1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə16/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#207804
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org

Subsidiyalar borasidagi tovlamachilik. Bu boradagi jinoyatlar serfoyda bo‘lib, u keng tarqalgandir. Bu jinoyatlar davlatning rasmiy subsidiyalarini bu mablag‘larni olishga huquqi yo‘q shaxslarga (yuridik va jismoniy) rasmiylashtirish asosida amalga oshiriladi. Davlat subsidiyalari, odatda, qishloq xo‘jalik korxonalarini rivojlantirishga, qurilishga hamda eksport- import savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiladi. Aksariyat hollarda, xususan, Germaniyada tashqi iqtisodiy savdo-sotiqni rivojlantirishga ajratilgan subsidiyalar borasidagi tovlamachilik ko‘p uchraydi. Masalan, mahsulotini dunyo bozorida past narxda sotadigan raqobatdosh bo‘lmagan firmalarga, agar xukumat shu firmalar orkali mahsulotini sotishga manfaatdor bo‘lsa, subsidiyalar ajratadi. Hukumat Afrika va Osiyo mamlakatlariga tovar sotadigan firmalarga ko‘proq subsidiyalar ajratadi. Bunday holatdan foydalanish maqsadida firmalar mamlakatlar bilan o‘z vakillarining vositachiligida soxta shartnoma tuzadilar va shu asosda katta pul mablag‘lariga ega bo‘ladilar, tovarlarni ko‘p miqdorda subsidiya olish huquqini bermaydigan o‘zga mamlakatlarga olib borib sotadilar.
Tovlamachilikning yana bir turi tovarlarni import qilayotganda yuzaga keladi. Bu holatda jinoyatchilar rivojlangan mamlakatlardan tovarni sotib olish uchun subsidiyalarni olib, aslida tovarlarni rivojlanayotgan mamlakatlarda xarid qilib, ularni Yevropa savdo mahsulotlari deb o‘tkazadilar. Bu tovlamachiliklar tovar hujjatlarini soxtalashtirish, lavozimdagi shaxslarga pora berish va shu kabilar orqali sodir etiladi. Bu ko‘rinishdagi tovlamachiliklar real mavjud firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin amaliyotda soxta firmalarning ham subsidiya olishlari tez-tez uchrab turadigan holga aylanib qoldi. Bunday hollarda ikkiyoqlama tovlamachilik yuzaga keladi - amalda yo‘q firma subsidiya oladi. Ikkinchi tomondan, soxta firmani tashkil qilgan jinoyatchilar tashqi savdoga to‘lanadigan katta miqdordagi soliqlarni to‘lashdan qutulib qoladilar.
Balans vedomostlari bo‘yicha tovlamachilik. Balans vedomostlarini qalbakilashtirish ulardagi kamomadni, tovlamachilikni, kreditlar bo‘yicha nayranglarni hamda kompaniyaning salbiy moliyaviy holatini yashirish maqsadida amalga oshiriladi. Balans vedomostlarida kompaniyaning to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari soxtalashtiriladi. Bu xatti-harakatlarga yana aksionerlarni jalb qilish ham nazarda tutiladi. Kapital mablag‘lar bo‘yicha tovlamachilik ham balans vedomostlarini soxtalashtirishning oqibati sifatida keng tarkalgan. Balans borasidagi tovlamachilik jinoyatlarining eng markazida yashirilgan (xufyona) zahiralari deb nomlangan kapital yotadi-ki, u balans vedomestini ko‘zdan kechirayotgan begona shaxslarga ko‘rinmaydigan real kapitaldir.
Shunday qilib, kompaniyaning real kapitali vedomostlarda ko‘rsatilmaydi, yana bir qism mablag‘lar aksionerlardan ham yashiriladi. Bunday yashirilgan zaxiralarning mavjudligini asoslashda kompaniya raxbarlari bunday zaxiralar ogar moliyaviy holat yuzaga kelgan ziyonlarni koplash, ularni foyda top i shga burish mumkinligini e’tirof etadilar.
  1. Davlat huquqlarini poymol etish - daromadlarni soliqlardan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish.




Davlat moliya tizimiga tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlar. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, korporatsiyalarning tashqi savdo operatsiyalaridan va shu kabilardan keladigan foydadan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlardan bo‘yin tovlash bo‘yicha faoliyatlari iqtisodiyotga sezilarli ziyon yetkazadi. Odatda, korporatsiyalarning bunday xatti-harakatlariga boshqa, masalan, subsidiyalar, kreditlar bo‘yicha tovlamachilik, foydani yashirish va boshqalar sabab bo‘ladi. Kompaniya va firmalar yana soxta firmalarni tashkil qilish, foydani filantrop, xayriya fondlariga (ular soliqlardan ozod qilinganlar) o‘tkazish, hisob raqamlarini yashirish, balans vedomostlarini qalbakilashtirish kabi ishlardan keng foydalanadilar.
Ushbu qonunbuzarliklarning ko‘pchiligi kundalik hayotimizda shunchalik ko‘p uchraydiki, ularni me’yordan og‘ish deb qabul qilib bo‘lmaydi. Masalan, tijorat borasidagi poralarning ish yuzasidan pora (pora oluvchi o‘z funksional vazifasini bajarishi uchun olgan pora. Masalan, bojxona xodimi tovarlarni bojxona nazoratidan tezroq o‘tkazish uchun pora olishi) tadbirkorlik sohasida oddiy hol deb qabul qilingan. AQShda hatto xalqaro bitimlar tuzishda mavjud bo‘lgan komission mukofotlar (“choy-chaqa”puli)ni soliqqa tortiladigan summa miqdoridan (ya’ni soliqqa tortish bazasidan) chiqarib tashlashga ruxsat berilgan. Sekinlatadigan (to‘xtatadigan) poralardan foydalanishgina jinoyatchilik deb hisoblanadi. Bunday poralar mas’ul shaxs o‘z fuknsional majburiyatlarini sekin bajarishi (bajarmasligi) uchun beriladi (masalan, bojxona xodimi kontrabandani o‘tkazib yuborishi). Qonuniy va noqonuniy o‘rtasidagi chegara soliq to‘lashda yanada nozikdir: “soliq to‘lashdan qochish”ning ikki xili mavjud - birinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilik me’yorlarining kamchiliklaridan foydalanib, soliq to‘lovlarini kamaytiradi; ikkinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilikni buzgan holda o‘z daromadlari hajmini yashiradi.
Iqtisodiy jinoyatlarning ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan aniq ta’rifi yuq. Shuning uchun ham hozircha ularning umumlashgan bir tasnifi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Jinoyatlar qonunlar asosida, ya’ni qaysi qonunlar buzilishiga qarab yoki jinoyatchi tajovuz qilgan ob’ekt yoki biron-bir iqtisodiy jinoyatga taalluqliligi nuqtai nazaridan guruhlanadilar. Bunday tasnifga asos qilib professor G. Kayzer (Germaniya) tavsiya etgan guruhlashni ko‘rsatish mumkin.
  1. Bank aksiyadorlik jamiyatlari tizimidagi, kredit muassasalari, sug‘urta va erkin raqobat (ishonchni suiiste’mol qilish), soxta bankrotlik hamda mualliflik huquqi va markirovka qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.


  2. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, subsidiyalar sohasidagi ko‘zbuyamachilik boj to‘lovi bilan bog‘liq jinoyatlar, ta’magirliq poraxo‘rlik.


  3. Mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzishlar, iste’molchilarga qarshi hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar.


  4. Boshqa tovlamachiliklar va chayqovchilik.


Professor N. Shneyder iqtisodiy sohadagi jinoyatchilarning ob’ekti bo‘lmish iqtisodiy tizimning uch sektorini alohida ajratadi:


  1. bank kredit sohasiga qarshi bo‘lgan jinoiy tajovuzlar;


  2. qurilish sohasida va ko‘chmas mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar;


  3. transport va sayohat, turizm sohasida amalga oshiriladigan jinoyatlar.


XX asrning 80-90 yillarida g‘arb mutaxassislari o‘zlarining ushbu muammolarga bag‘ishlangan asarlarida sof iqtisodiy jinoyatlarning to‘la va aniq ro‘yxatini tuzishga harakat qildilar va bu ishda ular asosiy e’tiborni korporatsiyalarda amalga oshirilgan jinoyatlarga qaratdilar. Olimlar fikricha, korporatsiyalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar iqtisodiy jinoyatchilik ta’rifiga mos tushadi. Ularga quyidagi jinoyatlar turini kiritish mumkin.


  1. Aksioner, kompanon va ta’sischilarga ziyon yetkazilgan kapital mablag‘larni suiiste’mol qilishdan kelib chiqadigan jinoyatlar (buxgalteriya hujjatlaridagi, aksiyalar bo‘yicha sodir etilgan firibgarliklar, yo‘q kompaniyalarga aksiyalarni sotish va hokazolar).


  2. Depozit kapital (banklarga joylashtirilgan pul yoki qimmatbaho qog‘ozlar)ni suiiste’mol qilish, kreditorlarga ziyon yetkazish (soxta bankrotlik, tovlamachilik, subsidiyalar bilan firibgarlik qilish).


  3. Erkin raqobat qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.


  4. Iste’molchi huquqini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.


  5. Davlatning moliya tizimini buzishga qaratilgan jinoyatlar (masalan, foydani yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, ishlab chiqarish va savdo qonun qoidalarini buzish va boshqalar).


  6. Tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘lik jinoyatlar (masalan, atrof-muhitni ifloslantirish, qurilish normalari va nizomlarini buzish va boshqalar).


  7. Ijtimoiy cyg‘ypta va nafaqa to‘lash sohasidagi, texnika xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.


  8. Tijorat sohasidagi poraxurlik.


  9. Kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladigan jinoyatlar (xakerlar).


Jinoyatning bu turlari o‘tgan asrning 70-yilaridan boshlab olimlar tomonidan iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kiritildi, chunki ular natijasida yetkazilgan zararlar juda katta miqdorni tashkil qila boshladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kompyuter jinoyatining hammasi ham iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kirmaydi, ularning ba’zilari oddiy tovlamachilik bo‘lib, bu jinoyat zamonaviy texnika yordamida sodir etiladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, bunday jinoyatlarni umumiy jinoyatlar toifasiga kiritish lozim. Ammo olimlar iqtisodiy jinoyatlar toifasiga ma’lumotlarni yoki dasturlarni soxtalashtirish (kompyuter manipulyatsiyalari), kompyuter sabotaji va mashina vaqtini o‘g‘irlash kabi jinoyatlarni qo‘shmoqdalar.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin