Sifatli ma’lumotlar- dala tadqiqotlari orqali to’plagadigan ma’lumotlarni obyektivligi, sezuvchalik, xaqqoniyligi , detallar boyligini ko’rsatib bera olishida ifodalanadigan termin hisoblanadi.
Miqdoriy ma’lumotlar – yig’ilgan ma’lumotlarni takrorlanish va ahamiyatiga qarab raqamlarda va turli statistik shakllarda o’lchash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni nomlashda qo’llaniladigan termin hisoblanadi.
Ma’lumotlar to’plangandan so’ng uni tahlil etish keying muhim bosqich xisoblanadi. Sifatli va miqdoriy metodlar orqali to’plangan ma’lumotlar tahlili uchun turli xil usullardan foydalaniladi. Miqdoriy ma’lumotlar uchun tadqiqodchilar tajribada sinalgan statistik texnologyalarni kompyuter modellaridan foydalangan holda amalga oshiradilar. Odatda ma’lumotlar tahlilini rejasi yig’ilishidan oldin tuzib chiqiladi.
Sifatli ma’lumotlarning tahlili tadqiqotchining dala tadqiqotlari yozib borgan qaydnomasi, kuzatuvdagi tasmali qaydlar va intervyu beruvchilarning bergan ma’lumotlarini yozib borish orqali amalga oshiriladi. Intervyu jarayoni jarayoning tasmali qaydi va ovozlarning yozib olish tahlil qilishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Antropolog tahlil etishda o’zini qarashlari bilan odamlarning o’rganilgan qarashlarini ajrata olish muhim sanaladi. Sifatli ma’lumotlari turkumli tahlilini amalga oshirish uchun ko’plab sxema va kompyuter modellari mavjud. 5 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Introduction to Sociocultural Anthropology. Zerihun Doda . Debub University. 2005
2.Encyclopedia Of Social And Cultural Anthropology. Edited by Alan Barnard Jonathan Spencer. - London & New York, 2002.
3.Social Anthropology Core Course Calicut University,
4.Small Places, Large Issues An Introduction to Social and Cultural Anthropology. Thomas Eriksen 2001
5.Method In Social Anthropology Selected Essays by K. R. Radcliffe-Brown
Edited by M. N. Srinivas. The University Of Chicago Press 1998