Hamroh yoki xayrihoh maxsulotlarga iste’molchiga asosiy maxsulotdan foydalanish uchun zarur bo’lgan xizmatlar va tovarlar kiradi. Masalan birinchi toifadagi mehmonxonalar, joylardan tashqari xonalarda telefonlar, restoran, kir yuvish, ximchistka xizmatlarini taklif qilishi lozim.
Xizmat turlari chegaralangan “Ekonom” toifasidagi mehmonxonalarda xizmatlar faqat kelish va ketishda ro’yxatdan o’tkazish va telefon avtomatlarini taklif qilish bilan chegaralanib qolishi mumkin. Maxsulotni loyihalashtirish uchun maqsadli bozorni va unga hamroh bo’lishi lozim bo’lgan xizmatlarni tushunish talab qilinadi.
Asosiy maxsulot unga hamroh bo’ladigan xizmatlarni talab qiladi, lekin qo’shimcha xizmatlarni emas. Qo’shimcha yoki yordamchi maxsulotlarga asosiy maxsulotga qo’shimcha foyda keltiruvchi va boshqa raqobat qiluvchi maxsulotlardan ajratib turuvchi maxsulotlar kiradi. Mehmonxonalarda mijozlarni jalb qilishga yordam beruvchi qo’shimcha xizmatlarga biznes markazlar yoki salomatlik zallari kiradi. Bitta bozordagi hamroh maxsulot o’rtasidagi farq, boshqa bozorda qo’shimcha maxsulot bo’lishi mumkin.
Masalan, mehmonxonada yashayotgan oilaga kir yuvish xizmatlari, ximchistka zarur bo’lmasa, xizmat safariga ketganlar aynan shularni ko’zlab joylashadi. Hayatt mehmonxonalar tizimi birinchilardan bo’lib, o’z mijozlariga yuvinish vositalari: shampun, konditsioner, va hohishiga ko’ra turli sovunlarni taklif qildi. Mazkur qulayliklarni kiritib ular asosiy maxsulot, joylarni sotishga yordam berdilar. Bugungi kunga kelib mazkur qulayliklar yirik mehmonxonalarda hamroh maxsulotlardan biriga aylandi. Boshqa mehmonxonalar ham mana shu tajribani o’zlarida qo’llay boshladilar, natijada mijozlar mazkur toifadagi mehmonxonalarda aynan ana shunda paket taklif qilinishiga o’rganib qoldilar. Xizmatlarning bir sutkada o’rta xisobda 225000 $ xarajatni talab qiluvchi ana shunday paketini ishlab chiqishdan oldin Hilton kompaniyasi ikki yil davomida o’z mijozlarining iste’mol qilish belgilar va o’ziga xos tomonlarini o’rgandi.
Raqobatchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish qiyin bo’lgan qo’shimcha maxsulot ishlab chiqarilganda a’lo bo’lar edi. Bunda qo’shimcha maxsulot ustalik bilan joriy qilinishi lozim. Ko’zlangan samarani berishi uchun ular mijozlarning ishonchlarini oqlashi va undan ham yuqoriroq bo’lishi lozim.
Biror turistik maxsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudot kabi tug’iladi, yashaydi va yo’q bo’ladi. O’rtadan yo’q bo’lishning turli xil sabablari bordir: texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo’lmagan juda yuqori narx va qiymat yo’qotish. Bir maxsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan keyin 4 ta davrni boshdan kechiradi.
1. Bozorga kirish davri
2. Rivojlanish davri
3. Saqlanish davri
4. Tushish davri.
Bu davrlarning muddatlari maxsulot yoki xizmat turlariga ko’ra va korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko’ra xilma-xillik ko’rsatadi. Mehmonxona xo’jaligida o’rtacha umri 10 yildir. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun esa vaqtinchalik moddalardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir.
1. Bozorga kirish davri: YAngi taqdim qilingan maxsulot yoki xizmat bozorga kiradi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, maxsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi orqali talab yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Iste’moldagi maxsulot yoki xizmat bozorda o’zining ishonchini kutadi. SHunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o’rganish, kapital qarorlarini berishni bilish kerakdir.
2. Rivojlanish davri: Bu davrda sotishlar kutilmagan darajada ko’payadi. YAna bu davrda, raqobat hodisasi o’zini ko’rsatadi yoki taqlidchilar o’xshash maxsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar maxsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish bo’ladi tannarx va sotish maxsulotlarda yuqori bo’lib, bozor to’lqinlaridan ta’sirlanadi. YAngi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar va banketlar tashkillashtiradigan davridir.
3.Saqlanish davri: Turistik maxsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan davrdir. YAngi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir, qo’lga kiritgani bozor bo’limini mumkin bo’lgan qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu davrda turizm muassasalari, har bir narsaning yaxshi sotilgani va muddatli bo’lishini tushinadilar. Maxsulotlar o’zini yangilamagani taqdirda bozordan chiqish tahlikasi bilan yuzlashadilar. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayish ko’rsatadi.
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining ratsionallashishi va sotish hajmining ortishi oqibatida bir xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi kamayish.
b) o’xshash xizmatlar uchun bozorda narx kurashini boshlagan raqiblarning o’rtaga chiqishi.
v) muassasaning o’rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridor mexanizmining kengayishi.
4. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagani davrdir, yangi xizmat va maxsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo’lgani davridir. Xaridor mavjud maxsulotni tark qilishni boshlaydilar. Tushish davrini tijoriy foyda olishning kamaygan bir davri deyish noto’g’ridir. CHunki korxona, ma’lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo’sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish davrida yomon bir boshlang’ich, maxsulotning kelajagini tahlikaga qo’yadi. Saqlanish davri, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq muddatli bo’la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta’sirli rol o’ynay oladi. Xaridorlar ko’pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari bo’lgan turistik muassasalarni, maxsulotlarni ma’qul ko’radilar.
Dostları ilə paylaş: |