Axborottеxnologiyalari dеb—biror ob’yеkt holati haqidagi yangi, sifatli axborotga ega bo‘lish uchun, birlamchi axborotni yig’ish,qayta ishlash va uzatish vositalari yig’indisidan foydalanish jarayoniga aytiladi.
AKT deganda axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va internet kompaniyalarning yaxlit bir butun texnik tizimini tushunish kerak, ular axborot mahsulotlarini yaratish, ishlov berish, saqlash, tarqatish, ifodalash va foydalanish amallarining tizimli tashkil etilgan ketma-ketligini ifodalaydi. AKT vositalari deganda dasturiy, dasturiy-apparat va texnik vosita va qurilmalar tushuniladi, bu vositalar mikroprotssesorli hisoblash texnikasi, hamda axborotni o‘girish, qayta ishlash, yig’ish, saqlash, almashtirish amallarini bajaruvchi zamonaviy vositalari bazasida ishlaydi. AKTning tarkibi va mohiyatini tushunish uchun uning strukturasini ko‘rib chiqamiz. Olimlar AKT sohalarining bir nechta segmentlar sinflarini ajratadilar, lekin bunda umumiy yondashuv belgilanmagan.
Axborot texnologiyalari sohasi.Yunesko tomomnidan tasdiqlangan ta’rifga ko‘ra Axborot texnologiyalari o‘zaro bog’langan ilmiy, texnologik, muhandislik fanlarining komleksini ifodalaydi. Bu kompkleks axborotga ishlov berish, insonlarning hisoblash texnikasi bilan muloqot qilish, amaliy qo‘llash, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aspektlarini o‘rganishning usullarini o‘rganadi. Axborot texnologiyalari sohasi intellektual va vositachi bo‘lgan elektron xizmatlarni ifodalaydi. Ular apparat ta’minot, dasturiy ta’minot, AT-xizmatlari sohasi, apparat va dasturiy ta’minlash sohalarin o‘z ichiga oladi.
Dasturiy ta’minotning satxlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, tizim dasturiy ta’minot barcha apparat ta’minoti vositalaryni va mavjud dasturlrni uzviy bog’lash funksiyasini bajaradi va axborotni qayta ishlashni ta’minlaydi. Asosiy komponentasini bu yerda operatsion tizim dasturlari tashkil qiladi.
ikkinchidan, uskunaviy(instrumental) dasturiy ta’minot bolib dasturlarni loyihalash, ishlab chiqish va kuzatishga mo‘ljallangan. Bunga dasturiy tizimlar, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlarini va boshqalar kiradi. Uskunaviy(instrumental) dasturiy ta’minot yordamida amaliy dasturlar yaratiladi va foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
uchinchidan, amaliy dasturiy ta’minot bu foydalanuvchilarning masalalarini yechishga qaratilgan vositalar to‘plamidir. Natijada avtomatlahtirilgan ish joylar tashkil qilinadi.
Axborot texnologiyalarini xizmat sohasi–axborot mahsulotlarini to‘plami bo‘lib foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Sohaning asosiy segmentlari:
Loyihalashga qaratilgan xizmat.( loyiha ko‘rinishida faoliyat bo‘lib, foyda olishga yordam beradi. Bu xizmatga quyidagilar kiradi konsalting(loyihalashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, biznes jarayonlarni qo‘llab-quvvatlab mustaqil axborot texnologiyalarini effektif ekspert baholashga mo‘ljallangan. Tizimli integratsiya (bu faoliyat amaliyot tizimlarini, ma’lumotlatlar ombori tizimlari, muloqot vositalari, berilganlarni sozlash, Internetga ulanish ularni o‘rnatish va sozlash) buyurtma dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. Autsorsing-yo‘naltirilgan xizmat - ish yurituvchiga ichki va tashqi servislarni buyuruvchi tomonidan uzatish. Ular infrastrukturani elementlarini qo‘llaydi, dasturiy va texnika vositalaridan foydalaniladi. Bu xizmatning asosiy elementi AT-autsorsingdir. Quvvatlash va treningga qaratilgan xizmatlar-faol AT o‘qitish usullari, bilimlar, ko‘nikmalarni rivojlantirish. Uskunalarni ishlatish va dasturiy ta’minlash sohasi – global ulgurji savdo tarmog’i bo‘lib, dasturiyva apparat ta’minotni tarqatish bilan bog’liq. Buning asosiy maqsadi AKT texnologiyalari har bir insonning ajralmas xossasiga aylanishidir. Axborot texnologiyalari sohasi kompyuter texnikasi, kommunikatsiya vositalarini, dasturiy ta’minotni to‘plami bo‘lib, axborot jarayonidagi masalalarni effektiv tashkil qilishdir.