1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Tarixiy sivilizasion jarayon o’z rivojida “iqlimiy optimum



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə21/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

2.Tarixiy sivilizasion jarayon o’z rivojida “iqlimiy optimum”. Tarixiy sivilizasion jarayon o’z rivojida “iqlimiy optimum” nuqtasini shimolga qarab o’zgartiradi: ya’ni sovuqda yashash qiyinroq, bu yerda boshqa texnologiyalar bazasida paydo bo’ladigan ko’proq yangi texnologiyalar kerak bo’ladi. Bunday texnologik baza ancha iliqroq iqlim sharoitlarida paydo bo’ladi. Shunday qilib, qadimgi odamlar Afrikada yashagan – dastlabki sivilizasiyalar Hindistonda, Ikkidaryo oralig’ida, Misrda paydo bo’ladi – so’ngra Gresiyaga va amerikaliklarga navbat yetadi – sal keyinroq rivojlanish markazlari Rimga ko’chadi, qadimgi Xitoyning yuksalishi – e’tibor bering, shimolroqqa va yana shimolroqqa siljib boravergan va so’ngra navbat Shimoliy Yevropagacha, dastlab Ispaniya, keyin Fransiya, so’ngra Gollandiya, Angliya, keyin Germaniya va Yaponiya – sovuqroq va sovuqroq iqlim sharoitlariga qarab aniq siljib bormoqda – Yerdagi eng sovuq iqlim – bu Rossiya, shuning uchun bu hududga hozir ham texnologik progress markazi siljib bormoqda. Yanada sovuqroq sharoit faqat kosmosda mavjud – insoniyatning rivojidagi navbatdagi bosqich. Aynan Ruslarning kosmosga yo’l ochganligi ham bejizga emas.
Hozirda qochonlardir turli, garchi yaqin turlardan kelib chiqqan odamlar bo’lishi mumkinmi yoki biz hammamiz bitta turdan kelib chiqqanmizmi?
Bunaqasi bo’lmaydi. Kelib chiqishi turlicha bo’lgan guruhlar, ya’ni ancha yirik guruhlar bir necha kichiklarini o’ziga birlashtirgan bo’lishi mumkin va bu «polifiletik takson» deb ataladi. Biroq tur doimo bitta butun ajdodlar uchun umumiy turdan kelib chiqadi. Odam misolida aytish mumkinki, butun insoniyat bundan 150 ming yil avval yashagan erkakdan kelib chiqqan va u biz singari homo sapiens bo’lgan. Bizning eng qadimgi ayol ajdodimiz bundan 200 ming yillar muqaddam yashagan va u ham biz singari homo sapiens bo’lgan.
Turli odamlarning turli ajdodlardan kelib chiqqanligi nazariyasi o’z umrini yashab bo’lgan va qattiq tanqidga uchragan.
3.Odamni maymunlarning “evolyusion akasi” sifatida yerda yashash uchun eng kam moslashganligini fan qanday tushuntiradi?
Odamning kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan: rivojlangan primatlar davrida ular taraqqiyotida keskin sakrash ro’y beradi. Nega bunday bo’ldi?
Keling fantaziyamizni ishga solamiz:
Tashqi omilga (o’zga sayyoralikka) qandaydir maqsadlar uchun "aqlli, mustaqil mehnatga loyaqotli ABORIGEN kerak bo’lib qoldi. Bu maqsad uchun mavjud primatlardan birini tanlashdi, so’ngra uning genotipiga aralashish natijasida – kerakli tomonga o’zgartirishdi.
Xomo Sapiyens paydo bo’ldi.
Primatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini saqlab qolgan odam keskin ravishda ham tashqi ko’rinishi va ham aqliy jihatdan ulardan uzoqlashdi, fiziologik o’zgarishlar natijasida “sof ko’rinishdagi” tabiatda mehnat qurollarisiz va himoya vositalarisiz (kiyim, uyjoy, ovqat tayyorlash, olov va h.k.larsiz) yashab qolish qobiliyatini yo’qotdi.
Muhit, odam uchun amalda agressiv bo’lib qoldi va u ushbu agressivlikni (zamonaviy maymunlar uchun xavfsiz bo’lgan agressivlikni) yumshatishga harakat qildi.
Keskin sakrash yangi odam bilan tabiat o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqani uzib qo’ydi.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin