AT-250 3-KURS XAKIMOVA MUSHTARIY reja: - Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillari
- Milliy o’z-o’zini anglash
- Tarixda- Vatan va xalq manfaati yo’lida fidoiylik va insonparvarlik g’oyalari
- I.A.KARIMOV MILLIY GO’YANING JAMIYAT TARAQQIYOTI UCHUN ZARURLIGI TO’G’RISIDA
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar har bir inson yoki shaxsning xususiyatlari dunyoqarashi, shunga mos bo’lgan tafakkuri, turmush tarzi, milliy ong, o’zligini anglaganligi alohida ahamiyatga ega. Milliy an’analarga, tarixi, ona tili, madaniyatiga munosabati, ruhiyati, e’tiqodi, sadoqati bilan vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’ulari va milliatning sha’ni, qadr-qimmatatini hurmat qilishda namoyon bo’ladi.
Fuqarolarda milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillarga zid bo’lgan yot va begona, zararli g’oyalardan saqlanishga, unga nisbatan fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish, unga nisbatan doimo tayyor bo’la olish immunitetini shakllantiradi. Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar mamlakatning oldida turgan ulug’ bunyodkorlik ishlaridan ko’zlangan asosiy maqsad insonlarning erkin va farovon hayotga erishishi, ozod va obod Vatan qurish yo’lida har bir kishi uchun harakat yo’nalishi bo’lishga qaratilgan. Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar voqea-hodisalarni bilish, tahlil etish, ularga baho berishga imkon yaratib, bir qator ilmiy tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi.
Milliy g’oya – xar bir millatga vakilining istedodi solhiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq faravonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Milliy o’z-o’zini anglash – har bir millatning o’izini xaqiqiy mavjud sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligni, yagona til urf-odatlar, an’analar, qadiryatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o’z o’zini anglash deyiladi.
Millatning milliy o’zligini anglash tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Milliy qadryatlar: til,tug’ulib o’sgan joy, madaniyatga sodiqlik
Milliy manfaatlarni tushunib yetish
Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish
Milliy birlikni boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib yetish
Vatanparvarlik
Prezident I.A.Karimov bayon etishicha: “O’zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman.”
Xar bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qaxramonlar va fidoiy insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To’maris, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Munguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari-buyuk g’oya sohibalaridir.
Ming yillar o’tsa ham, ulug’ ajdodlarimizning matonati va qahramonligi xalqning xotirasidan o’chmaydi. Chunki ular yuksak g’oyalar-Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu fan rivoji yo’lida jon fido qilganlar. Ahmad Yassaviy butun umrini xalq ishqida o’tkazganda ham, Najmiddin Kubro mo’g’ul bosqinchilariga qarshi jang qilganda ham ulug’vor g’oyalar ularga sabr bardosh va matonat ato etgan.
Mavorounnahrda (hozirgi O’zbekiston hududida) islom dinining tarqalishi xalqning yagona maslakka birlashtirishdek tarixiy vazifani bajardi. IX-XII asrlarda somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o’zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Muhammad Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Fparg’oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy kabi allomalarining o’lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar: Hoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq g’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro; muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g’oyalari, adolat xaqidagi kurashlar jamiyatning ma’naviy-ahloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu g’oyalar Vatan va xalq manfaati yo’lida fidoiylik va insonparvarlik ulug’ladi. Ular milliy-ma’naviy qadriyatlar sifatida xalqimiz madaniyati, adabiyoti va san’atida, jumladan, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedilar ijodida chuqur o’rin egalladi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlagani kabi: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayquradigan millat hech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. Mafkura bo’lmasa, milliy g’oyasiz xar qaysi davlat va jamiyat, qolaversa, har qaysi inson o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar, shunday ekan milliy g’oya jamiyat taraqqiyoti uchun zarur va shart”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- MILLIY G’OYA ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR. T.O’zbekiston 2000
- I.A.Karimov asarlari
- www.google.com
- www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |