1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə30/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Gulzorimizda qanday gullar ochilib turibdi?
-Atirgulning hidi qanday ekan?

-Qaysi gullarni hidlab nomini ajratdik?

-Gullar haqida qanday topishmoqlar aytdik?

Mavzu: Baxor havosi, baxorgi yomg’ir
Maqsad: Bolajonlarga yil fasllari haqida tushuncha berish. Baxor faslining xavosi, baxorgi yomg’ir uning tarovati haqida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jixozlar va materiallar: Mavzuga oida rasimlar, tarqatmalar.
E’tiborga molik jixat: Bahor fasli haqida bilimlarini oshirish
Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana qishning sovuq izg’irinli kunlari ortda qolib, ko’nglimizning yashnatib uyg’onish, yasharish fasli baxor kirib keladi. Bolajonlar baxor faslini hammamiz yaxshi ko’ramiz-a, baxor faslida tabiatimiz uyg’onadi, daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Baxor faslining elchilari bo’lgan binafsha, boychecha, lolaqizg’aldoqlar ochiladi. Bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman kim chqqonlik va epchillik bilan topar ekan.
Yerda asta unadi
Ilk baxorda kuladi (Boychechak)

Erta baxor qizginam


Tog’da yoydi qizil gilam (Lola qizg’aldoq)

Bor rang-barang to’rt gilam


Xizmatga shay to’rti ham
Navbat bilan toshalar
Qani kim topa olar (Fasllar)

Bolalar bilan birgalikda topishmoqlar javobini topamiz. Baxor faslida tabiatimiz juda o’zgaruvchan bo’ladi, tez-tez yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, chaqmoq chaqadi.


Qora parda sokiladi
Ichidan suv tokiladi (Yomg’ir)

Yorug’i bor, dovrig’i bor


O’zi yo’q ovozi bor (Chaqmoq)

Bolajonlar yomg’ir tinib quyosh chiqqanda so’ng musaffo osmonimizda nima paydo bo’ladi.


Chiziladi ko’kda qalamsiz
Har xil bo’yoq rassomsiz (Kamalak)
Bolajonlar yomg’irni hammamiz yaxshi ko’ramiz, yomg’irdan so’ng xavo toza musaffo bo’ladi, tabiatimiz suvga to’yinadi.
Bolajonlar yomg’ir haqida she’rlar yod olganmiz bir eslab olaylik.

Men tomchiman, tomchiman


Bulutlardan tushaman
Osmonimda men sakrab
Yerga o’ynab tushaman
Juda ham quvnoqdirman
Koptokdayin dumalayman
Yomg’irman yog’ilaman
Tomlardan tomchilayman

Bolajonlar quvnoq tomchining gaplarini eshityabsizlarmi, biz yomg’irni qancha sevsak u bizdan hursand bo’lib yana she’rlar aytib beradi.


Bolajonlar kelinglar endi birgalikda “Yomg’ir va quyosh” o’yinini o’ynaymiz, o’yinda 2-3 marta takrorlab, mashg’ulotda aktiv qatnashgan bolalarni shirin so’zlari bilan rag’batlantirish, mashg’ulotni mustaxkamlab yakunlaymiz.



Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin