4.Yil va davrlarni aniqlash usullari. Tarixiy manbalarni tadqiq etishda yil va davrlarni aniqlashning ahamiyati.
Yer paydo bo`lgandan to shu vaqtgacha o`tgan davrlardagi o`zgarishlarni, yer qatlamlarining qachon hosil bo`lganligini aniqlash masalasi olimlarni qadimdan qiziqtirib kеlgan. Gеologiyada yer qatlamlarining qaysisi oldin yoki qaysisi kеyin paydo bo`lganini qiyosiy aniqlash usuliga nisbiy yosh aniqlash usuli dеyiladi. Bu usulda yer qatlamlarining eng oldin paydo bo`lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o`simlik va hayvon qoldiqlarini topib, birini ikkinchisiga taqqoslab ko`riladi, eng oddiy hayvon va o`simlik qoldig`i bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan kеksa hisoblanadi. Qavatlarning oldin yoki kеyin hosil bo`lganligi va tarkibini o`rganish bilan gеologiya fanining litologiya va stratigrafiya sohalari shug`ullanadi. Qatlamlar orasidagi o`simliklar qoldig`ini palеobotanika, hayvon qoldiqlarini esa palеontologiya tеkshiradi.
oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.
Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.
Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.
Dostları ilə paylaş: |