1-mavzu. Tilshunoslikning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Tilning
8. Til taraqqiyotida adabiy til omili Ma'lumki.til ijtimoiy-ruhiy hodisadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida vositai robita vazifasini bajarsa, ruhiy hodisa sifatida ma'naviy-ma'rifiy jabhaga xizmat qiladi. Tilning har ikkala vazifasi uzviy bog‘langan bo‘lib birgalikda amalga oshadi. Til mazkur vazifalarni bajarish uchun yozma va og‘zaki shakl, shuningdek, sheva, mushtarak va oraliq (qurama) ko‘rinishda zuhur bo‘ladi.
Tilning mushtarak ko‘rinishi sobiq Ittifoq hududida adabiy til deb atalardi. O‘zbek tilshunosligida bu atama hozirgi kunda ham o‘zbek adabiy tili tarzida ishlatiladi. Ayni paytda hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek milliy adabiy tili, shuningdek ixcham tarzda o‘zbek tili atamasi ham qo‘llanadi.
Tilshunoslik tarixida tilning mohiyatini tushunish, uning mushtarak ko‘rinishi (adabiy til)ga munosabat bir xil bo‘lgan emas.
Nazariy tilshunoslik asoschisi Vilgelm fon Humboldt (1767— 1835) tilni mohiyatiga ko‘ra faoliyat, quvvat, aniqrog‘i, ruhiy faoliyat, ruhiy quvvat, tuzilishiga ko‘ra butunlik, tizim (sistema)dir deydi.Uning ko‘rsatishicha, har qaysi til (yoki til oilasi)ning o‘z tuzilishi, sistemasy bor, negaki xalq tili uning ruhiyati, xalq ruhiyati uniig tili demakdir. Shu bilan birga yozuvchi va grammatistlar tilga sayqal berib xalqning o‘ziga qaytaradi, deb yozadi. Bunday adabiy til nazarda tutilgani va uning adabiyot, adabiyotshunoslik bilan ham aloqadorligi anglashiladi.
Struktur tilshunoslik asoschisi Ferdinand de Sossyur (1857— 1913) tilni ishoralar sistemasi deb biladi. Til haqidagi fanni esa ikkiga ajratib ichki va tashqi tilshunoslik deb ataydi, ichki tilshunoslikda tilning tuzilishi (strukturasi), tashqi tilgaunoslikda. xalq va uning tarixi, madaniyati, siyosiy qarashi, adabiyoti bilan aloqasi, adabiy til, sheva kabi hodisalar o‘rganiladi. Sossyurning o‘zi ichki tilshunoslik bilan shug‘ullanganidan uning ta'limotida adabiy til va unga aloqador masalalar e'tibordan chetda qoladi.
Pragalik tilshunoslar ta'limotida til inson faoliyatining maxsuli, muayyan maqsadga xizmat qiluvchi vositalar sistemasidir deya ta'riflanadi. Boshqacha aytganda, til muayyan vazifa (funksiya) bajaruvchi sistema deb qaraladi. Shunga ko‘ra til XX asr birinchi choragidan funksional sistema, til haqidagi fan esa funksional tilshunoslik deb atala boshlaydi. Natijada tilning barcha hodisasi .(unsuri) bajaradigan vazifasi, qo‘llanish maqsadi nuqtai nazaridan baholanadigan bo‘ldi, funksional tilshunoslikda adabiy tilga alohida e'tibor berilib xalq tiliga nisbatan muhimroq vazifa bajarishi ta'kidlanadi, negaki adabiy tilda madaniy hayot va tamaddun (ilmiy, falsafiy va diniy tafakkur, siyosiy va sotsial, adliyaviy va ma'muriy faoliyat) hamda uning natijasi aks etadi. Binobarin funksional tilshunoslikda adabiy tilning ijtimoiy va sotsial vazifasiga katga e'tibor beriladi.
Funksional tilshunoslik tarafdorlari tomonidan adabiy tilning ijtimoiy va sotsial vazifasi uzvli (komponent) tahlilga asoslanib tadqiq qilinadi. Lekin ayrim masala, jumladan adabiy tilning shakllanishi, rivojlanishi, farqlovchi belgilari xususida olimlar hamfikr emas. A.V.Isachenkoning fikricha, adabiy til xalq millat bo‘lib shakllangandan keyingina hosil bo‘ladi. Bunday tilning farqlovchi belgisi to‘rtta: polivalentlik, me'yoriylik (kodifikatsiya), umummajburiylik va uslubiylik. Polivalentlik deganda ijtimoiy hayotning barcha sohasida adabiy til ishlatilishi nazarda tutilsa, umummajburiylik deganda jamiyatning barcha a'zosi tomonidan adabiy til qo‘llanishining majburiyligi, adabiy til me'yorlariga hammaning barobar rioya qilishi tushuniladi. Aniqroq qilib aytganda, faqat yozma emas, og‘zaki nutqda ham ma'lumoti, yoshi, qaysi tabaqa, shevaga mansubligidan qat'iy nazar barchaning adabiy tildan foydalanishi talab etiladi. Mazkur belgilardan birortasi shakllanmagan bo‘lsa adabiy tilning mavjudligi inkor etiladi. Bunday talab ham yozma, ham og‘zaki shakli yuksak rivojlangan milliy tillarnigina adabiy til deb atash imkonini beradi. Sho‘ro germanisti M.M.Guxman va uning izdoshlari adabiy tilning Xususiyatini belgilashda boshqacha yo‘l tutadi. Bu olimlar masalaga ijtimoiy-tarixiy hamda tipologik nuqtai nazardan yondashib adabiy tilning millat bo‘lib shakllanmagan xaliuuarga ham xosligini ko‘rsatadi. Natijada adabiy tilning ikki bosqich va ikki xil ko‘rinishi borligi e'tirof etiladi: xalk, adabiy tili va millatning adabiy tili (milliy adabiy til).
M.M.Guxmanning ko‘rsatishicha, adabiy tilning birinchi ko‘rinish iga xos belgi uchta: ish lov berilganlik (obrabotannost yazыka), tanlanganlik (otbor) va qoidaviylik (reglamentatsiya) [71,506]. Birinchi belgining mavjudligi qolgan ikki belgini taqozo etadi, negaki ikkinchi belgi shevalarga xos so‘e va shakldan ayrymini tanlab ishlatishni bildirsa, uchinchi belgi mazkur so‘z va shakllarning qo‘llanishi qoidaga aylanganligi, an'anaviy tus olganligini anglatadi. Bu belgilar ikkinchi bosqichda qat'iy qoidalashtirilganlik (kodifikatsiya) va. umummajburiylik tusini oladi. Natijada ular A.V.Isachenko e'tirof etgan tarzda namoyon bo‘ladi.
Tipologik tahlilga asoslanib M.M.Guxman adabiy tilning boshqa farqlovchi belgilari (polivalentlik va uslubiylik) ham barcha adabiy tilda yoki bir tilning o‘zida birdaniga emas, asta-sekyn shakllana boradi deb yozadi. Negaki mazkur belgilar tarixiy shart-sharoit, ya'ni xalq iqtisodiy, siyosiy va madaniy birlashishining sur'atiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra polivalentlik va u bilan bog‘liq umumiy, mushtarak til Angliya, Fransiyada XVI — XVII, Rossiyada XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida, Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib shakllanadi. Arab mamlakatlari va Italiyada hozirgi davrda ham adabiy til polivalent xususiyatga ega emas. Arablar adabiy tilni faqat oilada emas, inida ham qo‘llamaydi, uning o‘rniga mahalliy oraliq til ( adabiy til va sheva qorishmasi) ishlatiladi. Ayni paytda xududiy shakllar adabiy til sohasi bo‘lgan radio, televidenie, teatr, kinoga ham kirib borgan [63,36]. Italiyada bo‘lsa adabiy tilning og‘zaki shaklida max,alliy sheva ta'siri kuchli, adabiy tilning yozma ko‘rinishi esa notabiiy hisoblanadi. Polivalentlik ma'lum tarixiy, siyosiy shart-sharoit taqozosi bilan ham cheklangan tarzda namoyon bo‘ladi. Bunday holda adabiy til ijtimoiy hayotning ayrim sohasida ishlatilmaydi. Masalan Chexiyada 1781 yilda nemis tiliga davlat maqomi berilgandan keyin milliy zulm ta'sirida chex tili asosan adabiy tilda gapirmaydigan qishlok, aholisi tomonidan qo‘llanadi [92,15]. Hindistonda ham shunga yaqin hol xoz beradi. Uzoq davom etgan ingliz 'hukmronligi davrida davlat idoralari, ish yuritish, savdo, iqtisod, maktab, universitet va fanda ingliz tili qo‘llanadi. Holbuki ingliz tilida atigi ikki foiz aholi erkin so‘zlasha olgan. Akademik V.V.Vinogradov masalaga boshqacha nuqtai nazardan yondashganligidan xalq og‘zaky ijodi adabiy til doirasidan chetda qoladi. Bunday holda Gomer dostonlari, O‘rta Osiyo xalqlari folklori, olmon shpilman, minnezingerlarining ijodi adabiy til namunasi hisoblanmaydi. Prof. M.M.Guxmanning fikricha esa yuqori darajada ishlov berilganlik, muayyan mezonlarga asoslangan so‘z tanlash va qoidaviylik (reglamentatsiya), an'anaviylik xos bo‘lganidan bunday asarlar tilini adabiy tilning og‘zaki ko‘rinishi hisoblash zarur.
1 Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари. 5А220102 - “Лингвистика” (ўзбек тилшунослиги) магистрантлар учун ўқув қўлланма. – Т., 2008.
2 Потебня А.А. Теоретическая поэтика.- М.: Высшая школа, 1990.