1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja


Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti



Yüklə 80,24 Kb.
səhifə2/13
tarix02.12.2023
ölçüsü80,24 Kb.
#171234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti-fayllar.org

2. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.

XVI asrda fransuz olimi J. Skaliger tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni


amalga oshirdi. U yulian uslubidagi solnomalar tahririni ishlab chiqadi.
1583-yilda J. Skaliger «Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot» nomli
ими ini с’Ion qiladi. 1582-yilda italyan olimlari A. Liliya va I. Danti yangi
knlendarni tuzib chiqadi. Bu kalendar tarixda Grigoriy kalendari nomi
Inlan shuhrat qozonadi. XVII asrda fransuz monaxi D. Petavi ham vaqtni
hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi.XVIII asrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid ko'plab tadqiqotlar olib borgan. «Rossiya tarixi» kitobining birinci jildida V.N. latishev yozgan maxsus bir bob «Yilning boshida vaqtni hisoblash»

deb nomlanadi. Bu davrda M. V. Lomonosov, M.M. Sherbatov, I.N. Boltin va


Л.1.. Shleser xronologiya bilan jiddiy shug'ullandilar. XVIII asrga kelib
Ycvropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi. Bunga bir qator
ungliyalik matematik va astronomlar o'z hissasini qo‘shdilar. XVIII asr
o'rtalarida lord Chesterfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy
kalendari qabul qilindi.
1825-1826-yillarda nemis astronomi X.L. ldeler tomonidan yozil-
gnn ikki jildlik «Matematik va texnik xronologiya», L. Brossening
«Xronologiya texnikasiga doir» (SPb., 1868), F. Kaltenbrunnerning «Gri­
goriy kalendari islohoti tarixidan» (Vena, 1876), О. E. Gartmanning
«Rim kalendari» (Leypsig., 1882), Y.I. Makdonaldning «Xronologiya va
kalendar» (London., 1897) asarlari xronologiya fanining taraqqiyotida
asosiy o'rinni egalladi.
«Rossiya davlati tarixi» kitobining birinchi jildida N.M. Karamzin
Oadimgi Rusda yil hisobi to‘g‘risida ma'Iumot beradi. XIX asrning
birinchi yarmida V. Shteyngel va K. Trominlar yilnoma va kalendar
masalasini tadqiq qiladi. P.V. Xavskiy Rusda yilnomalar tarixiga oid
tadqiqotlar va yulian kalendarini Grigoriy kalendariga taqqoslashga
doir xronologik jadvallarni tuzadi. 1850-yilda D.M. Perevoshikovning
«Pravoslav cherkovida qabul qilingan vaqtni hisoblash qoidasi» nomli
kitobi nashr qilindi. XIX asr oxirlarida D. I. Prozovskiy nasroniylikkacha
bo'lgan davrda slavyan-rus vaqt hisobi va Qadimgi Rusda soatni hisoblash
asoslarini ishlab chiqdi.
XX asrga kelib xronologiya tarixning asosiy yordamchi fanlaridan
hiriga aylanadi. Bu davrda Quyosh. Oy-quyosh va Oy kalendarlariga doir
tadqiqotlar yuzaga keladi. 1906-1914-yillarda nemis olimi F. Ginsel uch
iilddan iborat «Matematik va texnik xronologiya» nomli kitobini yozadi.
Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E. Meyer (1904), R. Parker
(1950) Misr kalendarlari), M.M. Underxil (1921)hindlarda xronologiya
lani, M. Maler yahudiy kalendarlari. S.G. Morley (1954) maya xalqlarida
vaqt hisobi, X. Mitsman Rim xronologiyasi (1957), E. Bikerman qadimgi
dunyo xronologiyasi (1966), R. Noygebauer, A.E. Shtamp, V. Grumel kabi
tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadqiqotlari
katta ahamiyat kasb etdi.XIX asr oxirlarida Rossiyada Yulian kalendarini

isloh qilish bo;yicha


maxsus komissiya tuziladi. Unga mashhur olim D. I. Mendeleyev
boshchilik qiladi. XX asr boshlarida xronologiya faniga oid ko‘plab ilmiy
tadqiqotlar olib borildi. N. V. Stepanov «Yangi uslub va provaslav pasxasi»
(1907) nomli kitobida yangi kalendarga o‘tish zaruratini ta’kidlaydi. Olim
tomonidan 1909—1915-yillarda rus solnomalari kalendari, Qadimgi Rus
yil hisobi, mart va sentabr ultramart uslublari o'rganiladi va tadqiqotlar
jamlanib, 1917-yilda «Kalendar-xronologiya ma'lumotnomasi» nashr
qilinadi.
1918-yilda Rossiyada Grigoriy kalendari qabul qilinadi. Natijada
yangi kalendar sistemasiga oid ko'plab ilmiy-ommabop tadqiqotlar
olib boriladi. I.F. Polak «Kalendarning o‘zgarishi» (1918) va «Vaqt va
kalendar» (1928), O. A. Doblash-Rojdestvenskiy «Insonlar qanday qilib
yilni hisoblashni o‘rganadilar» (1922), N. I. Idelson «Kalendar tarixi»
(1925), M. Mate, N. Sholkolarning «Hozirgi, o‘tmishdagi va kelajakdagi
kalendarlar» (1931) kabi asarlari o'sha izlanishlar mevasidir.
1938-yilda V. K. Nikolskiyning «Bizning yil hisobimizning paydo
bo'lishi», 1941-yilda L. Klimovichning «Bayramlar va islom ro'zalari»
nomli kitoblari nashr qilinadi. N. G. Berejkovning «XV asrgacha bo'lgan
rus solnomalari xronologiyasi» nomli maqolasi va «Rus solnomalari
xronologiyasi» (M., 1963) nomli monografiyalari xronologiya faniga oid
muhim taqiqotlardan biridir. Muallif rus solnomalarida mart, sentabr
va ultramart uslublarida berilganligini isbotlaydi va rus solnomalari
xronologiyasini o’rganishning uslublarini ishlab chiqadi.
1954-1956-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida yanada mu-
kammal va barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan yangi kalendarni
yaratish masalasi muhokama qilinadi.’ Natijada bir qator mamlakatlarda
kalendarlarning astronomik asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga
oid ilmiy tadqiqotlar yuzaga keladi. Jumladan, G. D. Mamedbeyli (1961),
I. A. Orbeli (1961) musulmon yil hisobi, M.R. Rahimov tojiklarda yil
hisobi (1957) va G. Mcherlidze qadimgi gruzin yil hisobi bo‘yicha
tadqiqotlar olib boradilar


Yüklə 80,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin