Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) –evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi.
Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini
ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular
o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Galapogoss orollarida morfofi ziologik xususiyatlari jihatdan farq lanadigan vyuroklarning bitta yoki bir nechta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergent formalarga misol bo‘ladi Divergensiya hodisasini o‘simliklar- ning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida
ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari,
bargning shakl o‘zgarishi natijasidir. Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi
farq kuchaysa ham, biroq ularning ana-tomik-fi ziologik tu zi lishidagi umu miylik
saqlana borgan.
Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq
yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi.
Galapagoss orollarida yashovchi vyuroklarning turlari divergensiya natijasidir.
ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi.
Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l- qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.
Divergensiya tur paydo bo‘lish ning yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiya ning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Parallel evolutsiya – (grek cha – parallelos – «yonma-yon bo ruvchi») bir-
biriga qarindosh bo‘l gan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash
belgilar pay do bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan,
sut emi zuvchi kitsimonlar va kura k oyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv
muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo
bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana
tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin.
Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta -t siyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsifl ab beradi. Mazkur qonunga muvofi q, bir-bi riga qarindosh turlar
irsiy o‘zga ruvchanlikning o‘xshash qator lari bilan ta’rifl anadi. Shuning
uchun o‘xshash belgilar bir-biriga qarindosh turlarda mustaqil – parallel
holda hosil bo‘ladi. Konvergent evolutsiya – kelib chiqishi jihatidan uzoq guruhlar (ken-
ja sinf, sinf, tip) organizmlarning o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan
ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish xili. Evolutsion o‘zgarishlarning bun day xili qarindosh bo‘lmagan turlar -ning o‘xshash tashqi muhit ta’siri ga moslanishlari natijasi hisoblanadi.
Kon vergent o‘zgarishlar aynan bir xil tashqi muhit omillari bilan bevosita
bog‘langan organlarda yuz beradi.
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar o‘xshash hayot tarziga ega bo‘lganliklari
natijasida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ularning tuzilishida o‘xshash qir ra -
lari paydo bo‘lgan. Konvergent o‘xshashlik sis tematik jihatdan bir-biridan ancha uzoq
turgan guruhlarda ham kuzatiladi. Qushlar va kapalaklarda qanoti bo‘ladi, lekin bu
organlarning kelib chiqishi turlichadir. Birinchi holatda– bu o‘zgargan oldingi
oyoqlar, ikkinchisida – xitin o‘simta. Konvergensiya bir-biriga qarindosh bo‘lmagan guruhlarning o‘xshash yo‘na lishda evolutsion rivojlanishi va ularning bir xil yashash muhitiga moslashishi natijasida o‘xshash belgilarga ega bo‘ lishidir. Konvergent rivojlanishga akulalar (birlamchi suv hayvonlari), ixtiozavrlar va kitsimonlar (ikkilamchi suv hayvonlari) tana shaklining o‘xshashligini misol qi lib keltirish mumkin (116-rasm). Ammo umurtqalilarning bu guruhlari teri qop lami, kalla suyagi, muskullari, qon ayla nish, nafas olish va boshqa organlar sistemalarining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Tayanch so‘zlar: divergensiya, konvergensiya, parallelizm.
Savol va topshiriqlar:
1. Evolutsiya tiplari haqida nimalar bilasiz?
2. Divergent evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
3. Divergent evolutsiyaga misollar keltiring.
4. Konvergent evolutsiyaning mohiyatini izohlang.
5. Konvergent evolutsiyaning sababini misollar orqali tushuntiring.
6. Parellel evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
7. Parellel evolutsiyaga misollar keltiring.