1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Mavzu: Turkman xalqlari etnologiyasi



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə35/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Mavzu: Turkman xalqlari etnologiyasi.
Reja:
1. Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi.
2. Turkman xalqining an’anaviy xo’jaligi.
3. Turkman xalqining moddiy va ma’naviy madaniyati.

Turkmaniston Respublikasining eng asosiy aholisi turkmanlar hisoblanib (2537 ming kishi). Shuningdek, O’zbekistan , shimoliy Kavkaz Astraxan viloyati va RFning bir necha shaharlarida, Afgoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman tilida so’zlashadi. Dindorlari-sunniy musulmonlar.
Markaziy Osiyoda yashovchi tub xalqlaridan biri Turkmanlar hisoblanadi. Turkman xalqining kelib chiqishi xaligacha tuliq aniqlanmagan. Ularning shakllanishida sak - massaget va sarmat-alan qabilalarining urni kattadir. Qadimgi Marg’iyona va Xorazm davlatlari axolisi ham mazkur jarayonda qatnashgan.
Turkmanlar ajdodlari Orol va Kaspiy dengizlar atroflarida kuchib yurgan sak-massaget qabilalari hozirgi Turkmaniston bilan Xurosonning Janubida juda qadimdan buyon yashab kelgan urug’ qabilalari hisoblanadi. Ularni etnik shakllanishi orol kasbiy dashtlarida yashovchi eroniy tillarda so’zlashuvchi qabilaning birikmalarining IV-V asrlariga kelib turklashtirish jarayoni bilan bog’liq degan fikr olimlar o’rtasida mavjud.
Darhaqiqat IV-V asrlardan beri bu xududlarga turkiy qabilalar kirib kela boshlaydi.
Shuningdek antropolgik ma’lumotlarga asoslanib turkmanlar asli miloddan avval turklashgan ko’chmanchi skiflarning avlodi deb hisoblanadi. Ammo bu ikki fikr ham tuliq asoslanmagan.Turkmanlarning etnogenizida mahalliy sak-massagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari qisman qadimgi Marg’iyona, Parfiya va Xorazm davlatlari axolisi qatnashgan. 1-ming yillik o’rtalarida Kasbiy buyi cho’llarida turkiy qabilalar, IX asrlarda ug’uzlar paydo bo’lgan. Ular Turkmanlarning etnogenizida muhim rol uynagan. Ug’uzlarning asosiy guruhi XI asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy axoli bilan aralashib kelgan.
XI asrda Saljuqiy qabilalari turkmanlar yashaydigan hududlariga uta boshlaydi. Ug’uz, alan, qipchoq qabilalarini qisman Xorazmliklarni chatishishi va qushilishi natijasida yangi qavmlar paydo bo’ladi. Demak "Turkman" nomi dastlab X asr oxirlarida paydo bo’ladi.
XIV-XV asrlarda Kaspiy dengizi atroflari Mang’ishloq yarim oroli, Sariqqamish kuli, Qoraqum, Xorazm G’arbiy - Shimoliy chegaralarigacha bo’lgan hududlariga turkmanlar joylashadi. Ular asosan yetti qavmdan iborat: teke, yovmut, yersari, sariq, chovdur, go’klan, salir va boshqalar ko’pincha urug’ qabilalari bir - birlariga ko’shilib ketishib, qadimgi o’z nomlarini unutishgan, yangi urug’ qabilalari paydo bo’lgan.
Turkman xalqining shakllanishi jarayoni mug’ullar istilosidan keyingi davr (XV asrlarda) tugaydi. XV asrda turkman xalqi shakllangan. Bu davrlarda turkman etnosiga ayrim ug’uz bo’lmagan turkiy qabilalar, jumladan kiachokdar ham qisman aralashgan. Turkmanlarda qabila-urug’larga ajratish saqlangan. Ulardan eng yiriklari takalar, yovmutlar, yerkari, solurlar, sariklar, gyokalan va choudorlar bo’lgan.
XVIII - XIX asrlargacha turkmanlar yuqorida ta’kidlab utilgan yetti yirik qavmga bo’linishini saqlab qolgan edi. Bu toifa o’z navbatida turt elga bulishgan: gara, bekovul, ulugdepe va gumesh.
Tara qavmini chekich, quraysh, islom, boy, uga, tagam, mamish, yabanlar, bekovul qavmini lambe, sarli yerli ushakom, togachi, kultak, ulug depe qavmini garama, surxi, surx, chatrok, oktyeri, aji esenmengli, giziloyok, etbosh, denaji, chakir, gabasokol, sulaymon, omar, gizilja, gurama gunesh.
Teke elini ikki nael - nasl avlodlari tashkil etgan: otamish va tuxtamish.
Otamish avlodi sichmaz hamda bahshi avlodlaridan iborat. Sichmaz avlodi sichmizking o’zi bilan uch urug’ qavmlaridan, bahshi avlodi esa bahshi, dashayok, burkun, sultoniz qavmlaridan tashkil topgan.
Tuxtamish nasl - nasabini beg va bekil avlodlari to’zgan bo’lib, beg avlodi, gongur, omonsha - gukche qavmlariga, bekil avlodi esa ganjiyusup, yazi - yusuf, gagsual, arik - garaj, gofa va bukri qavmlariga ajraladi. Teke eliga mujevur avlodi ham kiradi. Yomut eli: ham ikki nasl - nasabga bo’linadi.
Bayram shali nasabi sayak, uko’z, ursukchi, ushak urug’lariga bo’linadi. Bulardan tashqari sariq, chovdur, gukleng hamda salir qabilalari ittifoqi borligi yuqorida aytib utilgan edi.
Sariq qabilasi sukti, bayrach, alasha, xyerzeki, gazmilmirad, bedepg, gal - bosh urug’laridan; chovdur qabilasi, igdir, chovdur (gara - chodur), yabdal, bo’zaji, burunchi qavmlaridan tashkil topgan
Turkmanlarning bulardan boshqa bir kancha kichik qabila, qanchadan - qancha urug’ qavmlari mavjud bo’lganligi bizga ma’lum: afg’on, arab, gurd, qipchoq, aymoq, girey, gazak, galmik, garamugol, tut, gullar va x,.k.
XV - XVI asrlarda Turkmanistonning shimoliy tumanlarida chovdur va ularning qarindoshlari abdallar, arablilar yashagan. Bu urug’ qabilalarning hammasi birga qo’shilib turib esen - xoni, ya’ni Xasan eli deb yuritilgan. Qolgan urug’ - qabilalariga esa sain - xoni nomi berilgan.
Sariqamish kuli atroflarida, katta Balxanda turkmanlarning teke, salir, Yomut (yomut) qabilalariga qarashli urug’ - qavmlari istiqomat qilishgan. Bu qabilalar orasida eng nufo’zlisi salir qabilasi hisoblangan. Shunday bo’lsa kerak, salirlar ichki salir deb atalgan. Qolganlar, ya’ni teke, yomut, sarik urug’ - aymoqlari esa tashqi salilar nomi bilan yuritilgan.
Yazir (koradoshli), emreli, nuharli, kisman bayat urug’lari Turkmanistonning janubiy qismida yashashgan.
XIX asrning 80 - yillarida Turkmaniston Rossiya tomonidan bosib olingach, etnik birikishi jarayoni tezlashgan, ammo qabilaviy bo’linish saqlanib qolgan. Yirik qabilalaridan taka turkmanlari axol, Murg’ob xavzasi va Tajanda, yovmutlar Kaspiy bo’ylarida va Xiva xonligida, yersirilar Amudaryo vodiysida, salirlar, sariklar guklenlar, chovdurlar Xeva xonligida birgalikda yashashgan. Xo’jalik madaniy jihatdan turkmanlar ko’chmanchi (chorvador) va o’troq dehqon (chumur)larga bo’lingan9.
Ko’pchilik turkmanlar chorvador urug’ qabilalar bo’lgan qisman dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asosan kuyrukdi qo’y - qo’zilar boqilgan. Chorvador urug’ - aymoqlar ham aslida ikkiga bo’lingan: chorva va chomri (chomru). Birinchilari o’zlarini mollarini yaqin - o’zoq yaylovlarga olib chiqib, chorva bilan bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib yurishgan. Chomir xalqi esa bir yerda o’tov qurib utroq hayot kechirgan. Chorvani qo’ldan boqib, ekin ekib yetishtirishgan va shu bilan kun kechirishgan.
Har bir qabila chorvasini o’z yerida boqishi kerak edi. Lekin quduq va kokdar (suv uralari) odatda ularni qurdirgan boylar qo’lida edi. Chorva egalarining qo’lida minglab qo’y - qo’zi, yo’zlab tuyalar bo’lib, minglab gektar yaylovlar, qanchadan - qancha quduqlar suv manbalari ham shular izmida edi.
Kambag’al chorvador dehqonga ancha og’ir edi. O’z qudug’i bo’lmagan kambag’al quduq suvidan foydalanganligi uchun boy chorvasini boqib, quduqni tozalab berishi kerak edi. Bir oz mol - xoli bo’lgan kambag’al esa o’z molini boy chorvasiga qo’shib yuborib, o’zi boy yerlarida ishlab berishi yoki chorvasini boqishi lozim edi. Yollanma mexnatning gullukchi, xizmatkor shakllari mavjud edi. Turkmanlarning dengizga yaqin joylarida baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Bu yerlarda turkman boylarining yirik xo’jaliklari mavjud edi.
Turkmanlarning bir qismi Kaspiy dengizning sharqiy sohillaridagi neft, to’z konlarida band edi.
Turkmanlar savdo - sotiq yaxshi yo’lga qo’yilgandi. Ayniqsa Eron, Buxoro, Xiva bilan savdo aloqalari nihoyatda rivojlangan edi. Mare, Qo’qon, Urganchda, Turkmanistonning ayrim shahar (kal’a), qishloq (ovul)larida katta bozorlari bo’lgan.
Turkmanlar sug’orib dehqonchilik qilishgan. Bug’doy, juxori, arpa, paxta, kunjut, sholi, beda ekilgan. Qovun, tarvo’z, qovoq yetishtirilgan. Kup joylarda ko’zgi - guyzluk bug’doy ekilgan. Sabzavot asosan qadimdan utroq hayot kechirib kelayotgan onauli, maxinli, murchali, maxtumi, guklen urug’larining yerlariga yetishtirilgan. Uzum yetishtirish, bog’ – rog’lar ustirish bilan kam shug’ullanishgan. Deyarli hamma yerda piyoz ekilgan.
Yerni yog’och omoch temir uchli azal kunda bilan haydashgan. Xrsil uroq bilan urilgan. G’alla don xirmonda mol 4yordamida yanchilgan. Tegirmon, kash - kash juvozlar kurilgan. Ekinlarni sug’orish inshoatlari kurilgan, xovo’zlar qazishgan.
Yer gung, kul, eski tuproq bilan ug’itlab turilgan.
Turkmanlarning butun o’lkada keng tarqalgan hunari xususan g’arbiy tumanlarida ovchilik bilan deyarli hamma doimo shug’ullangan.
Turkmanlar tulki, bo’ri, jayron, qo’yon, parranda ovlashgan (kaklik, qirg’ovul, o’rdak, g’oz va x.k).
Miltiq bilan, qopqon qo’yib, tur tutib ba’zan tayoq bilan ovlashgan. Otda tozi it, lochin bilan ov qilingan. Hunarmandchiligi. Temirchilik qurolsozlik zargarlik, kunchilik, duradgorlik kasb - hunarlari Turmanistonning hamma yerlariga keng tarqalgan eng e’zozli hunarlardan hisoblanar edi. Kosiblar o’z uylari, ovullarida ish qilishgan.
Ayrim hunarlar bilan ma’lum ovullarda ma’lum urug’ yoki qabilalar shug’ullanib kelgan. Chunonchi, kulolchilik asosan Chorjuy atrofidagi hunarmandlar orasida keng tarqalgan. Noxurlar, ayrim marvlik tekelar, shuningdek Gasan - Kul va Kumush - Tepa hunarmandlari o’tovlar yasash uchun zarur qismlar yasash bilan mashxur bo’lganlar. Yaz urug’lari odamlari egar - jabduq, yari - gukchalar yog’ochdan idish - tovoq, burko’z urug’idagilari kamchi tayyorlashgan.
Xonadonlarda gilamdo’zlik va shoyi to’quvchilik ishlari bilan shug’ullanib kelingan.Hunarmandlar orasida zargar, kumushchilar qarib har bir ovulda bo’lgan.
Qatnovda asosan otlardan foydalanishgan. Axalteke va yovmut otlarida yurishgan. Yuklarni tuyalarda tashishgan. Turkmanlarda uch xil tuya boqilgan yakka urkachli turkman tuyalari (arvanalar); qush urkachli turkman tuyalari (bugralar) hamda ularning chatishganlari, durugaylari. Yuli yaxshi bir muncha tekis joylarda Xivaning ikki g’ildirakli aravasidan foydalanilgan. Eshak arava, ba’zan tuya aravalari ko’p ishlatilgan.
Dengiz yaqinida yashagan turkmanlar kema, novlarda yuk tashigan. O’zun, ingichka qayiq (taymun, ek myerdem)lar ham ko’p bo’lgan.
Turkmanlar butun umrlarini deyarli yaylovlar va o’tovlardan o’tqazishgan. O’tov ularning eng asosiy va eng ko’p tarqalgan uyi hisoblanib kelingan10.
Turkman o’tovlari ko’rinishidan hamma yerda deyarli bir xil bo’lgani bilan bir - biridan farq kiladi. O’tovni usti atrof - tevaragida bog’langan yup - tuqima lenta har xil joyda turli rangda va turlicha tortilgan bo’ladi. Ayrim o’tovlarning usti yotik yassiroq, ba’zilariniki chuqqi ko’rinishda ishlanadi. Chunonchi yovmutlarda o’tovning tepasi, gumbazi avvalnikidan pastkroq buladi, chovdurlarniki esa eng baland, uchli qilib ishlangan. O’tovning tashqarisi bilan ichkarisiga darmik, ya’ni bezakdor tasma bog’lab qo’yiladi.
Kambag’al aholi ilgarilari kichkina o’tovlarda yashagan. Bu xil o’tovlarni turkmanlar orosha yoki gushtdikme deb atashgan. Orochalarning panjara - tyerimi bo’lmagan. Namat ustidan polos va gilamlar tushalgan. Xujalikda kyerak bo’ladigan jamiki narsalarning o’z o’rni,joylashtirish tartibi bo’lgan. O’tovga kirgan kishi turli joylarga osilgan non xalta, to’z xalta, idish xalta, ip — igna xalta va boshka har xil jun xaltalarni ko’rishi mumkin edi. Kiraverishda o’ng tarafda mis, yog’och, sopol idishlar, samovar joylashgan. Ruparada kurpa - yostiq, namat, kigiz, gilamlar, yon - yerida bug’doy, un solingan qoplar, egar - jabduglar joylashgan.
O’tovning turida sandiq, belanchak (sallanchak) turgan. XIX asrda ayrim urug’ qabila odamlari o’zlari uchun alohida qal’a qura boshlashgan. Bunday qaltslar ko’proq teke qavmiga qarashli kishilarda bo’lgan. Teke ovullari uch - turt xo’jalikdan iborat bo’lib, dasht cho’l yerlarda quduqlar atrfida joylashgan.
Hovli qal’a yonida xilma - xil xo’jalik binolari qo’rilgan: otxona, seyisxona, dueetsk (tuyaxona), molxona (kuyxona) goyunetok, somonxona, ombor va x.k.
Har bir hovlida albatta ayvon qurilgan. Ayrim turkmanlar, chunonchi Xorazm turkmanlarida hovliga ya’ni qo’yoshga ters tomonga qaratib tersayvon solingan. O’ziga tuq turkmanlarning hovlilari ichkari va tashqariga bo’lib ko’rilgan. Yovmutlar bilan emreli qavmlariga qarashli xovlilarda xo’jalik va turar - joy binolari hovlining ikki chekkadagi devorlari bo’ylab qurilgan. Hovlining o’rtasi ochiq bo’lgan. Turkmanlarda chayla - chatma ham qo’rilgan. Devorlari shoxbutoq, qamish yoki yog’ochlardan bo’lib, tomiga shox - shabba tushalgan. Ustidan loy - suvoq bilan suvalgan. Keyingi vaqtda xom yoki pishiq g’ishtdan tomi yassi, teke qilib uy solish odati keng tarqalgan.
Turkman erkaklarining usti - boshi qadimiy milliy urf - odati, an’analari ta’sirida deyarli sezilmaydi. Ammo xotin - qizlarning milliy kiyimlaridan xali ham farq bor. Bundan tashkari qaysi xalq bilan uzoq vaqt kuni – qo’shnichilik qilib kelganiga qarab turli - turkman qavm odatlarining kiymida, ichki va tashqi ta’sir yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, Kavkaz xalqlari, eronlilari ta’siri kuchli. Xiva turkmanlari kiyim - kechagida o’zbek bilan kozoklarning milliy kiyimi an’analari o’z ifodasini topgan sari turkmanlari Buxoro vohasi aholisi singari kiyim - kechak kiyib yuradi.
Turkman erkaklarining kiymi balak (ishton), engi o’zun ko’ylak, qavilgan chopon - dondan iborat bo’lib, boshiga kyerlin yoki kubanka (tepasi, ensi, ensiz), telpak, oyog’iga chorik, chuponlari esa elken kiyadi. Ayollari balak (o’zun ishton), ko’ylak, engeiz kemzor (kamzul), oldiguldor qavilgan tun - chabit, boshiga burik, bogmach, uramak xasaba, topon va boshqa bosh kiyimlarini, oyog’iga kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi., oldiguldor qavilgan tun - chabit, boshiga burik, bogmach, uramak xasaba, topon va boshka bosh kiyimlarini, oyog’iga kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi.
Erkaklarning kuylagi oldin yoqasiz tikilgan bo’lsa, endilikda tik yoqali ko’ylak kiyish odat bo’lgan.Lekin turli qavm erkaklari bilan ayollarning usti - boshi bir - biridan ma’lum darajada yo bichilishi, tikilishi yoki tashki bezagi bilan bir muncha ajralib turadi. Masalan, erkakpar kiyadigan don, chopon, chakmonlar garchi tikilishi jihatdan hamma yerda bir xil bo’lsa ham matoning rangi, ko’rinishi, nomi bilan turli - tuman. Ilgari tunni o’zun yenglari qo’lni yopib turadigan qilib tikilar, yon tomonlarini kesib chuntak o’rnatilgan. Tuyning etagi, yokasi, chuntaklari chetiga tasma, uka tikilgan. Tunlardan xivali don, girmizi don, astaroma chopon - oktoy hillari keng tarqalgan edi. Chakmonni tuya junidan qilishgan. Sovuq kunlari chopon bilan tun yoki pustin - ichmek kiyishgan. Dengiz yoqasida yashaydigan yovmutlar ilgari kurt bichim tun kiyishni yoqtirar edilar (kurdacha bichimda bo’lgani uchun shunday deyilgan).
Oyoqlariga chorkidan boshqa chukay, chapak (shippak) ham kiyib yurishgan. Chuqay - bo’zoq terisidan uchi qayrilgan, gajakdor poyafzal tikilgan. Chorik yaxlit tyeridan tikilgan, oyoqlariga oq paytava urashgan.
Taqinchoqlari. Turkman ayollari bezak - taqinchoqlarni juda yoqtirardi. Shu sababli ularning quloq, qo’l, bosh, burunlariga xilma - xil bezak buyumlar taqib yurishganini ko’rish mumkin. Kim qanday bezak taqqaniga qarab qayerlik va qaysi tabaqaga mansub ekanini ajratib olish qiyin emas. Bolalarga ko’pdan – ko’p kumush tanga va munchoklardan yasalgan turli - tuman taqinchoqlar taqib ko’yishadi. Qiz bolalarning bosh kiyimi - do’ppi, telpak, qalpoqlari ayniqsa chiroyli rangdor bezakli bo’ladi. Yoshi kattaroq o’g’il bolalar bosh kiymida hech qanday bezak bo’lmaydi. Qiz bolalarning telpagini chetlariga har xil bezak berilib, tepasiga gupba deb ataladigan bezak o’rnatilgan. Bo’yinlariga tangalar, munchoqlar, nishon osilgan shoda taqilgan.
Ko’ylaklari bilan chopon, tunlarining kukrak oldiga apbasi osib yurishadi. Apbasini kulok (teshik)li tangalar yoki tangaeimon kurinishida keeilgan kumush parchalarini ipga tizib yasaydilar. Ayollar sochlariga yoeik osishgan. Kokillarini har xil tanga yoki medalonlar, kalitlar osib yuradilar. Qo’llarida bizelik deb ataladigan bilako’zuk, quloqlariga o’zuk - tulak xalqa, isirg’a, buranlariga irebek taqishgan. Endilikda bu run xalqalarini ham uchratish mumkin.
O’zbeklar va Qoraqalpoqlarnikiga uxshab ketadi. Asosan sut va sut mahsulotlari ko’p ist’emol qilishadi. Ularning churek poni ayniqsa mashhurdir. Juxori non yopib yeyishadi. Vaqti tig’iz kezlarida chuchuk hamirdan patir non yopishadi. Gushtdan churba (shurva), gaynatma, dograma, shurva, qovurma, qovurdoq, palov, shara yoki konab (kabob) pishirishadi. Turkmanlar gut kokisini juda yaxshi ko’rishadi. Shuning uchun tuya, qoramol go’shtini ham shu tariqa tilim - til im qilib to’zlashadi. Va shamolda quritishadi. Qo’y go’shtini ham shu tariqa tayyorlab, qozonga solib ko’yishadi. Yoki chala qovurib idishlarga solinadi. Yangi go’sht tugagan vaqtda ana shu qovurmadan ishlatishadi. Gara churba qaynatishadi. Qadimda qovurmadan choyga solishgan (choy churba).
Qo’yon, jayron, kiyik kaklik go’shtini, osyotr balig’ini go’shtini ishlatishadi.
Ko’k choy, ayrim joylarda ko’ra choy ichiladi. Ko’pincha ko’k choy bilan qora choyni ichishadi, nonushtaga qovun qoqi, jiyda qo’yiladi



Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin