8. Qudagi metodlardan qaysi biri sifatli tadqiqotlar olib borish usuli hisoblanadi? A) Anketa so’rovi *B) Fokus grupp C) Xujjatlar tahlili D) Yopiq anketa so’rovi
9. Qaysi javobda ma’lumotlarni obyektivligi, sezuvchalik, xaqqoniyligi , detallar boyligini ko’rsatib bera olishida ifodalanadigan atama berilgan? *A) Sifatli ma’lumotlar B) Fokus grupp C) Miqdoriy ma’lumotlar D) Statistik ma’lumotlar
10. Yig’ilgan ma’lumotlarni takrorlanish va ahamiyatiga qarab raqamlarda va turli statistik shakllarda o’lchash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni nomlashda qo’llaniladigan atama qaysi javobda berilgan? A) Sifatli ma’lumotlar B) Fokus grupp *C) Miqdoriy ma’lumotlar D) Statistik ma’lumotlar
3-Mavzu:Arxeologik antropologiya va davrlashtirish muommolari Arxeologiya–Tarix fanining mustaqil yo’nalishi bo’lib, o’zining tadqiqot obekti, shuningdek, ularni ochib o’rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Ya’ni zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, o’rta asrlarga oid yodgorliklarni o’rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi.
Arxeologiya va Tarixni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ikkala fanning ham maqsadi bir xil, ya’ni insoniyat Tarixini o’rganishdan iborat. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan kishilar Tarixchi va arxeolog deb yuritiladi.
Arxeologiya o’zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Rivojlanish tarixi bevosita insoniyat jamiyatining umumiy tarzda rivojlanib, ilm va fanning rivojlanish jarayonidagi o’zgarishlarni arxeologik topilmalar misolida ko’rish mumkin.
Arxeologiya – yosh ijtimoiy fanlardan biri bo’lsa-da, uning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Yozma manbalardan ma’lumki, mil. avv. VI asrda Bobil podshosi Navonid (Nabunaid, Nabonagid, mil. avv. 555-538 yy.) saroy va ibodatxonalarning asos qismida qazuv ishlarini olib borgan. Ayni paytda Britaniya muzeyida Nabonid tomonidan topilgan yozuvli taxtacha saqlanmoqda.
“Arxeologiya” atamasi yozma manbalarda ilk marta yunon faylasufi Platon (mil. avv. 427-347 yy.) ning “Katta Gippiy bilan suhbat” asarida tilga olinadi. Arxeologiya ikkita qdimgi yunon so’zidan iborat bo’lib, “arxeos” – qadimgi, “logos” – fan degan ma’nolarni anglatadi. Xuddi shunga o’xshash iborani yunon yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiy (mil. avv. 80-29 yy.) ham qayd etgan. Ya’ni Troya urushigacha bolgan davr ellinlar nazarida “Ellinlar arxeologiyasi” hisoblangan. Diodor Sitsiliyskiyning zamondoshi Dionisiy Galikarnasskiy Rim Tarixini Puni urushigacha bo’lgan davrini “Rim arxeologiyasi” deb atagan. “Arxeologiya” atamasini shuningek Strabon va boshqa yunon muarrIXlari ham ishlatib, ularning nazarida bu atama nafaqat qadimgi, balki ibtidoiy davrni ham qamrab olgan.
Rim imperiyasining lotin mualliflari “qadimiyat” – a n t i q u i t a t e s -atamasini qo’llaganlar. O’rta asrlarda “arxeologiya” atamasi “qadimiyat” atamasi tomonidan siqib chiqarilib, ancha vaqtgacha (XIX asrgacha) yodga olinmaydi.
Rim imperiyasida shuningdek “a n t i q u a r i e u s” – antikvariy, ya’ni qadimiyatga qiziquvchi atamasi ham qo’llanilgan. O’rta asrlarda antikvariylar jumlasiga turli qadimiy qo’lyozmalarni yig’uvchi kishilar kirgan bo’lsa, Uyg’onish davriga kelib asosan klassik madaniyat namunalarini yig’uvchilarni, ya’ni antik davr madaniyatiga qiziquvchilarni shunday ataganlar.
1767 yilda Gettingen universiteti prof. Xristian Gottlib Geyni “arxeologiya” atamasiga “Yunon va rimliklarning qadimgi san’ati arxeologiyasi” kursi bo’yicha ma’ruza o’qib, uni qaytadan muomalaga kiritadi. Lekin bu yunonlarning “arxeologiya” ga bergan ta’riflari singari keng qamrovli bo’lmay, faqat klassik san’at yodgorliklarini ta’riflash va klassifikatsiya qilish bilan cheklangan. XIX asr boshigacha qadimiyat bilan shug’ullanuvchilarni faqat antik madaniyat namunalari qiziqtirgan.
Shu davrdan boshlab arxeologiyaning yordamchi tarmoqlari – numizmatika (tangashunoslik), epigrafika (toshlardagi bitiklarni o’rganish), sfragistika (muhrlarni o’rganuvchi fan) vujudga kela boshlaydi.
Yepigrafikaga qiziqish Angliyada ham yoyila boshlaydi. Bu yerda arxeologiya qirol Karl I va uning yaqinlari homiyligida boyitila boshlandi.
XVII asrning o’rtalarida Fransiyada Pomponiy Letning birinchi Antikvar akademiyasi ochiladi. Keyinchalik Qo’lyozmalar akademiyasi, Me’morchilik akademiyasi, Haykaltaroshlik va rassomchilik akademiyasi ochiladi. Bu tashkilotlar turli ekspeditsiyalar uyushtirib, topilgan materiallarni o’rganish va ularni sistemalashtirish ustida ish olib boradilar.
1733 yilda Angliyada Delitantlar jamiyati ochiladi. 1753-1756 yy. Juda ko’plab arxeologik ashyolarni qo’lga kiritgan Britaniya muzeyi ociladi.
1718 yilda Rossiyada Pyotr I boshchiligida ilk marta antikvar materiallarni izlash, to’plash va o’rganish boshlanadi. Barcha topilmalar Kunstkameraga joylashtirilgan. Shu davrda Sibirdagi mozor-qo’rg’onlarda qazuv ishlari olib borilib, juda ko’plab bronza va tilladan yasalgan buyumlar topiladi.
XVIII asrning oxiridan arxeologiya Rossiyada keng ko’lamda yoyila boshlanadi. Arxeologik topimalarni saqlash uchun turli ilmiy jamiyat va muzeylar tashkil etiladi (1806 yil Nikolayevoda, 1811 yil Feodeasiyada, 1825 yil Odessada, 1826 yil Kerchda).
1839 yilda Odessa Tarix va qadimiyat jamiyati tashkil etilib, 1844 yildan olib borilgan qazuv ishlarining natijalari har yili nashr etib borilgan. Yevropa davlatlari singari Rossiya jamiyatida ham Sharqqa qiziqish ortadi. Chor hukumati a’zolari Kavkaz va O’rta Osiyo hududlarida amaliy san’at namunalari va qo’l yozma asarlarni izlash va yig’ishga qiziqish kuchayadi.
1818 yil Kunstkamera tarkibida Osiyo muzeyi tashkil etiladi. 1846 yil Peterburgda arxeologiya va numizmatika jamiyati tashkil qilinib, bu jamiyat arxeologik ishlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. 1855 yil Peterburg universitetida Sharq fakulteti ochiladi. Uning birinchi dekani Kazanbek O’rta Osiyoda bir necha marta ekspeditsiyalar uyushtirib, qator Tarixchi olimlarni yuboradi.
Turkiston o’lkasi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, bu yerda ham mazkur fanga qiziqish orta boshlaydi. 1895 yil 11 dekabrda Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi tuziladi.
XIX asrning 80-90-yillarida mahalliy aholi orasidan ham qadimiyatga qiziquvchilar ko’payadi. Masalan, Mirza Buxoriy Mirza Abdullo, Mirza Barat Mullaqosimov, Akram Polvon Asqarov, Muhammad Vafo, AlIXo’ja Yunusov, Mirza Hakim va boshqalar qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to’plash bilan shug’ullanishgan. Bu davrda Afrosiyob, Ulug’bek rasadxonasi va Poykand xarobalarida dastlabki qazuv ishlari olib borilgan.
Keyinchalik V.L. Vyatkin Afrosiyob xarobasini (1925, 1929-30), B.P. Denike qadimgi Termizni (1926-27), M.Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925-28), Ayritom xarobalarini (1932-33), qadimgi Termizni (1936-38), A.Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysini (1934, 1939), V.A. Shishkin Tali Barzu (1936-38) va Varaxshani (1936-39), S.P. Tolstov va Ya.G’. G’ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937-50), A.P. Okladnikov Teshiktosh va Machay g’orlarini (1938-39), V.V. Grigorev Qovunchitepa xarobalarini qazib o’rgandilar.
1940 yilda O’rta Osiyo Davlat universitetining Tarix fakulteti bazasida M.Ye. Massonning tashabbusi bilan O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tashkil etiladi. Kafedra a’zolari tomonidan O’rta Osiyoning turli respublikalarida, ayniqsa Turkmaniston va O’zbekistonda keng ko’lamli qazuv ishlari olib borildi. 1963 yilda Qashqadaryo vohasining yuqori qismini tadqiq etish uchun Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi tashkil etiladi.
1970 yilda O’zR FA Arxeologiya institutining tashkil etilishi arxeologik tadqiqotlarning ko’lamini yanada kengaytirdi.
XX asr davomida butun Orta Osiyo hududida barcha davrlarga taalluqli arxeologik yodgorliklar, qadimgi kanallar, suv o’zanlari o’rganildi.
2001 yil 24 oktabrda Termiz Arxeologiya muzeyi Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan (2 aprel 2002 yil) tashkil etildi. Ushbu muzey O’rta Osiyodagi yagona mutaxassislashtirilgan muzey hisoblanadi.