c) Umumiy degeneratsiya (lotincha «degenerare» — «tubanlanish») — murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o'tish demakdir.
Organik olam evolutsiyasining bu yo'nalishi organizmlarning o'troq yoki parazit holda hayot kechirishi bilan uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistema, xorda, ko'z rivojlangan bo'ladi. Keyinchalik lichinka o'troq hayot kechirishga o'tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro'y beradi. Qon tomir sistemasi, xorda yo'qoladi, nerv sistemasi tugunchaga aylangan bo'ladi.
Odam parazitlari — cho'chqa solityori, lentasimon chuvalchanglarda ichak bo'lmaydi, nerv sistemasi sodda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo'q. Lekin ularda xo'jayin ichak devorlariga yopishish uchun so'rg'ichlar, ko'payish organi kuchli rivojlangan. Shuningdek, ko'pgina o'simliklarda, masalan, parazit holda yashovchi zarpechakning asosiy organlaridan biri — barg bo'lmaydi, ildiz o'rniga poyada so'rg'ichlar hosil bo'lib, uning yordamida «xo'jayin» o'simlikdan oziq moddalarni so'rib oladi. Zarpechak ko'plab mevaurug' beradi. Uning mevasi o'txo'r hayvonlar oziqlanish organlarida hazm bo'lmaydi. Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko'p bo'lishiga, arealning kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya'ni biologik yuksalishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda hasharotlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko'pgina guruhlari, gulli o'simliklar biologik yuksalish (progress) holatidadir.
O'simliklardan — paparotniklarning ba'zi guruhlari, hayvonlardan — suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotxo'rlar turkumiga kiruvchi vixuxola avlodi biologik regress holatidadir.
2. Evolyusion jarayonda hosil bo`gan moslanishlar
3. Evolyusiyasining turli yo`nalishlari orasidagi bog`lanishlar
Hayvonlar va o'simliklarning tarixiy rivojlanishida aromorfozlar idioadaptatsiyaga nisbatan kam uchraydi. Shunga qaramay aromorfozlar organik olamning rivojlanishida doimo yangi, yuqori bosqich amalga oshganligini ifodalaydi. Aromorfoz yo'nalishi tufayli tuzilishi murakkablashgan organizmlar ajdodlarga nisbatan yangi o'zgargan muhitda yashashga ko'proq moslashadilar. Bu moslanish evolutsiyaning idioadaptatsiya, ba'zan umumiy degeneratsiya yo'nalishi bilan mustahkamlana boradi. Binobarin, har bir aromorfoz idioadaptatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya esa aromorfoz yo'li bilan paydo bo'lgan organizmlarning tuzilish darajasini oshirmagan holda muhitga moslashib olishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |