larda yangi turizm yo'nalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yo'nalishlari va turizm obъektlari bo'yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirishga yo'naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; – turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm bo'yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari – turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, O'zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konventsiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish; – respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obъektlarini – mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obъektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yo'nalishlari bo'yicha yoъl-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini, yoъlbo'yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruktsiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish; – xalqaro turizm rivojlanishi tendentsiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo'llanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ'ibot qilish bo'yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, internet tarmog'idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o'tkazish yo'li bilan turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish; – turizm tarmog'i uchun, ayniqsa, menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya etakchilari) tayyorlash,