Xizmatchi satx. Bu satxning dasturiy ta’minoti baza satxi dasturlari bilan ishlashni hamda tizim skatxi dasturlari bilan ishlashni ta’minlaydi. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi kampyuter ishini sozlash va tekshirish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat.
Amaliysatx. Amaliy satxning dasturiy ta’minoti amaliy dasturlar majmuasini tashkil qiladi. Ular yordamida ish joyida aniq vazifalarni bajarish mumkin.
Kompyuterlar klassifikatsiyasi.
Kompyuterlar klassifikatsiysida quyidagilarni keltirish mumkin:
Superkompyuterlar:juda tez ishlaydigan eng qimmat kompyuterlar. Katta kompyuterlar juda murakkab ilmiy-texnik masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Superkompyuterlar o‘zining hisoblash quvvatini ma’lumotlarni parallel qayta ishlash hisobiga oladi, ular bitta masalani yechishda bir vaqtda ko‘plab protsessorlarni ishlatadi.
Misollar: Superkompyuterlar: Jaguar, K Computer, Kolumbiya.
Server kompyuterlar: bitta juda qiyin masalani yechishga emas, bir nechta mayday masalalarni yechishga qaratilgan. Vikipediya ensiklopediyasida saqlanuvchi kompyuterlar serverga misol bo‘ladi. Bu kompyuterlar qidirilayotgan sahifani qidirib, topib, sizga jo‘natishi lozim.
Server dasturlar va ma’lumotlar to‘plamini o‘zida saqlovchi markaziy kompyuterdir. Faylli serverlar va ilova serverlari muhim turlar hisoblanadi.
Ishchi stansiyalar: tabiiy fanlar, matematika, muhandislik hisoblari, loyihalash kabi murakkab proseduralarni yechishga mo‘ljallangan qimmat kompyuterlardir.
Shaxsiy kompyuterlar.Shaxsiy kompyuterlar oxirigi yigirma yil mobaynida jadal rivojlanib keldi. Bunday kompyuterlar bitta ish joyiga xizmat ko‘rsatadi. Qoida bo‘yicha shaxsiy kompyuterda bitta odam ishlaydi. O‘zining kichikligiga qaramay hamda unchalik qimmat bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar katta ishlab chiqarish kuchiga ega. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar 70-yillar katta EHMlaridan, 80-yillar mini-EHMlaridan va 90-yillarning mikro-EHMlaridan ustundirlar. Shaxsiy kompyuterlar {Personal Computer, PC) kichik korxonalarni va ayrim shaxslarni talablarini bemalol qanoatlantiradi.1995 yildan so‘ng Internetning rivojlanishi shaxsiy kompyuterning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Shaxsiy kompyuter yordamida jahon tarmog’idan ilmiy, madaniy, o‘quv va har-xil axborotlarini olish mumkin. Shaxsiy kompyuterlar toifali fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonini avtomatlashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi, shuningdek masofadan o‘qitish jarayonini ham tashkil qilish mumkin. Ular ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga ham o‘z hissasini qo‘shadilar. Shaxsiy kompyuterlar uyda ish faoliyatni tashkil qilishga yordam beradi, bu esa ishsizlikda qo‘l keladi.Yaqin kunlargacha shaxsiy kompyuterlar shartli ravishda ikki kategoriyaga: xo‘jalik ShK va professional ShK. Xo‘jalik modellar, qoida bo‘yicha, kichik ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, lekin ularda rangli grafika va tovush bilan ishlash imkoniyatlari nazarda tutilgan. Profesional modellar esa o‘z navbatida xo‘jalik modellarning xususiyatlarini o‘zlashtirdi, ya’ni multimediya ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchi qurilmalarni o‘z tarkibiga oldi. Multimedia terminalogiyasi deganda aslida ma’lumotlarning bir necha xil toifai bitta hujjatda joylashuvi (matnli, grafika, musiqa va video ma’lumotlar ) yoki shu ma’lumotlar majmuasini taqdim etuvchi qurilmalar to‘plami nazarda tutiladi.