1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


Reja: “Gulzordagi gullarni kuzatish” mavzusi bo’yicha o’yinli ta’limni tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə29/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

Reja:
  1. Gulzordagi gullarni kuzatish” mavzusi bo’yicha o’yinli ta’limni tashkil etish.


  2. Go’zal bahor” oy mavzusi bo’yicha o’yinli ta’lim faoliyati.




Mavzu: Gulzordagi gullarni kuzatish

Maqsad:Bog’cha maydonchasidagi 4-5 ta gulning nomini bilish, ularning hidi, rangi, shakliga qarab ajrata olish hamda ularning tanasi, barglari, gulbarglarini farqlay bilish. Tabiat go’zalligidan zavqlana olish, bolalarda ularni asrab-avaylash xohishini tarbiyalash.

Kutilayotgan natija:

Bog’cha maydonchasidagi 4-5 ta gulning nomini biladilar, ularnngi hidi, rangi, shakliga qarab ajrata oladilar, ularning tanasi, barglari, gulbarglarini farqlay biladilar.



Zarur jihozlar: o’simliklarning 2-3 turi o’sadigan gulxonani tanlash, gulxona atrofiga bolalarga gullarning hammasi ko’rinadigan holatda joylashtirish.

Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarni muassasa hovlisidagi gulzor oldiga olib boradi. Bolalarga bir dam diqqat bilan gulzorni tomosha qilishni va u yerda qanday gullar o’sayotganini aytib berishni taklif etadi, keyin bolalarga shunday savollar bilan murojaat qiladi:
Bolalar hozir yilning qaysi fasli? (Bolalar-

ning javoblari.)


To’g’ri. Hozir bizning o’lkamizda kuz fasli. Ob-havo qanday? (Bolalarning javoblari.)
— To’g’ri, kuz fasli bo’lishiga qarmay bizda hali issiq, quyosh charaqlab turibdi, shuning uchun gulzorimizda xilma-xil gullar ochilib turibdi. Aytinglarchi, gulzorimizda qanday gullar ochilib turibdi. (Bolalarning javoblari.)
— Balli bolalar. Gulzorimizda atirgul, chinnigul, kartoshkagul, sallagullar ochilib turibdi. Ammo,ular bir xilmi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi bolalarning javoblarini to’ldiradi, keyin esa atirgulni ko’rsatib, uning nomini so’raydi va atirgul haqidagi suhbatini boshlaydi.
— Bolalar mana bu atirgulning tanasi, u juda tikanli. Mana bu nima? (Bargi.) Atirgullar qanday rangda bo’ladi?
To’g’ri, atirgullar qizil, sariq, pushti, och sariq rangda bo’ladi. Qaranglar, atirgulning gulbarglari qanday ekan? (To’kilgan gulbarglarini terib bolalarga
beradi)
Tarbiyachi 2—3 dona atirgulni kesib, gulning hidi qandayligini bilish uchun bolalarga hidlashga beradi. Keyin tarbiyachi bolalarning diqqatini kartoshkagulga qaratadi. Bolalar uni ko’radilar va atirgul bilan taqqoslaydilar: tanasi, bargi, guli, gulbargi, rangidagi farqlarni so’z bilan ifodalab, gapirib beradilar.
Tarbiyachi bolalarning gaplarini aniqlashtirib, to’ldiradi.
SHunga o’xshash yana 1—2 gulning turini ko’rib chiqadilar.
— Endi bolalar, gullarni hidiga qarab aniqlab ko’ramiz. (Bolalardan birining ko’zini yumdirib, unga birorta gulni hidlatadi va undan hidlagan gulining nomini so’raydi.)

Mashg’ulot oxirida guldasta tayyorlash, shuningdek, gullar haqida topishmoqlar aytib, mashg’ulotni tugatish mumkin.



Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin