Mavzu bo’yicha tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar:
1.Roger Lewin and Robert A. Evolution the human story, Principles of Human Evolution. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004. r 10-46
2.Roger Lewin. Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed. Blackwell, 2005. R 14-102
3.Vishnyaskiy L.B. Vvedeniye v preistoriyu. Problemы antropogeneza i stanovleniya kulturы: - Kishinev: Vыsshaya Antropologicheskaya Shkola, 2005. 10-55 s
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Drobыshevskiy S.V. Predshestvenniki. Predki? Chast I. Avstralopiteki. Chast II. "Ranniye Homo". Moskva-Chita: 2002
2.Drobыshevskiy S.V. Predshestvenniki. Predki? Chast III. Arxantropы. Chast IV. Gominidы, perexodnыye ot arxantropov k paleoantropam. M. 2004
3.Drobыshevskiy, S. V. - Predshestvenniki. Predki. Chast V. Paleoantropы. M., 2006
4.Djoxanson D., Idi M. Lyusi: Istoki roda chelovecheskogo. M., 1984.
Internet ma’lumotlari.
http://bookz.com.ua
http://lib.com.ua
http://www.computerbooks.ru
http://zipsites.ru
http://hronos.km.ru/proekty/mgu/index.html
http://antropogenez.ru
Teshiktosh antropologik topilmasi
Reja:
1.Teshik-tosh g’or makonining o’rganilish tarixi.
2.Teshiktosh antropologik topilmasi
3.Inson genomlari haqida. 2.Neandertallarning zamonaviy odamlarning genofondiga ta’siri.
Bizning xujayralarimizdagi xromosomalarda yashiringan genomlar taxminan 3,2 mlrd. nukleotidlardan tarkib topgan. DNKda xujayralarning yangi tug’ilganlari shakllanayotgan paytda mutasiya sodir bo’ladi, shu sababli har bir yangi tug’ilgan kimsaning genomida 50 tadan 200 tagacha nukleotidlar almashinadi, ularning to’planishi shunga olib keladiki, xujayralardagi DNKning ikkiyoqlama ketma-ketligi turli odam individuumlarida xozirda bir-biridan mingdan bir nukleotidga farq qiladi. Qiyoslash uchun: odamning va yaqin qarindoshimiz — shimpanzening genomlari har 100 tadan bitta nukleotidga farq qiladi.
Har bitta nukleotidning o’rni genomda o’z tarixiga ega va buni ajdodlar ketma-ketligida kuzatish mumkin. Uni genomlar ketma- ketligining ma’lum bir maydonida bir xil nukleotidlarga ega bo’lgan individuumlarning umumiy ajdodi ko’rsatilgan ajdodlar daraxtiga o’xshatsa bo’ladi. Ammo haqiqatda bitta nukleotidning real tarixini kuzatishning imkoni yo’q va bunday daraxt ko’pchilik nukleotidli maydonchalarning segmentdagi yoki umuman genomdagi o’rtacha manzarasini ko’rsatadi.
Yaqin kunlargacha nukleotid genom ketma-ketligini faqat zamonaviy odamlardagina aniqlash imkoniga ega edik va ularning DNKlari yaxshi saqlangan to’qimalardan, mas. qondan aniqlanishi mumkin. Bu evolyusionist olimlar uchun haqiqiy xayrat bo’ldi, negaki, bu o’tmishni to’g’ridan-to’g’ri emas, balki mutasiyalar to’planishi modelini ishlab chiqish va ular asosida umumiy ajdodlarimizning ko’rinishini aniqlash imkonini berardi.
Shuning uchun oxirgi 30 yillar davomida shu uslub yordamida arxeologik va paleoantropologik materiallar tadqiq qilib kelindi. Garchi qadimgi mavjudotlarning yaxshi saqlangan to’qimalari kam topilsada, ushbu uslub bizga yo’qolib ketgan aholining va qirilib ketgan turlarning DNKsidagi ketma-ketlikni o’rganish imkonini beradi.
Mitoxondrialdan — yadroviy DNKgacha
Barcha zamonaviy odamlarning umumiy qarindoshi — neandertallar masalasi hammani qiziqtiradi. Yevropa va Osiyoning g’arbiy qismida paydo bo’lgan gominidlarning ushbu primitiv shakli bundan 300-400 ming yillar muqaddam paydo bo’lgan va 30-40 ming yil avval yo’qolib ketgan.
Neandertallar bilan zamonaviy tipdagi odamlar o’rtasidagi qarindoshlik, ularning o’zaro munosobatlari haqidagi tortishuvlar o’n yillab davom etdi. Qarashlardan biriga ko’ra, zamonaviy odamlar neandertallarni siqib chiqarganlar va neandertallarning hozirgi odam geniga ta’siri nolga teng. Boshqa bir tadqiqotchilar, neandertallar zamonaviy yevropaliklarning bevosita ajdodlari hisoblanadi va hozirgi yevropaliklarda ularning genetik hissasi 100 % ga teng, degan fikrni ilgari surishadi. Ushbu qarashlardan tashqari, arxeologik va paleontologik tadqiqotlar asosidagi yana qator qarashlar mavjud va ularda neandertallarning Yevropa aholisiga turli darajada ta’sir ko’rsatganligi ta’kidlangan.
Buni tekshirib ko’rish imkoniyati 1990 yillarning o’rtalarida vujudga keldi. Neander daryosi bo’yidan topilgan neandertalning suyaklari tahlil qilindi (Germaniya, 1856 y). Ungacha g’or ayig’i, mamontlar va boshqa so’nggi pleystosen davri hayvonlarining DNKlari soni o’rganilgan edi (P bo, 2014).
Ishlar mitoxondrial DNK (mtDNK) tahlilidan boshlanib, ular irsiy material va xromosomalarda emas, balki mitoxondriyalarda — energiya ishlab chiqarish uchun javob beradigan xujayra organellalari o’rganildi. Har bir xujayrada yuzlab va hatto minglab mtDNK nusxalari mavjud bo’ladi va bu ularning ajralishini yadro genomi DNKsiga nisbatan yengil qilib qo’yadi. Bundan tashqari, mitoxondrial DNK, yadro DNKsidan farqli ravishda, hyech qanday rekombinasiya yoki o’zgarishlarsiz avlodlarga onadan o’tadi. Shundan kelib chiqib, uning asosida tuzilgan filogenetik daraxt “o’rtacha” tarixni emas, balki ona tomonidan to’g’ridan-to’g’ri vorisiylikni ko’rsatadi.
mtDNKning eng o’zgaruvchan qismini rasshifrovka qilib, neandertal va zamonaviy odamlarning filogenetik daraxti “tarixi” tiklandi. Qo’lga kiritilgan ma’lumotlar bir tarafdan allaqochon ma’lum bo’lgan, ya’ni hozirda yashayotgan odamlarning mtDNKsi bundan 100-200 ming yillar ilgari yashagan yagona ajdodga borib taqalishini isbotlasa, ikkinchi tomondan, neandertallarning mtDNK liniyasi ancha uzoqroq o’tmishga borib taqalishi aniqlandi va bu neandertallar xamda zamonaviy odamlarning bundan yarim mln. yillar burun yashagan umumiy ajdodi edi (Krings et al., 1997). Shundan so’ng qator laboratoriyalarda boshqa neandertallarning mtDNKsi ketma-ketligi o’rganildi va namunalardan birontasi ham zamonaviy odamlarning mtDNKsi variasiyalariga to’g’ri kelmadi. Shunday qilib, 1997 yilda ma’lum bo’ldiki, bironta zamonaviy odam neandertallardan meros qolgan mtDNKga ega emas.
Ammo mtDNKsi odamning genomida juda kichik qismni tashkil qiladi va genomlar tarixining to’liq manzarasini yadro genomini o’rganish orqali qo’lga kiritish mumkin. Qadimgi organizmlardan genomlarni to’liq qo’lga kiritish imkoniyati 2000 yilning boshlarida yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi tufayli, ya’ni millionlab DNK molekulalaridagi nukleotidlar ketma-ketligini arzon ajratish va rasshifrovka qilish imkoni tug’ildi. Yevropaning arxeologik yodgorliklaridan topilgan ko’plab qazilma odam suyak qoldiqlari tahlil qilinib, nisbatan ko’p sonli DNKga ega bo’lgan neandertallar suyaklari aniqlandi. Turli odamlarga oid uchta namunadan (Xorvatiya) DNK ketma-ketligining 1 mlrd. kalta fragmentlari ajratib olindi. So’ngra turli kimyoviy jarayonlar natijasida o’nlab ming yilliklar davomida hosil bo’ladigan buzilishlarni qiyoslash uchun kompyuter algoritmlari ishlab chiqildi. Garchi, qo’lga kiritilgan fragmentlarning kichik qismi neandertallarning o’ziga tegishli bo’lib chiqsada, 2010 yilda neandertallarning 3 mlrd. nukleotidlarini identifikasiyalash imkoni tug’ildi va ular zamonaviy odamlarning genomida ham o’rin egallaydi. Barchasi birga bu DNK kalta fragmentlardan qo’lga kiritilgan neandertallar genomining yarmidan ko’pini qoplab olardi (Green et al., 2010).
Ushbu natialarning o’ziyoq neandertallar va zamonaviy odamlar uchrashuvi qanday genetik oqibatlarga olib kelgan? degan savolni o’rtaga tashlash uchun yetarli bo’ldi.
Neandertallarning zamonaviy odamlarning genofondiga ta’siri. Agar neandertallar zamonaviy odamlarning genofondiga hissa qo’shmaganlarida edi, ularning genomlari afrikalik, yevropalik va boshqa zamonaviy odamlar genomidan yiroq bo’lishi lozim edi. Agar hozirda Yevropada yashayotgan aholi neandertallardan meros qolgan DNKlarga ega bo’lsa, u holda afrikaliklarga nisbatan (neandertallar Afrikada hyech qachon yashamaganlar) yevropaliklarning genomi neandertalnikidan kam farq qiladi.
Ushbu gipotezani tekshirish uchun 5 ta zamonaviy odamning genomlari o’rganildi va bir-biridan farq qiluvchi bir juft genomlar aniqlandi.
Tahlillarning ko’rsatishicha, neandertalning yadro genomi statistik jihatdan afrikaliklardan ko’ra yevropaliklarga yaqin. Neandertallar genomiga Xitoy va Yangi Gvineyadan olingan genomlar ham yaqinligi aniqlandi. Bu hududlarda neandertallar yashamagan va bu holat qanday yuz berishi mumkin?
Bu holatni Neandertallar bilan zamonaviy odamlar o’rtasidagi aralashuv O’rta (Yaqin) Sharqda ro’y bergan, deb tushintiriladi. Bu aralashgan odamlar hozirda Afrikadan tashqarida yashayotgan barcha odamlarning ajdodi bo’lgan, shuning bilan birga, neandertallarning genlari ular yashamagan geografik hududlarga keyinchalik yetib borgan.
Natijada bugun ajdodlari Afrikadan tashqarida bo’lgan har qanday odam o’zining genomida 1-2% neandertallarning genomini olib yuradi. Hatto ushbu komponentning yoshini ham aytish mumkin, negaki genlarning oddiy rekombinasiyasiga ko’ra har bir avlodda neandertallar DNK fragmentlari mayda qismlarga bo’linib borgan (Sankararaman et al., 2012). Bu 40 ming yil avval yashagan qazilma zamonaviy odamning genomini o’rganish orqali ham tasdiqlanadi. Uning genomida neandertallarning hozirgi odamlardagiga nisbatan ancha yirik DNK fragmentlari uchraydi (Fu et al., 2014).
Aslida neandertallar va zamonaviy odamlarning aralashuvi, ko’rinib turibdiki, nafaqat O’rta (Yaqin) Sharqda va nafaqat bitta populyasiyada sodir bo’lgan. Ammo 2010 yilda bunday deyish birmuncha jo’n ko’rinib, buning sababi neandertallar DNKsi sifatining pastligi bilan izohlanardi. Ammo RFA SB Arxeologiya va etnografiya instituti bilan hamkorlik odam evolyusiyasi bo’yicha yangi fundamental tadqiqotlarni boshlab berdi.
Oltoydagi Denisovo g’oridan 2010 yilda neandertalning oyoq barmog’i topildi. Yangi o’ta hissiyotli mutodika yordamida ushbu barmoqdan ilgari uchta individuumdan olingandan ko’ra 50 marta ko’proq DNK ajratib olindi. Ushbu topilma ham neandertalga xosligi aniqlandi (Priifer et al., 2014).
Natijalarga ko’ra Denisova g’oridan topilgan barmoq egasining ota onasi aka-singil bo’lganligi aniqlandi. Agar kelajakda yana shunday yaxshi saqlangan neandertal genomlari aniqlansa, bunday holatning neandertallar uchun qanchalik xos yoki tipik bo’lganligini tekshirib ko’rish mumkin bo’ladi.
Denisovo g’ori neandertali genomlari zamonaviy odamniki bilan qiyoslanganda, Afrika Saxroi-Kabiridan tashqari barcha odamlar neandertallarning 1-2% DNK siga ega ekanligi aniqlandi. Ushbu qism Sharqiy Osiyoda Yevropadagiga nisbatan ancha yuqori va bu Osiyoni egallash jarayonida neandertallar bilan zamonaviy odamlar ikkinchi bor aralashganliklarini ko’rsatadi (Vernot, Akey, 2015).
Ammo bu jarayon qachon sodir bo’lganligini hisoblab chiqish qiyin. Har bir odam ota-onasidan 50 % dan DNK oladi, har bir bobo va momodan 25 % dan DNK oladi, katta bobo va momolardan esa 12 % dan DNK oladi va h.k. Hisoblarning ko’rsatishicha, odam 6 avlod avvalgi ajdodidan 1,5 % genomini oladi.
Ma’lum bo’ladiki, natijada zamonaviy odamlarning aynan neandertallardan olgan DNKlar foizi kelib chiqadi va bu shundan dalolat beradiki, atigi 6 avlod narida neandertal bizning ajdodimiz bo’lgan. Ammo genlarning rekombinasiyasi tufayli, ya’ni har bir yangi avlod tug’ilishi bilan unda neandertallar DNK xujayralarining maydalashuvi sodir bo’ladi. O’ta taxminiy baholarga ko’ra hozirgi odamlarda neandertallarning 40 % to’liq genomlari mavjud.
Boysuntog’dagi o’rta paleolit davriga oid ikkinchi yodgorlik bu Amir Temur g’oridir6. U uncha katta bo’lmagan shu nomli soyda, Teshik-Toshdan 1,5 km. shimolroqda joylashgan. Yodgorlik V. F. Lomayev tomonidan ochilgan va 1938-1939-yillarda A. P. Okladnikov tomonidan o’rganilgan. G’orda uchta madaniy qatlam aniqlangan bo’lib, chuqurligi 1 m. gacha yetadigan 3-qatlamdan kam sonli tosh buyumlar yig’ib olingan. Ular orasida prizmasimon nukleus va yirik qirg’ich mavjud. Ushbu qatlamdan archaga taalluqli ko’mir qoldiqlari topilgan. A.P. Okladnikovning fikricha, Amir-Temir g’orining 3-qatlami Teshiktoshning ayrim qatlamlari bilan tengdoshdir. Biroq bunday deyish uchun asosli isbotlar yo’q.
O’rta paleolitga oid deb topilgan Boysuntog’dagi yana bir yodgorlik Kattaqo’rg’on bo’lib, u Teshiktoshning qarama -qarshisida, Machaydaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Bu yerda dastlabki qazishmalar 1930-yillarda G.V. Parfyonov tomonidan amalga oshirilgan. Qazishmadan olingan materiallar bilan tanishib chiqqan A.P. Okladnikov, ularni Teshik-toshdagi materiallarga o’xshash, deb topgan7. Muzeydagi yodgorlik materiallari bilan tanishib chiqqan V.A. Ranov esa, qarama-qarshi fikrga keladi va u ushbu tosh ayvonda o’rta paleolitga oid qatlamlar yo’q, deb hisoblaydi8.
O’rta paleolit davriga oid Teshiktoshni dunyoga mashhur qilgan narsa bu g’ordan neandertal bola qabrining topilishi bo’ldi. Birinchi madaniy qatlamning tubida yer sathidan 25 sm chuqurlikda ezilgan va deyarli tuproqqa qorishib ketgan bosh chanog’i topildi. Bu bo’laklar deyarli tabiiy ketma-ketlikni saqlagan holatda bir xil sathda yotardi. Keyinchalik 1 madaniy qatlamning tagidagi sof qatlamdan ham odamning parchalangan suyak qoldiqlari: umurtqa, qovurg’a, naysimon suyaklar, kurak suyagi, o’mrov suyagi va pastki jag’ bo’laklari topilgan. A.P. Okladnikovning fikricha, odam suyagi qoldiqlari 5-6 ta echki suyaklari bilan o’ralgan holatda yotadi va bu hol unga Teshiktoshda atayin ko’mish udumlari hukm surgan, deyishiga asos bo’ladi. Ushbu qabr Teshiktoshda 1-madaniy qatlamda hayot hukm surgan davrga oid deb topilgan9.
Teshiktosh odami o’zining taksonomik holatiga ko’ra qator munozaralarga sabab bo’ldi10. Ayrim antropologlar topilmani G’arbiy Yevropaning klassik neandertallari bilan yaqinligini ta’kidlasalar (Debes, Gremyaskiy, Xauelsls va boshqalar), boshqalari Old Osiyo yoki “progressiv” yevropa neandertallari bilan taqqoslaydilar (Veydenreyx, Yakimov, Klark, Xauell, Alekseyev va boshqalar). Topilmaning yosh bolaga tegishli ekanligi masalaning yechimini yanada qiyinlashtiradi. Topilmaning jinsi dastavval u 9-10 yoshlardagi o’g’il bolaga11, so’ngra shu yoshdagi qiz bolaga tegishli deb etirof etilgan12. Teshiktosh bolasi suyaklari maxsus tekshirishlar natijasida tosh qurollar yordamida ko’mishdan oldin etdan tozalangan13.
Dostları ilə paylaş: |