1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Mavzu: Turli qitalarning paydo bo’lish tarixi. Biologik progress va biologik regress



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə74/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Mavzu: Turli qitalarning paydo bo’lish tarixi. Biologik progress va biologik regress.
Reja:
1.Turli qitalarning paydo bo’lish tarixi
2.Biologik yuksalish.
3.Evolyusion jarayonda hosil bo`lgan moslanishlar.
4.Biologik regress.
1.Turli qitalarning paydo bo’lish tarixi
Turli biogeografi k viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik
va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi, ikkinchi
tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna sayyoramiz hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener «Materiklar dreyfi » nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik –Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200mln yil ilgari mezozoy erasinning trias davrida yagona quruqlik – Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonat va o‘simliklar
olami ham ikki tomonga bo‘lingan.
Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o‘z navbatida bo‘laklarga ajragan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo bo‘lgan. Lavraziyaning bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o‘simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gondvanadan ajragan davrda triasning o‘rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo‘yib ko‘payuvchi turlari hamda qopchiqlilar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo‘ldoshlilar kenja sinfi vakillari paydo bo‘lmagan edi. Shu sababli tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar Avstraliya, qopchiqli sutemizuvchilar Avstraliya va Neotropik (masalan, opossum) biogeografi k viloyatida saqlanib hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Boshqa qit’alarda tuxum bilan ko‘payuvchilar, qopchiqlilar yashash uchun kurashda ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko‘payishga ega bo‘lgan yo‘ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
2. Biologik yuksalish
Hayot yerda abiogen yo'l bilan paydo bo'lib, keyinchalik million yillar mobaynida takomillashib, turlituman bo'lgan. Siz botanika, zoologiya o'quv fanlarida o'simlik, hayvonot dunyosining har xil tiplari, sinflari, turkum, oila, avlod, turlarga mansub vakillari bilan tanishdingiz. Ularning tuzilishi bir xil emasligiga ishonch hosil qildingiz. Haqiqatdan ham, hozirgi paytda oddiy organizmlar: bakteriyalar, bir hujayrali o'simlik va hayvonlar bilan bir qatorda tuzilishi nihoyatda murakkab qushlar, sutemizuvchilar, ochiq urug'lilar va gulli o'simliklar keng tarqalgan.
Agar organik olam evolutsiya qilar ekan, u holda nima sababdan barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan. Ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega mavjudotlar uchraydi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A.N.Seversov va I.I.Shmalgauzen ijobiy hal qildilar.
Ma'lumki, darvin o'z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko'proq moslanishdan iborat ekanligini aytib o'tgan edi. Organizmlar atrofidagi muhit sharoitining tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o'zgarishi odatda ularda umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo'lgan organlar sistemasining takomillanishi bilan aloqador.
Agar muhit sharoitining o'zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni orta borsa; 2) ular ishg'ol qilgan areal kengaya borsa;3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo'lsa, jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi.
Hozirgi va qtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatdadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo'qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilmaxil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi ularning yashash uchun kurashda g'olib kelishiga, son jihatdan tobora ko'paya borishiga, tarqalish arealining kengayishiga sababchi bo'lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo'lsa, hozirgi vaqtga kelib, u shimoliy qismlariga tarqalgani sababli uni barcha respublikalarda, viloyatlarda ko'rish mumkin.
Organik olam rivojlanishida biologik yuksalishga (progressga) qaramaqarshi o'laroq biologik regress ham uchraydi.
Biologik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli: 1) bo'g'indan - bo'g'inga o'tgan sari individlar soni kamayadi; 2) tarqalgan areali torayadi; 3) po­pulyatsiyalar, turlar soni ozayadi.
A.N.Seversov va I.I.Shmalgauzenlar biologik yuksalish progressining asosiy yo'nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo'lishini aniqladilar.
Hozirgi vaqtda hasharotlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko'pgina guruhlari, gulli o'simliklar biologik yuksalish (progress) holatidadir.
O'simliklardan — paparotniklarning ba'zi guruhlari, hayvonlardan — suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotxo'rlar turkumiga kiruvchi vixuxola avlodi biologik regress holatidadir.
Mavzuga oid tayanch iboralar.

1. Progress – biologik yuksalish.


2. Regress – tubanlashish.
3. Morfofizologik yuksalish – Organizmlar hayot faoliyati uchun muhim bo`lgan organlar sistemalari takomillashadi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin