1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Mavzu: Evolyutsiyani paleantologiya fan dalillari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə66/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Mavzu: Evolyutsiyani paleantologiya fan dalillari


Paleontologiya — qazilma holdagi o'simliklar, hayvonlar, zamburug'lar va boshqa organizmlar to'g'risidagi fandir
Organik olamning tarixiy rivojlanishini isbotlashda paleontologiya fanining dalillari muhim o'rin egallaydi. Biologiya fanida to'plangan ma'lumotlar organik olam hozirgi ko'rinishda birdaniga paydo bo'lmay, uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi ekanligidan dalolat beradi.Insonlar yer yuzida paydo bo'lmasdan oldin ham o'simliklar, zamburug'lar va hayvonlar yashagan. Ularning ba'zilari o'zgarib organik olamning hozirgi vakillarini hosil etgan bo'lsalar, aksariyat ko'pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda yerning turli qatlamlarida saqlanib kelmoqda. Biroq, ularning hammasi emas, yumshoq tanaga ega bo'lgan ko'pchilik umurtqasizlar, o'simliklarning yumshoq qismlari, zamburug'lar o'lgandan keyin mikroorganizmlar tomonidan parchalab yuborilgan va o'zlaridan keyin nomnishon qoldirmaganlar. Boshqalari qsa okean, dengiz, baland tog' ostidagi qatlamlarda qolib ketgan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o'rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro'y beradi. Yer qatlamla­rida qadim zamonlarda o'lib ketgan hayvon va o'simliklar izlari: skelet, suyaklar, jag'lar, tishlar, shoxlar, baliq tangachalari, molljoiska chig'anoqlari, o'simlik poyalari birmuncha to'liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Tog' jinslarini tekshirish uchun qilinadigan yupqa, shaffof shliflar mikroskop ostida tekshirilganda ba'zan bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig'ini ham ko'rish mumkin.Palentolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davomida qanday bo'lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasi va tuzilishini tiklamoqdalar.
Ch.Darvin o'z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko'rsatib o'tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to'plangan paleontologik dalillar qadimgi vaqtlarda hayvonot va o'simliklar olamida qanday bo'lganligi to'g'risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Olimlarning ta'kidlashicha, yer va quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar 4,5—7 mlrd yil ilgari paydo bo'lgan.
Yer paydo bo'lgandan to hozirga qadar bo'lgan rivojlanish muddati eralarga, ular davrlarga, davrlar esa epoxalarga bo'linadi.
Eralarning nomi yunoncha «arhey» «eng qadimgi», «proterozoy» «dastlabki hayofr, «paleozoy» qadimgi hayot, «mezozoy» — «o'rta hayot», «kaynozoy» — «yangi hayot» degan ma'nolarni bildiradi.
Davrlarning nomi mazkur yer qatlami dastlab o'rganilgan geografik tuman, masalan, «devon» — angliyadagi devon grafligi, «perm» — rossiyadagi perm shahri, «yura» — fransiyadagi yura tog'i nomi bilan ataladi. Davrlar yana yer qatlamida ko'p uchraydigan yotqiziqlar, masalan, «karhon» yoki «toshko`mir» davri — toshko'mir yotqiziqlar, «bo'r» davri — bo'r yotqiziqlar ko'pligi bilan nomlanadi. Yer rivojlanishining tarixi era va davrlarga bo'linishi tasodifiy emas. Bir eraning tamomlanishi ikkinchi eraning boshlanishi odatda yer qiyofasining, masalan, quruqlik va dengizlarning o'zaro nisbatining, tog' hosil qilish jarayonining jadallashishi, organik olam rivojlanishining o'zgarishi bilan uzviy aloqador. Era va davrlarning doimiylik muddatlarini aniqlashda «yer soati» radioaktiv elementlarning parchalanishida hosil bo'lgan mahsulotlar qoldig'ini o'zaro taqqoslashdan foydalanila^hbunday parchalanish har qanday tashqi muhit sharoitida ham muttasil tezlikda boradi. Masalan, olimlarning hisoblashicha 1 kg uran har 100 mln yilda 985 g uran, 13 g qo'rg'oshin, 2 g geliy hosil qiladi.

Mavzuga oid tayanch iboralar.


1. Embirologiya – yunoncha embrion – murtak, logiya – fan. Organizmlarning embrional rivojini o`rganuvchi fan.
2. Anatomiya – yunoncha anotomya – yorib ko`rish. Ayrim organlar yoki ularning tizimini o`rganuvchi fan.
3. Analogiya – yunoncha anologiya – moslik. Kelib chiqishi har xil, funksiyasi bo`yicha o`xshash organlar.
4. Atavizm – yunoncha atavus – qadimgi ajdod. Uzoq o`tmishda yashagan ajdodlarda uchrab, keyinchalik evolyusion jarayonda yo`qolgan organ yoki belgining organizmda takrorlanishi.
5. Gomologik – yunoncha – gomonos – yashash. Kelib chiqishi va tuzilishi o`xshash organlar yoki ularning qismlari.
6. Konvergensiya – lotincha konverger – yaqinlashish. Tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o`xshash bo`lishi.
7. Oaleontologiya – yunoncha palayos – qadimgi, antbs – mavjud, logos – fan, tushuncha qazilma holdagi organizmlarni o`rganuvchi fan.
8. Rudiment – lotincha redusiere – orqali qaytish. Evolyusion jarayonida organlar hajmining kuchayishi.
9. Ontogenez – lotincha ontos – shaxsiy rivojlanish.
10. Filogenez – yunoncha avlod – tarixiy rivojlanish.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin