1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə24/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#207804
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org

Daromad turdari


Tarkibi va mazmuni


rasmiy
daromadlar

davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari)




qonuniy norasmiy daromadlar


birlamchi (qishloq xo‘jaligi),


ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va hokazo)


uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo) sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad


xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar, reketirlar va boshqalar mehnatidan) va transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad)

Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish muhimligini asoslab turib K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan, uyushgan mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini faqatgina yarmini qamrab oluvchi” rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat etdi.

K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada bandlik to‘g‘risida jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi asosiy ilmiy paradigma sifatida talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi:
“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:

  1. kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);


  2. shaxsiy resurslarga tayanish;


v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;


g) faoliyat miqyosining kichikligi;
  1. mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;


  2. rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;


j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi.


Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez- tez tartibga solinib turiladi va ayrim hollarda faol bostiriladi.
Rasmiy sektordagi faoliyat xususiyatlari norasmiydagiga qarama-qarshidir:
  1. kirish murakkab;


  2. tashqi resurslarga muntazam ravishda muhtoj bo‘lish; v) korporativ egalik qilish;


g) keng miqyosda faoliyat yuritish;


  1. kapital intensiv, ko‘pincha import texnologiyalar;


  2. rasmiy olingan ko‘nikmalar;


j) bozorlar proteksionistik himoya ostida (tariflar, kvotalar, savdo litsenziyalari yordamida)” (7.1.2-jadval).


“Uchinchi dunyo” muammolari bo‘yicha ingliz mutaxassisi Rey Bromler Norasmiy sektor konsepsiyasini jadallik bilan keng tarqalishini tushuntirayotib K.Xart tomonidan taklif etilgan “terminologiya va u bilan bog‘lik konsepsiya kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lgan”7ini qayd etgan edi. Uning fikricha, Norasmiy sektor konsepsiyasining qisqa muddatda xalqaro miqyosda tanilishiga sabab, u tomondan taqdim etilayotgan tavsiyalar 1970-yillarda xalqaro tashkilotlar va jadal islohotlar tarafdori bo‘lmagan hukumatlar uchun juda qulay va mos edi.
Norasmiy sektorni qo‘llab-quvvatlash “boylar uchun xavf tug‘dirmay kambag‘allarga yordam berish” imkonini beradi, ya’ni, bir tomondan, daromadlarni qayta taqsimlash talablari va boylik o‘rtasida murosani topish, ikkinchi tomondan, elita (oqsuyaklar)ni barqarorlik muhitida yashash hoxishi. “XMT tomonidan norasmiy sektor konsepsiyasini shoshilinch qabul qilinishi, hamda (ushbu konsepsiya asosida) ko‘pchilik xalqaro hisobotlarni tayyorlash tezligi ushbu konsepsiya nega avvaliga ko‘pgina kelishmovchiliklar va anomaliyalarga ega bo‘lganligini, shunday ekan, shahar norasmiy sektori to‘g‘risida turli-tuman va qarama-qarshi adabiyotlar paydo bo‘lishini tushuntirishga yordam beradi.
Undan tashqari kam rivojlanganlik iqtisodiy konsepsiyalarining umumiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Norasmiy sektor to‘g‘risidagi munozara va bahslarni 1970-yillarda iqtisodchilar o‘rtasida bo‘lgan “uchinchi dunyo”ning boshqa muammolari (“o‘sish uchun qayta taqsimlash”, “yangi xalqaro tartib” to‘g‘risida, “asosiy ehtiyojlarni qondirish” to‘g‘risida gi bahslar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish kerak. R.Bromleyning fikricha, bu bahslarning barchasi liberal, neoklassik yondashuv tarafdorlariga qulay kelib, ularning ta’kidlashlaricha islohotlar siyosati kambag‘allar uchun, hamda radikal, neomarksistik qarashlar namoyondalari uchun “rivojlanishdan manfaat” keltiradi. Norasmiy sektor borasidagi munozaralar “uchinchi dunyo”ni iqtisodiy taraqqiyotining dolzarb muammolarini ideologik stereotiplarga chalg‘imasdan hal etish imkonini berdi.
Tadqiqotchilar safini kengayishi tadqiqot ob’ektini tushunib yetishda bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Agar afrikashunoslar norasmiy iqtisodiyotni ta’riflashda uning kichik miqyosdaligi va korxonalarni texnik jihozlanishini yetarli emasligi kabi jihatlaridan kelib chiqishsa, lotin amerika mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchilari uning nolegalligiga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu ikki yondashuv bir-biriga yaqin bo‘lib, norasmiy iqtisodiyotga umumlashgan ta’rifni shakllantirish imkonini beradi: norasmiy iqtisodiyot - bu asosan kichik va mayda tadbirkorlik birliklari tomonidan taqdim etiladigan oddiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday bo‘lsa ham, “norasmiylik”ning asosiy mezonlarini aniqlash bo‘yicha bahslar hanuzgacha davom etmoqda. Norasmiy sektorni muhim jihatlarini belgilashda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni amerika iqtisodchisi Donald Mid va fransuz iqtisodchisi Kristian Morrissonlarning 1990 yilda “uchinchi dunyo” mamlakatlarida kichik biznesni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari (tadqiqot davomida yetti mamlakatdan 2200ta korxona o‘rganildi) to‘liqroq aks etadi. Ushbu olimlarning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha “norasmiy sektor” tushunchasini aniqlashda uch mezondan kelib chiqiladi - qonuniylik (korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash, mehnat qonunchiligiga rioya qilish va boshq.); korxonaning hajmi (ko‘pincha 5-10 kishi band bo‘lgan korxonalarni norasmiy sektorga taaluqli deb hisoblashadi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imkorligining darajasi. Ushbu xarakterli belgilar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, shu sababdan ularning qaysi biri katta ahamiyatga egaligi muhim emasdir.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin