11-mavzu: ASOSIY XO‘JALIK JARAYONLARINI HISOBGA OLISH USLUBIYOTI 1. Xo’jalik jarayonlari necha turga bo’linadi? *A) uch
B) to’rt
C) besh
D) ikki
2. Asosiy xo’jalik faoliyati qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi? *A) Miqdoriy va sifatiy
B) Ishlab chiqarish va sotish
C) Hosildorlik va mahsuldorlik
D) Obyektiv va subyektiv
3. Ta’minot, ishlab chiqarish, sotish – bular? *A) xo’jalik jarayonlari
B) kalkulyasiya obyektlari
C) davr xarajatlari
D) xarajat moddalari
4.Ta’minot jarayonida qanday ishlar amalga oshiriladi? *A) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan aktivlar, shu jumladan, asosiy va aylanma aktivlar sotib olinadi
B) ishchi kuchi yordamida aktivlardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqariladi yoki ish va xizmatlar bajariladi
C) mahsulot (ish, xizmat) sotiladi va pulga aylantirilib, kelgusi jarayonni boshlash uchun sharoit yaratiladi
D) mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuziladi
5.Ishchi kuchi yordamida aktivlardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish yoki ish va xizmatlar bajarish qaysi xo’jalik jarayonida amalga oshiriladi? *A) ishlab chiqarish jarayonida
B) ta’minot jarayonida
C) sotish jarayonida
D) barcha xo’jalik jarayonlarida
6.Sotish jarayonida qanday ishlar amalga oshiriladi? *A) mahsulot (ish, xizmat) sotiladi va pulga aylantirilib, kelgusi jarayonni boshlash uchun sharoit yaratiladi
B) ishchi kuchi yordamida aktivlardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqariladi yoki ish va xizmatlar bajariladi
C) mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuziladi
D) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan aktivlar, shu jumladan, asosiy va aylanma aktivlar sotib olinadi
7. Tovar-moddiy zahiralari qaysi BHMA bilan tatibga solinadi? *A) BHMA 4-son
B) BHMA 1-son
C) BHMA 3-son
D) BHMA 5-son