning ikkinchi turi XVIII asr rasionalist
olimlarining unga tanqidiy yondoshishlaridan iborat. Ularning fikricha, shamanlar yolg’onchi va firibgarlar. Uchinchi nuqtai nazar shamanizm tarafdorlariga tegishli. Dunyo dinlarining, chunonchi, xristianlikning tarqalish sharoitida shamanlar shamanizmni missioner va ma’muriyat xujumlaridan ximoya qilish maqsadida, shamanizm din emas, bu xalq tibbiyoti, emchilik va hokazolar kabi xususiy harakatdir, deb uqtirishgan. Bunda shamanizmning ma’naviy jihatlarini yashirgan holda, uning faqat bir funksiyasi –kasallik sababi bo’lgan tana va ruhdan iblisni quvgan holda kasallarni “davolash” funksiyasini qo’llashga harakat qilishgan. Shamanizmga qarashning to’rtinchi turi uni ilk shamanlik ta’limoti ideali va mohiyatiga nisbatan inqirozga yuz tutgan diniy nazariya va amaliyot sifatida tan olish bilan bog’liq.
XIX asrning oxirgi choragidan boshlab shamanizmni diniy ta’limot sifatida ta’riflashning yangi ilmiy bosqichi boshlandi. Bu bosqich fanda evolyusion maktab va etnografiya, dinshunoslik va hokazolardagi solishtirma usullar bilan bog’liq. Hozirgi kunda shamanizmga umuman din taraqqiyotining alohida bosqichi sifatida qaraladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan tashqari, shamanizmga hududiy cheklangan holat sifatida qarashlar ham mavjud. Chunonchi, shamanizmni “arktik doira” dini sifatida tushunuvchi olimlar ham bor. Biroq bu qarash tanqidga bardosh berolmaydi, chunki dunyoning barcha xalqlari urug’-qabila jamiyati shakllanish va yemirilish bosqichida shamanizmdan u yoki bu holatda o’tadilar. Bunda shamanizm ularning ma’naviy hayotlari, urf-odatlari va an’analarida ko’plab reliktlar qoldiradi.

Umuman shamanizmni diniy tizim sifatida o’rganishda fan tadqiqotning boshlang’ich bosqichidadir. Bu shamanizm va uning amaliyoti har bir alohida holatda hammaga ma’qul bo’lgan hodisalarni o’z ichiga olganligi bilan bog’liq. Kamlash, raqsga tushish, ashula aytish va zikr tushish – ruhlarni chaqirish, doira chalish, temir taqinchoqlar jarangi, sun’iy ravishda yoki yaxshilab mashq qilingan holda jazavaga tushish va hokazolar shamanlar iqtidoriga qarab individual elementlar bilan to’ldiriladi.


Shamanizm taraqqiyotining tarixiy ildizlari va bosqichlari. Shamanizm o’zining turli ko’rinishlarida eng qoloq xalqlarda har doim ham dinning yetakchi shakli bo’lavermagan. Masalan, Avstraliya, Afrika va dunyoning boshqa ko’pgina mahalliy xalqlarida shamanizm hanuz sirli shaklda namoyon bo’ladi. Biroq, Avstraliya qabilalalri orasida so’nggi vaqtlarda shamanizmning an’anaviy sodda shaklllarining yangilanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, oddiy emchilikdan tashqari, ruhlar bilan “aloqa”qiluvchi mutaxassislar toifasi uchramoqda. Guyoki bu shamanlarni o’z kasblariga ular aloqa qilayotgan ruhlar yo’llamoqda. Bunda shaman ruhlar bilan aloqa qilayotganda ular tomonidan o’ldirilib, so’ng yana tiriltiriladi, degan afsona alohida ko’rsatiladi.
Ko’pchilik qoloq xalqlarda shamanlik turli hududiy variantli elementlar bilan uchraydi. Ayrim shamanlar uyquda ruhlar bilan aloqa qilish qobiliyatiga ega bo’lsa, boshqalari buni go’yo o’ngida qiladi. Aloqa usullari ba’zan epileptik tutqanoqni eslatadi. Yana shunday variant mavjud-ki, bunda shamanning boshiga yopinchiq yopiladi, shunda u go’yo o’zini mast sezib, “g’ayritabiiy ilxom” oladi. Shundan so’ng u do’mbra va boshqa predmetlar sadosi ostida jadal raqsga tusha boshlaydi, ekstaz holatiga kelib, bu holat yordamida ruhlar ovozini eshitadi. Xalq orasidan chiqqan shamanlarning boshqa toifasi ruhlarni “chaqirib”, ularga aylanadi, bunda chaqirish hayolda va tushda ro’y beradi, buning natijasida bo’lajak shaman odatda noma’lum kasallikni boshidan kechiradi. Uning davosi shaman-tabib vazifasini bo’yniga olishdir. Bu din ilk shakllarining shamanlari ko’pincha giriftorlik holatida bo’ladi, bu esa qabilaning boshqa a’zolariga nasib etmagan iste’dod deb qaraladi (yoki tushuntiriladi). Ular tabiblik, folbinlik, jodugarlik qilganlar va boshqa vazifalarni bajarganlar. Shamanizm varvarlik taraqqiyoti bosqichida xalq orasida keng tarqalgan. Bu holda ushbu atama Rim imperiyasini halokatga uchratgan xalqlarga nisbatan qo’llaniladi.
Shunday qilib, shamanizm dinning eng boshlang’ich shakli emas. U asosan urug’-qabila taraqqiyotining o’rta bosqichidagi xalqlarda shakllanadi.Shunday ekan, shamanlik e’tiqod va an’analari inson ongida g’ayritabiiylik to’g’risidagi tasavvurlar to’luq shakllangan vaqtda paydo bo’lgan. Bu tasavvurlar insonlarning bir-biriga, alohida individ va jamiyatning tabiatga bo’lgan munosabatlarini aks ettirgan. Umuman olganda shamanizm oddiy insonning daxshatli va tushunarsiz, g’ayritabiiy va go’zal bo’lgan sirli holatlarni tushunishi va kuchidan ustun turgan bir narsadir. Bu omillar bilan shamanizm jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini qamrab oladi. Shamanlikning turli vazifalariga (emchilik, ruhlarni haydash, falokatlarning oldini olish, yomg’irni chaqirish, afsun qilish, kamlash va h.k.) kelsak, ular shamanizmning asosiy mohiyatiga qushimchadir. Aynan shamanizm vazifalarining turli-tumanligi uni din tizimi sifatida tushunishni murakkablashtiradi.
Shamanistik din amaliyotida ruhlar bilan aloqaning o’rni. Shamanizmda ilohiyot tizimining o’zi yo’q.. Avvalombor spiritizmi ko’p bo’lgan shamanizm demonologiyasi haqida so’z yuritish mumkin. Shamanizmga xos narsa birinchi navbatda ijtimoiy hayot va tabiatdagi turli hodisalarning mohiyatini ifodalovchi turli ruhlar haqidagi tassavurlarning mavjudligidir. Ruhlar hakidagi tasavvurlar tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lgan ikkinchi navbatda - shamanlik qiluvchining asabiy-ruhiy ( ba’zan patologik) holatidir. Uchinchi navbatda, shamanning insonlar ko’z o’ngida namoyon bo’layotgan g’alati va sirli iste’dodlarining jamiyat tomonidan ajratib ko’rstailishi ayniqsa muximdir, ya’ni, madaniyat va tafakkurni tushunishning past bosqichida turgan inson tutqanoq va jazavaning ajib simptomlarini tabiiy bir hol emas, balki g’ayritabiiy bir kuch deb qabul etadi, ularni shaman tanasini titratayotgan turli obrazdagi ruhlar deb qabul qiladi.
Shamanizmdagi asosiy, ehtimol hal etuvchi holat shaman tanasiga ruhlarning joylashishi to’g’risidagi tasavvurdir. Odamlar shamanning shaytonlashini ko’rganlarida uni o’zi chaqirgan ruhlar egallab oldilar deb o’ylaydilar. Bunda shaman ko’pincha o’z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo’llaydi. Ruhlarni chaqirish shamanlik harakatlari ta’sirini qo’rqoq jamoaga yo’naltirib, ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishni taqozo etadi, Misol tariqasida “og’riqdan qo’rqmaydigan” ruhlar, kasalni davolashda yordamlashadigan ruhlar harakatini keltirish mumkin. Masalan, ko’p mashq qilgan shaman o’ziga qattiq zarbalar beradi, u yer bu yerini kesadi, sanchadi va hokazo. Yoki shaman ruhlar yordamida kasal tanasidan biror predmet chiqaradi (tosh¸ metall va hokazo), bu bilan u kasalning ruhiy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda shamanlik bilan doimo shug’ullanish shaman organizmida ma’lum darajada asab-ruhiy va fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib kelishini nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Shamanistlarda ruhiy ta’sirlar ham realdir, chunki ular sodir bo’layotganlarga ishonishadi.
Shaman ruhlar vazifalariga ko’ra dualdir. Kasb-xunarmandchilikka mo’ljallangan ruhlar bor. Masalan, ovchilik yoki boshqa xo’jalik faoliyatini boshlashdan oldin qabila shamani shu ruhga - xo’jayinga murojaat etadi va shu ishda omad so’raydi. Bundan tashqari, shamanizmda ko’pincha xayvonlar bilan bog’liq bo’lgan ruhlar obrazi uchraydi. Kamlash vaqtida shamanning o’zi turli xayvonlar obraziga kiradi, ular harakatlari va ovoziga taqlid qiladi. Jazavadagi baqiriq va harakatlar tomoshabinlarda qo’rquv xissini uyg’otadi. Bu obrazlarning paydo bo’lishi jamoa hayotida muhim rol o’ynagan ovning sodda sharoitlari bilan uzviy bog’liqdir. Bunda shaman harakatlarining tomoshabinlar tomonidan talqin etilishiga katta e’tibor beriladi. Shaman “ko’radi”, shaman “eshitadi”. U shu jamoaning muammolarini shu zahoti hal etishlarini so’rab, ruhlar bilan muzokara olib boradi. Kamlash vaqtida shaman ko’pincha gallyusinasiya bilan og’riydi ( buni sun’iy ravishda qilishi ham mumkin). Bunday xislatlarga ega bo’lmagan kishi ham gallyusinator obrazlar doirasiga tusha boshlaydi. Bularning barchasi shamanlik demonologiyasining asosiy manbalaridir, bu o’z navbatida boshqa manba – shamanning g’alati va sirli harakatlari hisobiga to’ldiriladi.
Shamanlik yovuz va yaxshi ruhlarni tan oladi. Bunda, ayrim shaman jamoalari oddiy kishilar ruhini o’ladigan deb o’ylagani holda, shaman ruhi o’lmas deb hisoblaydilar. Yoqutlarda ruhlar real hayotning ifodasi bo’lgan nafasga (to’n), inson joniga (kut) va ruhiy faoliyatiga (syur) homiylik qiladi. Insonning eng nozik joyi uning jonidir. Uni yovuz ruhlar o’g’irlashi mumkin. Chunki u passiv va turg’undir. Syurga kelsak, u o’lmasdir, chunki u faqat shamanga tegishli. Oddiy insonlar ham jonga egalar, biroq ular shaman kutining (jonining) homiyligiga sazovor bo’lishlari kerak.
Jon, ruhlar tomonidan o’g’irlangan, shamanlar tomonidan topib inson tanasiga qaytarilgan jon haqidagi g’oya faqat shamanizm doirasida tushunitirilishi mumkin. Bu ayniqsa shamanlik davolash usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni haydashda yorqin namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, shamanizm nazariyasi va amaliyoti muammolarini aniq hal etish murakkabdir. Shamanizm to’g’risida adabiyotlarning ko’pligiga qaramay, dinning bu shaklini aniq tushunishga erishilmagan. Shu bilan birga, ijtimoiy ongning qiziq shakli bo’lgan shamanizmni kelgusida to’laroq tadqiq etish imkonini beruvchi ko’plab materiallar to’plash borasidagi olimlarning katta muvaffaqiyatlari haqida so’zlash mumkin.
Zamonaviy inson hayotida ko’pgina dinlarning,jumladan shamanizmning ibtidoiy shakllari reliktlari (qoldiqlari) saqlanib qolgan. Odatda ular asta sekin amaldagi rasmiy din qoidalari bilan sinkretlashmoqda. Masalan, qadimgi Gresiyadagi orgiastik kultlarni, payg’ambarlar ajoyibotlarini, ularning odamlardan shaytonlarni, yovuz ruhlarni haydashga, kasallar va shaytonlaganlarni davolashga qaratilgan harakatlarini baholash mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlarida ham boshqa xalqlardagi singari shamanizm reliktlari turli ko’rinishlarda kuzatiladi. Masalan, “Chilla yosin” davolash marosimi birinchi navbatda Qur’ondagi “Yosin” surasini qirq marta o’qib, kasalni tol navdalari bilan “urish” bilan amalga oshiriladi. Bunda tol novdalari qirqta bo’lishi kerak. Shamanlik marosimining yana bir turi, bu - “kinna”, ya’ni bemor tanasidan kasalni haydashning alohida usulidir.
Shamanizm elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog’liq bo’lgan odatni - kuyovning kelinnikiga jo’ralari bilan jo’raboshi boshchiligida qiyqiriqlar bilan bazmga borish- marosimini ko’rsatib utish mumkin. Jo’raboshi qo’lida tol navdalarini ushlagan holda navkarlar boshi uzra yelpiydi, bunga javoban navkarlar jo’r bo’lishib qiyqirishadi. Bularning barchasi yovuz ruhlarni kuyovdan haydashga qaratilgan bo’lib, shamanistik harakterga ega.
Yana bir misol keltiramiz: o’zbek, tojik va O’rta Osiyoning boshqa xalqlarida biror kimsa uzoq vaqt kasal bo’lsa, u yaqinlari, tanishlari yoki tabiblar maslahatiga ko’ra, sog’ayishning birdan bir yo’li – bu - ruhlar bilan aloqa qilish missiyasini bo’yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida “odamli” deyiladi, ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor hisoblanadi. Bunday odamlar asta-sekin insonlarni “davolash” bilan shug’ullana boshlaydi. Biroq shuni unutmaslik kerakkki, ko’pincha bunday hollar sodda odamlarni aldashdan iborat bo’ladi. Oxirida yana bir misol keltiramiz: O’rta Osiyoda quyosh va oy tutinganda odamlar zo’r berib turli narsalarni taqillatadilar, duolar o’qiydilar, go’yo bu bilan quyosh va oyni yutib yubormoqchi bo’layotgan johil ajdahoni haydashadi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan olib keltirilgan mazkur misollar shamanlik an’analarining na faqat qoloq dunyoqarash shakllari sharoitida, balki madaniy-tarixiy rivojlangan jamiyatda ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, an’analar ko’pincha o’zgaradi, moslashadi, amaldagi rasmiy din talablarining u yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. Chunonchi, islom sharoitida shamanlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko’ra fotiha bilan yakunlanadi, biroq ayrim shamanlik qilayotgan shaxslar, musulmonlikka to’g’ri kelmaydi deb, fotiha qilmaydigan hollar ham uchrab turadi.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin