1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə15/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#207804
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org

Bozorda o‘zining ustun mavqeini suiste ’mol qilish. Bu turdagi huquqbuzarliklar, eng avvalo, narxni belgilashda cheklashlar qo‘yish, o‘z raqiblarini baykot qilish orqali faoliyatini cheklash, ularning mahsulotlarini sotishdan bosh tortish, mahsulotni yetkazib berishni cheklash yoki taqiqlash, dempingni qo‘llash, vositachilar uchun mahsulotni sotish narxi va hududi chegaralarini belgilab qo‘yish faqat o‘zlarining yakkaxonligini talab qilish va boshqalar.
Narxni belgilashdagi diskriminatsiya (cheklashlar) sotuvchining, bir tomondan, bir turdagi mahsulotni xaridorlarga turli narxlar nisbatida, ikkinchi tomondan, tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga nomutanosib tarzda sotishga urinishida qo‘llaniladi. Narx adolatli bo‘lishi uchun u sarf-xarajatga yaqin bo‘lishi lozim. Raqibni bozordan yoki biron hududdan siqib chiqarish uchun yirik firma va kompaniyalar turli imtiyozli narxlar tizimini qo‘llaydilar va shu orqali o‘zlarining hukmron holatlarini saqlashga urinadilar. Bu esa ularga muayyan bir muddatdan so‘ng narxni oshirib, mononol foyda olishga imkon tug‘diradi.
Sanoat shipionaji. Hozirda ushbu jinoyat turi kompyuter yordamida yoxud raqibning turli firma idoralarida ishlaydigan xizmatchilarini sotib olish vositasida sodir etilmoqda. Jinoyatlar raqibning ilmiy izlanishlari xususidagi ma’lumotlarni olish, faoliyatini aniqlash, uning mahsulotlarini sotuvchi tashkilotlar xususidagi axborotlarni olish, iste’molchilarining ro‘yxati hamda hisob hujjatlarini o‘rganish orqali sodir etiladi.
2.Iste’molchilar huquqlarini poymol etish - soxta reklama, sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish. Bu guruh jinoyatlarga savdoda, iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sohalarida sodir etilgan hamda iste’molchiga ziyon yetkazish bilan bog‘liq javobgarliklar kiradi. Xususan, AKShda 1964 yili qabul qilingan “G‘irrom savdo amaliyoti to‘g‘risida umumiy qonun”da firma, kompaniyalar jinoiy faoliyatlarining quyidagi ko‘rinishlari keltirilgan:
  • tovarni sotishda, xizmatlarni bajarishida ularni o‘zga tovar va xizmatlar deb o‘tkazish:


  • resurslar, xomashyolar, tovar assortimenti va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha atrofdagilarni chalg‘itish;


  • soxta vakolatxona va nomlardan foydalanish;


  • tovar va xizmatlarni maxsus tavsiflarga, xususiyatlarga, ingrediyentlarga, afzalliklarga, yuqori sifatga ega qilib ko‘rsatish;


  • amalda o‘zgargan, ishlatilgan, eskirgan tovarlarni yangi, original sifatida tavsiya etish;


  • amalda tovarni unga xos bo‘lmagan sifat, nav, alohida standart, uslub, modelga ega deb tavsiya etish;


  • raqibning tovar va xizmatlariga xos bo‘lgan afzalliklarni pasaytirib ko‘rsatish, bunday holatni tasdiqdovchi soxta hujjatlarni taqdim etish;


  • tovar va xizmatlarni soxta reklama qilish;


  • narxni pasaytirishni asoslash xususidagi yolg‘on arizalarni tarqatish;


  • raqibni chalg‘itadigan boshqa xatti-harakatlar.


Bu borada amalda barcha mamlakatlar qonunchiligida sifatsiz dorilar va medikamentlar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarganligi va sotilishini tashkil qilgani uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi).


  1. Yollanma ishchilar haq-huquqlarini poymol etish - mehnat shartnomalari va xavfsizlik texnikasi me’yorlarini buzish.


  2. Kreditorlarning huquqlarini poymol etish - zayom kapitali bilan suiiste’mol qilish (soxta bankrotlik, subsidiyalar bilan bog‘liq tovlamachilik va boshqalar).




Soxta bankrotlik. Soxta bankrotlik qalloblik yo‘li bilan mavjud bo‘lgan firma nomiga olingan kreditlarni qaytarmay, suiiste’mol qilish oqibatida yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida sodir etiladi.
Tovlamachilik yordamida amalga oshirilgan kredit operatsiyalari bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi:
  • tovarlarni kreditga olish;


  • sotib olingan molni sotish yoki boshqa xatti-harakatni amalga oshirish;


  • o‘z harakatlarini bekitish;


  • kreditorlarga qarzni to‘lamaslik;


  • bankrotlik xususidagi petitsiya, so‘rovni tegishli idoralarga topshirish.


Bunday bankrotlik rejalashtirilgan deb tasniflanadi. Bunday jinoyatlar bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket uch bosqichdan iborat xatti-harakatdan tashkil topadi. Uch bosqichli bankrotlikda, eng avvalo, yangi firma yoki kompaniya tashkil etiladi. So‘ng bankda hisob raqami ochiladi va operatsiyalar amalga oshiriladi. Kompaniya turli tovar yetkazuvchilardan tovar (mol) ola boshlaydi va ularga to‘lash uchun kredit olishga bankka murojaat etadi.


Kompaniya olingan kreditni yangi tovar (mol) yetkazib beruvchilarni izlab topishga, tovarlarni sotib olishga sarf qiladi, to‘lov muddati kelgan kreditlarni to‘lashni kechiktirib, paysalga solib boradi. Kompaniya o‘z buyurtmalarini ko‘paytirib, so‘ng ularni past narxlarda o‘g‘irlangan tovarlar bilan savdo qiladiganlarga yoxud mahsulotning kelib chiqish manbai bilan qiziqmaydiganlarga sotadi. Tadbirkorlar tovar bo‘yicha tushumlarni oladilar, ularni yoki bekitadilar, yoki ish faoliyatlarini tugatishadi, ana undan sung o‘zlarini bankrot deb e’lon qilishadi. Bazi hollarda jinoyatchilar quyidagicha ish tutadilar: faoliyat ko‘rsatib turgan, katta summada krediti bor firma yoki korxonani sotib oladilar. Tovarlarni ko‘p
miqdorda xarid qilib, so‘ng o‘zlarini bankrot deb e’lon qiladilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin