1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja


Turmaxsulot to’g’risida tushuncha, uning hayotiy bosqichlari, turlari



Yüklə 278,35 Kb.
səhifə18/84
tarix15.02.2022
ölçüsü278,35 Kb.
#52596
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
rg4rtg

2. Turmaxsulot to’g’risida tushuncha, uning hayotiy bosqichlari, turlari.
Maxsulot - bu bozorda iste’molchilarga sotib olish uchun, iste’mol qilish yoki foydalanish uchun taklif qilish mumkin bo’lgan va talab yoki ehtiyojni qondira olish imkoniga ega bo’lgan narsalarning jamlamasidir. U jismoniy ob’ektlar, xizmatlar, joylar, tashkilotlar va g’oyalarni o’z ichiga oladi.

Turistik maxsulot-korxonalar tomonidan bozorda taklif qilinishi mumkin bo’lgan uchta asosiy taklifni qamrab oluvchi tushunchadir.

1. Turlar, sayohat qilishning bosh maqsadiga xizmat qiluvchi xizmat turlarining majmui (joylashtirish, ovqatlantirish, transport, maishiy, turistik, ekskursion, madaniy-oqartuv va h.k.). Mazkur maqsadlar turlicha bo’lishi mumkin, lekin albatta mijozlarda qiziqish uyg’otmoqligi va ularni mazkur turni sotib olishga undamog’i lozim.

Turlar va sayohatlarning quyidagi guruhlari mavjud:

a) bilish turlari, turistlarni turistik hududlardagi aholining hozirgi kundagi turmush tarzi, tabiati, tarixi, me’moriy yodgorliklari bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan (turlar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin).

b) qiziqishiga ko’ra turlar, o’z qiziqishlariga ko’ra dam olishni istagan majozlarga mo’ljallangan.

v) sport-sog’olomlashtirish turlari normativ talablarni tashkil qilish va topshirishni ko’zda tutadi.

Bu mijozlarning qiziqishlariga muvofiq turlarning taxminiy toifalarga bo’linishi.

Undan tashqari harakatlanishning turli vositalari (yayov, avtomobilda, avtobusda, avia, turli hayvonlar yordamida va h.k.) turlarning ko’rinishlarini ko’paytirishga xizmat qiladi, ular qisqa muddatli va ta’til vaqtiga mo’ljallangan bo’lishi ham mumkin.

Dam olish kunlariga mo’ljallangan turlar ham ishlab chiqish mumkin. Mijozlarning qiziqishlari va talablariga qarab, ularning to’lov qobiliyatlariga qarab har xil ko’rinishdagi turlar ishlab chiqish mumkin. Mazkur omillar haqida ma’lumotlar ijtimoiy uslublardan foydalangan holda olinadi.

2. Turistik korxonalar tomonidan ko’rsatilayotgan turli ko’rinishdagi turistik-ekskursion xizmatlar ham turistik maxsulot ko’rinishiga kiradi. Ushbu xizmatlar turistik korxonalar yoki boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ko’rsatilishi mumkin. Bunda turistik korxona vositachi bo’lib, xizmatlar turistlarga va talab bo’lgan hollarda mahalliy aholiga xak olish yo’li bilan xizmat ko’rsatiladi. Turistik korxonalar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning quyidagi ko’rinishlari mavjud: joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ma’lumot berish, maishiy, savdo, turistik, ekskursion, madaniy-oqartuv, jismoniy-sog’lomlashtirish. Hozirgi kunga kelib turistik-ekskursion xizmatlarning, turistik xo’jalikda joriy qilish mumkin bo’lgan 400 dan ortiq ko’rinishi ishlab chiqilgan.

3. Turistik-estalik tovarlari turistik maxsulotning bir bo’lagini tashkil etadi. Ular o’ziga xos bo’lgan (kartalar, otkritkalar, estalik sovg’alari, turistik anjomlar va h.k.) va o’ziga xos bo’lmagan, doimiy yashash joyida taqchil bo’lgan tovarlardan tashkil topadi. Turistik maxsulotning aynan mana shu qismiga turistlar katta mablag’ sarflaydilar. Turistik korxonalar savdo funktsiyalarini bajar turib, turli tovarlarni ishlab chiqaruvchi va ularni sotishda vositachi sifatida ham chiqishlari mumkin. Turistlar va mahalliy aholi uchun mo’ljallangan xizmatlar va tovarlardan tashkil topgan turistik maxsulot haqidagi asosiy tushunchalar shulardan iborat.

Mehmonxona biznesi menejerlari maxsulot haqida to’rt darajada o’ylashlari lozim: asosiy maxsulot, hamroh maxsulot, qo’shimcha maxsulot, keng ma’nodagi maxsulot.


Yüklə 278,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin